1-mavzu. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Ma`ruza mashg`uloti rejasi


Download 144 Kb.
bet1/11
Sana23.01.2023
Hajmi144 Kb.
#1111741
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI


1-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
Ma`ruza mashg`uloti rejasi :
1.1. “Pedagogik fanlarini o’qitish metodikasi” fani – o’quv predmeti sifatida.
1.2. “Pedagogik fanlarini o’qitish metodikasi” fanining maqsadi, vazifalari va ustuvor tamoyillari.
1.3. “Pedagogik fanlarini o’qitish metodikasi” fanining asosiy tushuncha (kategoriya)lari.
1.4. “Pedagogik fanlarini o’qitish metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
1.5. “Pedagogik fanlarini o’qitish metodikasi” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.


Tayanch tushunchalar: pedagogika fanlari, o’qitish, o’qitish metodikasi, pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi, ustuvor tamoyillar, asosiy kategoriyalar.


1.1. “Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi” fani – o’quv predmeti sifatida.


Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Metodika - ta’lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o’rni, uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi.
Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo’llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir
Pedagogik – psixologik fanlarni o’qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab tajribalar to’planadi ular umumlashtirilib, tizimlashtirilib boriladi. Ular asosida aloxida qoidalar va tamoyillar shakllantiriladi, o’qitish ning ayrim masalalari bo’yicha metodik tavsiyalar yaratiladi.
Tajribalarni umumlashtirish asosida tadqiqotlar olib boriladi, ularni natijasida o’qitish metodikasining o’ziga xos qirralari aniqlanadi.Pedagogik - psixologik fanini o’qitish metodikasi bu nazariya va amaliyotning sintezidir.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi ta’limning tamoyillari va qoidalari, ta’lim shakllari va metodlarini asoslashga qaratiladi, bu esa bo’lajak o’qituvchilarni yuqori kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydi.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasida materiallarni tanlash va tizimlashtirishda ilmiy metodologiya asos bo’lib xizmat qiladi. Metodologiya bu nazariy bilimlar tizimi, ilmiy tadqiqotlar asosiy, boshharuvchi tamoyillarni belgilovchi, ob’ektiv borliqdagi hodisalarni ilmiy tahlil qilishni amalga oshirish vositasidir.
Pedagogik bilimlar metodologiyasi pedagogik nazariyani tuzilishi, tamoyillar, bilimni o’zlashtirish usullari bilan belgilanadi.
Pedagogik metodologiya o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Pedagogik bilimlarni tuzilishi va funktsiyalari haqidagi ta’limot.
2. Fundamental, umum ilmiy va pedagogik holatlar (nazariya, kontsepsiya, gipoteza).
3. Pedagogik tadqiqotlar metodlari haqidagi ta’limot.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi pedagogik bilimlar sohasi bo’lib, pedagogik - psixologiyaning umumiy va xususiy metodologiyasidan foydalanadi.
Pedagogik - psixologik fanlarni o’qitish metodikasi, pedagogik - psixologiya fan sifatida va uni metodologiyasini jadal rivojlanish bosqichida shakllanadi. Bu esa maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanini predmeti bo’lgan ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi.



Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling