1. tushuntirish qismi kirish bet
Download 64.21 Kb.
|
Roman janri va epik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning о‘rganilganlik darajasi.
- Tadqiqot obyekti va predmeti.
- Tadqiqotning metodologik asoslari.
- Ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi.
- I.BOB. Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar.
- Ulug’bek xazinasi
- I.1. O. Yoqubovning ”Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkur omillari.
MUNDARIJA 1. TUSHUNTIRISH QISMI - KIRISH.....................................................3-bet I.BOB. ROMAN JANRI VA O’ZBEK ROMANCHILIGIGA XOS XUSUSIYATLAR I.1. O. Yoqubovning “Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkur omillari …...............................................................................................14-bet I.2. P. Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqini.......................................................................................................18-bet II BOB. O’ZBEK TARIXIY ROMANLARIDA O’TMISH VOQELIGIGA MUNOSABAT MASALASI II.1. O. Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyati...........................................................................................40-bet II.2. P. Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida tarixiy voqelik va badiiy haqiqat.....................................................................................................51-bet XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….63-bet Kirish Adabiyot inson ruhi va qalbining tarjimoni va ayni chog‘da tarbiyachisi sanaladi. Shu bois ham inson ma’naviy-axloqiy hayoti shaxs kamolotida doimiy ravishda adabiyotga tayanilgan va adabiyotdan foydalanilgan. Demak, adabiyot shaxs tarbiyasida bosh omil ekan, unda о‘z-о‘zidan har bir xalqqa xos milliy g‘oyalar, milliy ruh aks etishi tabiiy. Shu asosda esa yoshlar, kelajak avlod qalbiga milliy xususiyatlar: an’ana va haqiqatlar, qadriyatlar va e’tiqodlar singdiriladi.Ma’lumki, roman janriga xos bo’lgan asosiy xususiyat unda epik tafakkurning mavjud ekanligidir. Xo’sh, romanga xos epik tafakkurni yuzaga keltiruvchi omillar nimalardan iborat? Taniqli tanqidchi U.Normatov bilan yozuvchi O.Yoqubovning roman talabi va imkoniyatlari mavzusiga bag’ishlangan suhbatida (“Sharq yulduzi” 1979 yil, № 9) munaqqid romanga xos tafakkurni ta’minlaydigan omillar “asarda romanbop hodisa, voqea, jiddiy problema, ulkan drama va mukammal, original konsepsiyaga ega bo’lgan qahramonlarning mavjudligidir” – degan fikrni dalilashga harakat qilgan bo’lsa, yozuvchi unga e’tiroz bildirib: “Romanga xos “tafakkur” degan gap asarda romanbop hodisa, voqea,ulkan dramatizmning mavjudligi”da emas, balki, yozuvchining hayot voqealarini ulkan san’atkor – Romanist sifatida idrok etishidadir”, - deydi. Demak, yozuvchi ham, tanqidchi ham romanga xos epik tafakkurni yuzaga keltiruvchi omillar mavjud ekanini to’g’ri va haqqoniy asoslashga harakat qilganlar. Darhaqiqat, katta miqyosdagi epik polotnoda romanbop hodisalar bilan keng miqyosdagi chuqur dramatizmning mavjudligi ham, shu romanbop hodisalarni ulkan san’atkor – romanist sifatida tadqiq etish, idrok qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, romanga xos “tafakkur”ni yaratuvchi omillar bilan birga uni harakatga keltiruvchi kuchlar, vositalar mavjudki, faqat shu omillar va vositalarning uzviyligi natijasidagina epik tafakkurning roman ko’lami bo’ylab harakati yuzaga keladi. Epik tafakkurni yaratuvchi omillar deganda yozuvchining hayot hodisalarini ulkan sa’natkor – romanist sifatida idrok etish qobiliyatini ham, ana shu qobiliyat natijasida yaratilgan, g’oyaviy – badiiy konsepsiyasi tajassum topgan qahramonlarni ham, romanbop hodisalarning keng ko’lamli tadqiqu tahlilini ham, ijtimoiy – ma’naviy taraqqiyot muammolarini o’zida aks ettirgan chuqur dramatizmning mavjudligini ham nazarda tutamiz. Shu bilan birga, epik tafakkurni harakatga keltiruvchi kuchlar, vositalar sifatida roman janrining formal komponentlari bilan uslubiy komponentlarni, ularning murakkab dialektik birligini ko’zda tutamiz. Chunki, ana shu birlik vujudga asardagina epik tafakkurning roman ko’lami bo’ylab harakati ta’minlanadi. Demak, romanga xos epik tafakkur uni yaratuvchi omillar bilan harakarga keltiruvchi kuchlarning, vositalarning sintezidan tarkib topib, o’ziga xos funksiyani o’taydi. Agar haqiqiy iste’dod egalari yaratgan yetuk romanlarga e’tibor berilsa, epik tafakkurni yaratuvchi omillar bilan asar g’oyasini chuqur yoritish uchun talab qilingan barcha vositalar uzviy birlikni tashkil etadi. Bunday birlik hosil bo’lgan “nuqta” vazifasini romanning yetakchi qahramoni o’taydi. Epik tafakkur esa asardagi barcha voqealar, fikrlar, tuyg’ular, tafsilotlarni yetakchi qahramon qiyofasida, ruhi, qalbi va aqlida mujassamlashgan mazmunni ochishga yo’naltirib, romandagi fikrlar oqimini umumlashtiruvchi vosita rolini o’ynaydi. Biz mazkur vosita orqali O. Yoqubov va P. Qodirovlarning tarixiy romanlarini tahlil etmoqchimiz. Bu esa ishimizning dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. Roman janri o’rta asrlardayoq tadqiq etila boshlagan. О‘zbek adabiyotshunosligida Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov asarlari xususida anchagina ishlar amalga oshirilgan. Yozuvchilar asarlarining g‘oyaviy – mazmuniy jihatidan tahlil etilishi, romanlardagi obrazlar, ularning mohiyati tanqidchilar tomonidan keng о‘rganilgan. Bu borada, ayniqsa, O.Sharofiddinov, U.Normatov, Q.Yо‘ldoshev, A Rasulov, D.Quronov, I.Yoqubov, R.Qo’chqor, S.Mirzaev kabi adabiyotshunos, munaqqidlarning xizmatlari beqiyos. Mazkur olimlarning sa’y – harakati bilan Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov asarlarining g‘oyaviy – badiiy qimmati, estetik ahamiyati hamda Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovning о‘zbek nasrida tutgan о‘rni baholi qudrat о‘z bahosini topdi. Hanuzgacha tanqidchilikda milliy nasrdagi yangi hodisalar oldindan tayyorlangan ilmiy qoliplarga moslashtirishga urinilmoqda. Munaqqidlarning Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov asarlarni tahlilu talqin qilishdagi usullari va ayni paytda ular fikridagi о‘xshash, mushtarak jihatlari nimalarda namoyon bо‘ladi? Bu xususida A.Rasulov, D.Quronov, I.Yoqubov kabi olimlarning bildirgan mulohazalari inobatga olinmasa, boshqa yirik tadqiqot yaratilmagan. Tadqiqot obyekti va predmeti. Ishda O. Yoqubov va P. Qodirovning romannavislik faoliyatiga bag‘ishlangan maqolalar, roman janrining xususiyatlari yoritilgan asarlar manba sifatida olindi. Shuningdek tadqiqot davomida yozuvchilarning о‘z asarlariga ham murojaat qilindi. Tadqiqotning metodologik asoslari. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi kо‘rsatmalar, Prezident I.A.Karimovning milliy madaniyat va manaviyatni rivojlantirishga doir nazariy asarlari tashkil etiladi. Ishning ilmiy – nazariy yо‘nalishini belgilashda I.Sulton, O.Sharofiddinov, U. Normatov, B.Nazarov, A.Rasulov, D.Quronov, Q.Yо‘ldoshev, P.Qо‘chqor, kabi munaqqidlarning asarlari metodologik asos bо‘lib xizmat qiladi. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotning natijalari va xulosalari adabiyotshunoslik va tanqidchilikda ikki yozuvchining romanlari o’rtasidagi epik xususiyatlar, tarixiy voqelikka munosabat jihatidan о‘rganish va shu orqali adabiyotda epik turning rolini kо‘rsatish, tadqiq etish va tahlil qilish tajribalarini yoritish muammolarini hal etishda samarali ulush bо‘lib qо‘shilishi shubhasiz. Shuningdek, yana xulosalardan о‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov ijodi muammolarini о‘rganishda, qolaversa, epik turning adabiy jarayonda tutgan masalasini tadqiq etishda nazariy manbaa sifatida foydalanish mumkin. Ishning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, uning natijalari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida roman janri va taniqli adiblar O.Yoqubov, P.Qodirovlar ijodini о‘rganish, shu bilan bir qatorda yozuvchilar ijodida tarixiy roman rolini kо‘rsatish bо‘yicha ma’ruzalar о‘qishda, amaliy mashg‘ulotlar olib borishda, oliy о‘quv yurtlari filologiya fakultetida mavzu yuzasidan kurs ishlari, referatlar yozishda qо‘l keladi. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Biz bituruv malakaviy ishda roman janri va epik tafakkurni romannavis ijodkorlar O.Yoqubov va P.Qodirovning tarixiy romanlari misolida tahlil qilishni maqsad qilib oldik va mazkur muammolardan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishimizda quyidagi masalalarni yechishni vazifa qilib oldik: - O’zbek adabiyotshunosligida roman janri va o’zbek romanchiligiga xos epik xususiyatlarni tahlilu-tadqiq etish; - Yozuvchi P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romaniga xos epiklik va tarixiy shaxs talqinini uyg’un xolda tadqiq etish; - O’zbek tarixiy romanlarida ijodkorlarning o’tmish voqeligiga munosabat masalasini tarixiy romanlar misolida tadqiq etish; - O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyatini asar tahlilida ochib berish; - P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanidagi tarixiy voqelik bilan badiiy haqiqatni qay darajada ochib berilganligini o’rganish; Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. O’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi ilmida roman janri va uning o’ziga xos xususiyatlari, bitiruv malakaviy ishning o’rganilganlik darajasi qismida tahlilu tadqiq etib berilgan. Haqiqatdan ham, nazariy monografiya va maqolalarda O.Yoqubov va P.Qodirovning tarixiy romanlari o’rganilgan va tadqiq etilgan. Ammo o’zbek adabiyot ilmida roman janri va unga xos bo’lgan epiklik xususiyatlari yuqoridagi nomi tilga olingan adiblar asarlari misolida deyarli tadqiq etilmagan. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishda roman janri va unga xos epiklik xususiyatlari ijodkorlar O.Yoqubov va P.Qodirov tarixiy romanlari misolida tadqiq qildik. Bu esa ishimizni yangiligini belgilaydi. I.BOB. Roman janri va o’zbek romanchiligiga xos xususiyatlar. Romanga xos tafakkur eng avvalo hayotni, voqelikni bir butunligicha, yaxlitligicha, butun ziddiyatlari, manfiy va musbat tomonlari bilan, shaxs va jamiyatni, shaxs va tarixni o’zaro aloqada, birlikda idrok etish va badiiy tushuntirishda namoyon bo’ladi; asarda ko’tarilgan masalada xalq, shaxs, jamiyat, umuminsoniy va manfaati nuqtai nazaridan yondashish va chuqur falsafiy yo’nalishga badiiy tadqiq etishda zamonaviy katta haqiqatni yetakchi jamiyat holatini, zamonaning o’tkir problemalarini, insonning ruhiy izlanishlarini teran tahlil qilishda, yozuvchining hayotga, voqelikka va insonga yangicha qarash, uning o’z konsepsiyasiga ega bo’lishi, g’oyaviy pozitsiyasining aniq va mustahkamligida ko’rinadi. Ulug’ tanqidchi V.G.Belinskiy romanning vazifasi ”ijtimoiyat manzarasini tasvirlash, ijtimoiy hayotni poetik tahlil qilishdir”, deb bejiz aytmagan edi. Gegel esa romanda “manfaatlar, holatlar, harakterlar, hayotiy munosabatlarning boyligi va rang – barangligi, yaxlit dunyoning keng manzarasi to’la namoyon bo’ladi”, deydi. M. Baxtin esa “roman boshidan zamonni xis etish, zaminida shakllandi”, deydi. Mashhur bolgar olimi P.Zarev “Romanni birinchi va eng asosiy vazifasini – jamiyatni tadqiq etish va anglashdir”, deydi. Ayniqsa adabiyotshunoslarimizning quyidagi mulohazasi romanga xos tafakkurdagi bosh belgini uqtirish jihatidan qimmatlidir: “Romanga xos tafakkur – bu xayot falsafasi demakdir”, deb fikr yuritishadi. U insonning hayot mamotini falsafasidir. Ya’ni ijtimoiy xodisalar to’g’risida, inson tabiati, uning jamiyatdagi o’rni, uning xatti – harakati to’g’risida fikr – mulohaza qilishidir”. Nazarimizda, mazkur mulohazalardan romanga xos tafakkurning yetakchi belgilari ravshan namoyon bo’lib turibdi. Albatta, o’zbek, tojik, turkman, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq romanlarning tug’ilishida boshqa muhim omillar xam katta rol o’ynaydi: bu ayniqsa o’zbek, tojik xalqlarining boy, rivojlangan yozma adabiyotining, jahonga yoyilgan dostonchiligi (“Xamsa” va “Shohnoma” tipidagi asarlari) proza namunalari (“Boburnoma” yoki A. Donish prozasi) hamda xalq ijodi – nasriy va she’riy ertaklar, dostonlar, (“Alpomish” yoki xalq kitoblari “Manas” kabi qahramonlik dostonlari)ning mavjudligi edi. Jomiyning “Xaft avrang” yoki Navoiyning “Xamsa”siga kirgan dostonlar Sharqning o’ziga xos she’riy romanlaridir. Malayziya adabiyotining tadqiqotchisi B.B.Parnikel bu xalq romanchiligi negizini tekshirar ekan, ularga hikoyat janrida romanga xos fazilatlar borligini aytadi va bu janrda yozilgan asarlarni o’zbek qahramonona – romantik eposiga mos kelishini ta’kidlaydi. Qizig’i shundaki, qadimgi yunon romanlaridan bo’lmish “Aleksandr haqida roman” (eramizdan avvalgi II – I asrlar) butun Sharqga tarqalgan va Nizomiy, Navoiy, Jomiylar o’z “Xamsa” va “Xaft avrang” larida Iskandarga bir doston bag’ishlaydilar. Arab prozasi (“Ming bir kecha” va boshqalar) ayniqsa, o’n to’qqizta tarixiy roman muallifi Jo’rjiy Zaydon romanlari Sharqning badiiy fikrlashi, estetik tafakkurining rivojiga muhim rol o’ynaydi. Avvalo shuni aytish kerakki, A. Qodiriy romanlariga o’zbek adabiyoti yoki O’rta Osiyo va Qozog’iston romanchiligi doirasidagina emas balki ko’p millatli jahon romanchligi doirasida baho berish to’g’ri bo’ladi. Dunyoda beshta ya’ni fransuz, rus, ingliz, nemis va xind romanchiligi maktabi bor. Endi oltinchisi ya’ni o’zbek romanchiligi maktabini Abdulla Qodiriy yaratib berdi” degan edi E.Bertels. Gap A. Qodiriy romanining Sharqiy regionda avval yozilishidagina emas, balki o’zining g’oyaviy-badiiy darajasi jihatidan romanchilikka yangi sahifani boshlab berishidadir. Uning ko’p mavzulari, jumladan qator chet tillarga tarjima qilinishining boisi ham shunda “O’tkan kunlar” da tom ma’nodagi roman janriga xos fikrlash tarzi to’la va yorqin namoyon qilib tasvirlandi. Ya’ni Abdulla Qodiriy voqelikni, hayotni, ijtimoiy jamiyatni keng ko’lami va muhim ziddiyatlari bilan yaxlitligicha idrok etdi, insonning murakkab olamini psixologiyasini, xarakterini murakkabligi bilan tasvirladi, inson va jamiyatning o’rtasidagi o’zaro birligini, o’zaro ta’sirini chuqur tahlil etdi. Kitobxonga hayotni, insonni, ilg’or va reaksion kuchlarni ko’rishga ko’maklashdi, davrning ijtimoiy-siyosiy va axloqiy konfliktlarini tahlil etdi, tarixiy jarayon, insonlar ruhiyati va ularning erk uchun, insoniylik uchun kurashi epik voqea, harakat orqali badiiy sintez qilindi. Shaxslar taqdiri jamiyat taqdiri ifodasi darajasiga olib chiqildi. Yozuvchi “tariximizning eng kir, qora kunlari” manzarasini va Sharqdagi keng tarqalgan mana shu “xalq romanlari, she’riy romanlar, xikoyalar va boshqa har xil tipdagi epik asarlarga razm solinsa, ulardan hozirgi zamon romanchiligiga, ayniqsa A.Qodiriy romanlariga ham kirib kelgan hayotbaxsh an’analrni ko’rish mumkin: ularga konkret tarixiy voqealar fantastika bilan qo’shib olib boriladi, qahramon ko’p sinovlardan o’tadi, sarguzasht syujet xokim bo’ladi, sevishganlar bir-biridan judo bo’lishadi, boshlaridan ko’p voqelarni o’tkazishadi, har xil tabiiy va afsonaviy kuchlar – to’siqlarga duch kelishadi, makr –hiyla, xullas kishini qiziqtiruvchi ajoyib-g’aroyib voqealar sodir bo’ladi. Bularda xikoya ichida xikoya qilish usuli ko’p uchraydi. Xalq romanlarida jonli, so’zlashuv tilining ta’siri kuchli, o’tkir dialoglar qo’llanadi. Oybekning tarixiy roman va umuman romanga xos tafakkur to’g’risidagi bu fikr-mulohazalar shunchaki uning estetik qarashlari sifatida qolib ketmadi. U amalga shu estetik prinsiplaridan kelib, “Qutlug’ qon” va “Navoiy” romanlarini, boshqa asarlarini yaratdi. Zotan, Oybek mazkur mushohadalarni o’rtaga tashlagan choqlarida Navoiy to’g’risida ilmiy izlanishlar va badiiy tarjimalar qilayotgan edi, ko’p o’tmay birinchi yirik asari “Qutlug’ qon” romanini yozdi. “Qutlug’ qon” romani asosiga xalqning, millatning taqdirini qo’ydi, jamiyat va shaxsning holati, ularning o’zaro munosabati, xalqning ruhiy-ma’naviy izlanishlari, hayoti, turmushi, konkretroq aytganda shu jamiyatda yashayotgan hamma tabaqa-hukmdorlar, ruhoniylardan tortib ishchilar, kosiblar, dehqonlargacha hammasining kimligi, ahvoli, orzu-ideallari va shu yo’ldagi intilishlari, kurashlari, mag’lubiyatlari va g’alabalari falsafiy idrok etiladi. Xalq taqdiri roman voqeasini, syujet chizig’ini va maqsad-g’oyasini belgilaydi. Xalqning, davrning bir parchasi bo’lmish personajlar yo’lining tasviri orqali katta tarixning manzarasini, yo’nalishini ochiladi. Romanga xos tafakkur esa o’z ichiga juda muhim narsani oladi, ijodkor oldiga katta talabni qo’yadi. Ya’ni u yozuvchidan hayotni yaxlit, bir butunligicha, demak butun ijobiy jihatlari, salbiy barcha ziddiyatlari, murakkabliklari bilan idrok etishni, voqelikni muhim va o’tkir ijtimoiy mazmunini teran badiiy tadqiq qilishni, kishilik jamiyatni oldida turgan murakkab yechilmagan muammolarni hal etishga va uning gumanistik intilishlariga ko’maklashish, ma’naviy izlanishlariga yordamlashishi kerak. Hayotning, voqelikning yangi qirrasini, yangi qatlamini, yangi qahramon, yangi xarakterni, yangi tipni kashf etishi lozim. Xuddi shularni ifodalashga, gavdalantirishga, qodir shakl, janr badiiy tasvirlash vositalarini topishi bularning yangi imkoniyatlarini ochishi lozim. Inson - tabiat va jamiyat farzandi. Shu boisdan ham ko’p millatlarda bo’lgani kabi, O’rta Osiyo va Qozog’iston romanlarida ham inson va u faoliyat ko’rsatayotgan olam va uning ishlari, insonning jamiyatga va tabiatga munosabati kabi qator masalalar inson badiiy konsepsiyasini yaratish jarayonida markaziy o’rinlarda turadi. Adabiyotshunoslarning ta’biri bilan aytganda “roman insonning olamdagi o’rnini ancha chuqur va to’laqonli ochib berishga imkon beradigan badiiy formadir”. Badiiy ijod saboqlaridan ma’lumki, faqat roman orqali inson hayoti, taqdiri, ruhiy va ma’naviy olami keng va masshtabli tarzda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot oqimi bilan o’zaro yaxlit munosabatda ifoda etilishi va bu orqali san’atkor ma’lum g’oyaviy-badiiy konsepsiyani asoslashi mumkin. Shu sababli jamiyat va tabiat taraqqiyotining eng muhim hayotiy masalalari bilan bog’liq talqin etilmoqda. Bular – inson va tarix, inson va urush, inson va mehnat, inson va ahloq, inson faoliyati va boshqa muammolar. Oybekning “Navoiy” romani bugungi talabchan kitobxonga daho san’atkor Navoiy va u yashab ijod etgan davr haqida haqqoniy ma’lumot berish bilan birga uning insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy-axloqiy yuksaklik kabi ulug’vor g’oyalar, etik va estetik ideallar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bu esa o’z navbatida Oybekning mazkur roman orqali aytmoqchi bo’lgan badiiy-estetik konsepsiyasining naqadar hayotiy, haqqoniy va badiiy ekanligini yana bir bor tasdiq etadi. O’zbek adabiyotida Oybekning mazkur romani dunyoga kelgan bir davrda qozoq prozasida taniqli adib Muxtor Avezov qalamiga mansub “Abay” romani yozilmoqda edi. O’zbek va qozoq xalqlari taqdirida mushtarak tomonlari bo’lgani kabi Oybek va Muxtor Avezov romanlariga xam obyektiv borliq, tarixiy voqelik, xayot xaqiqatini bir-biriga yaqin pozitsiyalarda turib tasvir etadilar. Shoir taqdiri misolida o’xshash g’oyaviy-badiiy konsepsiyalarni olg’a suradilar. Biroq alohida-alohida olib qaralganda har ikkala tarixiy roman o’z materiali, obrazlar tizimi, uslubi va boshqa hususiyatlari jihatidan farq qiladigan original, o’ziga xos asarlardir. O’zbek adiblari 70- yillardan boshlab yana tarixiy mavzularga qaytib qator asarlar yaratdilar. Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”, Mirmuhsinning “Me’mor”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romanlari e’lon qilindi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, “Navoiy”, “Ulug’bek xazinasi”, “Me’mor”, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni” romanlari o’zbek xalqining tarixida “Sharq renessansi” deb atalgan XV-XVI asr hayotidan olib yozilgan. Zamin va zamon mushtarakligiga esa, o’z navbatida, asardagi adiblar ilgari surgan g’oyalarning bir-biriga yaqin bo’lishiga olib kelgan. Bu hol xususan, inson konsepsiyasining badiiy ifodasida yorqin ko’rinadi. Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida jahon fani tarixida chuqur iz qoldirgan olim, hukmdor Mirzo Ulug’bek va uning shogirdi Ali Qushchi obrazlari yetakchi o’rin tutadi. “Yulduzli tunlar” romani endigina o’n yoshlardan oshgan Bobur boshiga tushgan og’ir savdolar tasviridan boshlanadi. Otasi bir baxtsiz tasodif tufayli halok bo’lgach, hukmdorlik hali yosh, xalq ta’biri bilan aytganda “ona suti og’zidan ketmagan” Bobur qo’liga o’tadi. Albatta davlatni boshqarish oson emas. Ikkinchi tomondan, tabiatan iste’dodli o’spirin badiiy ijodga ham mehr qo’ygan. Shunday bo’ladiki, beomon va shafqatsiz jamiyat bo’lg’usi ulkan shoirni turli kuylarga soladi, goh uni shod etsa, goho mag’lubiyat alamini totib, tog’u dashtlarda darbadar bo’lib yurishga, hatto ona yurtdan bosh olib chiqishga majbur qiladi. Romanda shoir va hukmdor Bobur taqdirini tasvirlashda yozivchi izchil realistik pozitsiyada turib qalam tebratadi, hayot haqiqati, saqlanib qolgan adabiy faktlarga ijodiy yondashadi, zarur o’rinlarda badiiy to’qimadan mohirona foydalanadi va hukmdor emas, shoir obrazini yaratadi. Bu obraz talqinidan kelib chiqadigan g’oyaviy-estetik ma’no ko’lami ham keng: inson qanday sharoitga tushib qolishidan qat’iy nazar, o’zining inson ekanligini, xalq va jamiyat undan ko’p narsa kutayotganligini unutmasligi va hayotda doimo haqiqat, ezgulik, adolat uchun kurashmog’I kerak. Ona-Vatanni zo’r muhabbat bilan sevish, yuksak g’oyalar uchun kurash, o’zini emas, o’zgalar osoyishtaligi haqida g’amxo’rlik qilish – mana kitobxon romandan oladigan ma’naviy saboqlar. Bunday xususiyat va biz yuqorida ko’rib o’tgan o’zbek romanlari uchun ham xosdir.
San’at va adabiyot shunday mо‘jizaki, uning eng yaxshi namunalarini ham hammaga birdek qilib kо‘rsatib bо‘lmaydi. Ba’zan shunday bо‘ladiki, falsafiy teran, yuksak badiiy did bilan yozilgan asarlardan kо‘ra, hayot ikir – chikirlarini ifodalagan asarlarining xaridorlari va uni guldiros qarsaklar bilan qarshi oluvchilar kо‘proq bо‘ladi. Bunday ahvol qadimda ham, hozir ham shunday. Har bir kasb, har bir sohaning о‘z bilimdoni, о‘z mutaxassisi bо‘ladi. Adabiyotning ham saragini – sarak , puchagini – puchak qilib, uning qadr - qimmatini , haqiqiy bahosini aytib turadigan bilimdonlar borki, bular tanqidchilardir. Zero tanqidchi Izzat Sulton yozganidek, “…Sharhlovchi emas – talqin etuvchi, baholovchi va hukm qiluvchi hamdir; yozuvchi hayot haqida yozadi, tanqidchi esa hayot va adabiyot haqida yozadi va shu bilan birga bu sohalarni chuqurroq anglashda yozuvchiga kо‘maklashadi, shu orqali yozuvchi va adabiyot saviyasini oshirib boradi, xalqning ijtimoiy ongi о‘sishiga xizmat qiladi. Roman shakllanmog‘i uchun muallifdan dunyo va inson tо‘g‘risida nihoyatda keng va chuqur albatta , yangicha tafakkur talab etiladi.(Roman terminining ma’nosi ham “yangi,, deganidir) Roman salmog‘ini unda aks ettirilgan personajlar soni yoxud voqealar hajmi emas, balki ularning nechog‘lik mukammal tahlil va talqin etilgani belgilaydi. Romaniy tafakkur yetakchilik qilmasa har qanday katta asar voqea hodisalarning aqlga va mantiqqa moslashtirilgan yig‘indisidan boshqa narsa bо‘lmaydi. Xususan, yozuvchi Odil Yoqubovning ”Ko’hna dunyo” romanidagi epik tafakkurni yaratuvchi barcha omillar, harakatga keltiruvchi barcha vositalar ham, yozuvchi diqqat markazi ham, barchasi to’rt yetakchi qahramonga bog’lanlanganligi tufayli o’ziga xos kompozitsion yaxlitlik vujudga kelgan. Asar voqealari rivojiga e’tibor berilsa, syujet ”o’qi” ham, undagi konflikt ham mustabid Sulton Mahmud G’aznaviy bilan ikki ulug’ allomaga, soxta hakimi davron Ibn Shahvoniyga borib bog’lanadi. Romanning boshqa ishtirokchilari hayoti, taqdiri ham qaysidir jihatdan to’rt yetakchi qahramonga ulanadi. Natijada barcha voqea-hodisalar, qahramonlar orqali anglashiladigan fikrlar oqimidan epik tafakkur vositasida muhim umumlashmalar yaratilgan: ilmu idrok har narsadan buyuk va qudratli, biroq uning tantana qilishi osonlik bilan yuz bermaydi, ezgulikning mangu qaror topmog’i uchun inson tuban ehtiroslarni, illatlarni yengmog’i, nihoyatda masahaqqatli kurashlar natijasida jaholat va razolat ildizini tag-tomiri bilan yo’qotmog’i lozim. Faqat ilmu idrok qudrati bilangina insoniyat ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyot cho’qqilarini zabt etishi mumkin. Yozuvchi mahorati shundaki, hech qaysi qahramon butunlay ”salbiy” yoki ”ijobiy” sifatida talqin etilmagan. Aksincha, ulug’ allomalar dunyoqarashida ma’lum cheklanganliklar bo’lganiday, Mahmud G’aznaviy qiyofasida ham odamiylikning ma’lum alomatlari bor. Ibn Shahvoniy ham har qancha obro’-e’tiborga sazovor bo’lmasin, ”yengilmas kuch” sifatida tan olishlarini har qancha istamasin, baribir haqiqat qarshisida o’zini nochor his etadi, tahlikga tushadi, fosh etilishidan qo’rqib yashaydi. Asar qahramonlariga xos bo’lgan bunday ziddiyatli xususiyatlar, kechinmalar tabiiy, haqqoniy aks ettirilganligidan ularning ta’sir kuchi ham oshgan, har biri katta miqyosdagi murakkab xarakterlar darajasiga ko’tarilgan. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, yozuvchi, ikki ulug’ alloma obrazlarini ham o’ziga xos tarzda yaratgan. Kitobxon har ikki ulug’ siymoni ezgu maqsad, ilmu idrok ravnaqi va tantanasi uchun kurash birlashtirganligini his etadi. Haqiqat, adolat qarshisida insoniylikdan, insoniy e’tiqodlardan yuz o’girmagan ulug’ insonlarga nisbatan mehr-muhabbatimiz ortadi. Sulton Mahmud bilan Beruniy to’qnashuvlarining cheksiz hokimiyat va adolatsizlik g’alabasi bilan tugallanayotganliginidan ezilamiz. Shoh huzuriga insoniy burch yuzasidan kelgan Ibn Sinoning saroydan quvilishi vujudimizni iztirobga soladi. Shu daqiqalardagi ustoz Beruniy kechinmalariga o’zimizni hamdard sezamiz: ”Yo tavba! Bu go’zal olam, bu musaffo osmon, bu yorug’ yulduzlar, qo’yingki, bu mukammal olamni bunyod etgan xudovandi karim, nechun o’z bandasini bundayin nomukammal qilib yaratding?... nechun bu jon bilan birga unga jaholat va qalloblik, hudbinlik va razolat yanglig’ tuban istaklarni qo’shib berding? Nechun unga boshqa hech bir tirik zotga ato qilmagan o’tkir tafakkur va yetuk aql-zakovat in’om etib, bu aql-zakovatni tubanlik, razolat va qabohat yo’lida ishlatmoqni ravo ko’rding”. rivoyat asar voqealarining yechimi, yakuni hisoblanadi. Binobarin, rivoyatning falsafiy mazmuni butun asar voqealari orqali anglashiladigan fikrlar oqimini umumlashtirib, quyidagi umumlashmani keltirib chiqarishga xizmat qilgan: inson tabiatidagi tuban illatlar va istaklar uning fojiasini ta’minlaydigan omillardir, ilmu-idrok qudrati bilangina ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilish mumkin. “Ko’hna dunyo” o’z kitobxonlarini ana shunday ulug’ maqsadlar sari da’vat etuvchi asardir.
Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling