1. Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari


Download 95.35 Kb.
bet1/12
Sana31.01.2024
Hajmi95.35 Kb.
#1820349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Begona o‘tlar


Begona o‘tlarni xisobga olish, dalalarni begona begona o‘tlar bilan ifloslanganlik xaritasini tuzish va undan qishloq xo‘jalikda foydalanish
Reja:


KIRISH
1.Begona o‘tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
2.Dalalarni begona o‘tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish usullari va xaritasini tuzish.
3.Begona o‘tlar klassifikatsiyasi (biologik guruhlari).
4.Notekinxo‘r begona o‘tlar va ularning guruhlari.
5.Tekinxo‘r begona o‘tlar va ularning turlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


KIRISH
Begona o‘tlar noqulay tuproq-iqlim sharoitlariga bardoshli bo‘lganligi bois madaniy ekinlardan oldin unib chiqib, oziqa moddalari, suv, yorug‘likni ko‘proq o‘zlashtiradi. Dala ishlarini sifatli o‘tkazishga to‘sqinlik qilib, sarf-xarajatlarning oshishiga olib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, begona o‘tlar hisobiga qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining 10 foizdan ko‘prog‘i boy beriladi. 1 tonna don hosili tuproqdan 46 kg/ga azot, 22 kg/ga fosfor va 28 kg/ga kaliy o‘zlashtirsa, o‘t bosgan dalada lattatikan o‘rtacha 140 kg/ga azot, 30 kg/ga fosfor, 120 kg/ga kaliy sarflaydi. Olabo‘ta esa 40 kg/ga azot, 70 kg/ga fosfor, 100 kg/ga kaliyni o‘zlashtiradi. 
Begona o‘tlar g‘o‘zani oziqlantirish uchun solingan mineral o‘g‘itlardagi oziq moddalarning 20 foizgachasini o‘zlashtirishi mumkin. Aniqlanishicha, g‘o‘zaning quruq massasida 1,2–2,2 % azot, 0,6–1,2 % fosfor, 1,5–2,4 % kaliy bo‘lib, begona o‘tlarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 2,5–4,5, 0,5–2 va 5 foizni tashkil etadi. Fo‘zaga nisbatan suvni 2 baravar ko‘p o‘zlashtiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 m2 o‘t bosgan daladan 30 kunda 139 kilogramm suv bug‘lansa, o‘tsiz dalada esa bu ko‘rsatkich 37 kilogrammni tashkil etadi. O‘t bosgan dalalarda harorat 1,5–3, hatto 2–4 °S gacha pasayib ketadi. Aksariyat begona o‘tlar kuchli rivojlanib, ekinlarni siqib qo‘yadi. Yaxshi rivojlangan bir tup g‘umay 3–4 m2 maydonga soya berishi mumkin. 
Begona o‘tlar dalalarda turli kasallik va zararkunandalar manbaidir. Ma’lumki, o‘rgimchakkana, ko‘kqurt tunlami, shira va tripslar dastlab begona o‘tlarda rivojlanib, so‘ngra g‘o‘zaga o‘tadi. Shu bois begona o‘tlarni yo‘qotish g‘o‘za va boshqa ekinlarning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, uvatlar, tashlandiq yerlar, dala burchaklari va ariq bo‘ylaridagi begona o‘tlarni yo‘qotish zarur. Aks holda ularning urug‘lari uzoq masofalarga tarqalib, ekinzorlarni o‘t bosishiga olib keladi. 

Download 95.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling