1. Turizm sohasining xalqaro tashkilotlari


Download 127.21 Kb.
bet1/8
Sana28.10.2023
Hajmi127.21 Kb.
#1731904
  1   2   3   4   5   6   7   8


O’zbekistonda xalqaro turizm tashkilotlarining o’rni
Reja:



    1. Turizm sohasining xalqaro tashkilotlari.

    2. Xalqaro tashkilotlarning O’zbekiston turizmini rivojlantirishdagi o’rni.


1. Turizm sohasining xalqaro tashkilotlari
Bugungi kunda jahon miqyosida 200 dan ortiq xalqaro turistik tashkilotlar faoliyat yuritmoqda, shularning asosiylari jadvalda ko’rsatilgan. Ushbu turistik tashkilotlarning faoliyati turizmning dolzarb muammolarini o’rganish asosida turizmning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim uslubiy ko’rsatmalar, tashkiliy-huquqiy me’yorlar va tartibotlarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan.
Jahon xalqaro turistik tashkilotlarining asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: turizm industriyasi tashkilotlari qiziqishlarini namoyon etish va himoya qilish; turizm sohasi siyosatini belgilash; jahon turizmi rivojlanishining tarkibiy unsurlarini shakllantirish; tashkilot a’zo mamlakatlari o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni o’rnatish hamda ushbu mamlakatlarda turizm industriyasining rivojlanish muammolarini hal qilishga va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida amaliy yordam ko’rsatishdan iborat. Ahamiyatli tomoni shundaki, xalqaro tashkilotlar (assotsiatsiya, uyushma, alyans shaklida) o’z faoliyatlarini o’zaro hamkorlik va hamjihatlik tamoyillari asosida tashkil etadi.

1.1-jadval Xalqaro turistik tashkilotlar1

Butunjahon sayohatlar va turizm Kengashi (WTTC ‒ The World
Travel&Tourism Council)

Rasmiy tarzda 1990-yilda tashkil etilgan. WTTC ‒ jahon turizm industriyasini mingdan ortiq kompaniyalarining rahbarlari va peshqadamlarining forumi hisoblanadi. Asosiy faoliyat yo’nalishlari:

  • Xalqaro turizm sohasiga oid global miqyosdagi tadbirlarni amalga oshirish (WTTC turizm tarmog’ining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda va turizm industriyasiga turli xil mamlakatlar hukumatlarining e’tiborlarini jalb etishda o’z a’zolari nomidan vakil hisoblanadi);

  • Hududiy faoliyatni amalga oshirish (WTTC hududiy hukumatlar, hududiy turizm sohasining peshqadamlari bilan turizm industriyasining yo’lidagi to’siqlarni aniqlash va bartaraf etish yo’nalishida hamkorlik qiladi);

  • Iqtisodiy tadqiqotlar olib borish (WTTC tomonidan har yili 181 mamlakat doirasida turizm industriyasining rivojlanish holatini baholash va uning rivojlanishini istiqbollashtirishga qaratilgan makro-iqtisodiy tadqiqotlar olib boriladi. O’zining 20 yillik faoliyati davomida ushbu tadqiqotlarga 5 mln. $dan ziyod mablag’ sarf etildi).

Xalqaro turizm alyansi(AIT ‒ Alliance
Internationale de Tourisme)

1919-yilda tashkil topgan. AIT ‒ milliy avtomobil assotsiatsiyalari va turistik klublarni tashkilotning asosiy a’zolari sifatida, shuningdek, turistlar assotsiatsiyalaridan iborat milliy federatsiyalarni individual a’zolar sifatida o’zida birlashtiruvchi xalqaro turistik tashkilot hisoblanadi.
Tashkilotning asosiy maqsadi xalqaro turizmning barcha turlarini, ayniqsa, avtoturizmni rivojlantirishdan iborat. Tashkilotning a’zolari avtoturistlarga xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, avtotrassalar va yo’l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, huquqiy xizmatlar


ko’rsatish va sug’urta masalalari bo’yicha seminarlar va kengashlarni tashkil etish va o’tkazish bilan shug’ullanadi. Tashkilotga a’zo klublar faoliyati to’g’risida, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar turlari to’g’risidagi qo’llanmalar, avtomobil yo’llari sxemalari va kartalar nashr etiladi.
Bugungi kunda tashkilot 84 mamlakatning 140 ga yaqin turistik tashkilotlari, umumiy soni 60 millionga yaqin a’zolarini birlashtiradi.

Butunjahon turistik agentlar assotsiatsiyalari federatsiyasi (UFTAA ‒

Download 127.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling