10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»


Download 75.08 Kb.
bet1/22
Sana02.01.2022
Hajmi75.08 Kb.
#197676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari.

Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat», “talimot” kabi manolarga ega. Biz ko‘rib chiqayotgan munosabatda u tafakkur shakllari va qonunlari to‘g‘risidagi talimotni ifodalaydi hamda falsafaning gnoseologiya, metodologiya bo‘limlari  bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qismini tashkil etadi.

«Mantiq» so‘zi ilk bor Demokritning «Mantiq haqida yoki Kanon»[1] asarida ishlatgan. Lekin bu terminning doimiy qo‘llanishi ellin faylasuftlari, platonchilar, peripatetiklar va, ayniqsa, stoiklar ijodi bilan bog‘liq. Stoiklar grammatikani (sintaksisni) va falsafiy mushohada tilini mantiqning tarkibiga kiritdilar hamda ritorika va dialektikani mantiq bilan uzviy bog‘liq ilm turlari sifatida ajratdilar. Xususan, «Ritorika deb – yaxshi muhokama qilishni, dialektika deb esa, savol-javoblar orqali vujudga keladigan tortishuvlar qoidalari haqidagi fanni tushundilar»[2].

Mantiq ilmining o‘rganish obektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «aqliy mushohada», «fikrlash» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning samarali vositasidir. Tafakkurning mantiq tadqiqot obekti va predmeti sifatidagi o‘ziga xosligi uning bir qancha muhim xususiyatlarida yaxshi namoyon bo‘ladi:

1Tafakkurda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan holda inikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi)belgilaridan abstraktlashgan(fikran chetlashgan, mavhumlashgan) holda, uni umumiy, muhim, turg‘un xususiyatlari, munosabatlari orqali bilishimiz, tavsiflashimizga imkon beradi. Masalan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvori, qiziqishi va shu kabilarni) etibordan chetda qoldirib,ularning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun zarur, muhim, umumiy bbelgilarini, xususan, ongga egaligi, ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, maqsadga muvofiq holda faoliyat yuritishi kabi xislatlarini fikran ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilamiz.Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘lanish usullarini o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga ko‘ra muayyan mantiqiy sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish, mohiyatini tushunish  imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar(masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.

2.  Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita aks ettira oladi ham. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati ayniqsa xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo‘ladi.

3.  Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan obektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz), ularning modellarini yaratish, turli xil formal sxemalar, sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular orqali predmetning tajribada namoyon bo‘lmaydigan, lekin uing tabiatini belgilaydigan xususiyatlarining mavjudligi taxmin qilinadi, ularositasida prredmetning tajribada kuzatiladigan holatidan farq qiladigan ideallashgan bekti yaratiladi va mushohada qilinadiladi,

shu tariqa uning muhim xosssalarini, ichki zaruriy aloqalarini, qonuniy bog‘lanishlarini o‘rganish,predmet mohiyatini aniqlash,  hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.

4.  Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to‘lqinlari, grafik chiziqlar, alfavitlarga asoslangan til ifodalari, turli simvollarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va shu tariqa odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.

Predmetning asl tabiati, mohiyatini tushuntirish uchun aqlning faol ishtiroki, yuqori darajada abstraktlashgan tafakkurning kuchi talab etiladi. Bu nazariy bilish bosqichiga o‘tish, bilish predmetinig tabiatini belgilovchi muhim xususiyatlari, ular asosida yaratiladigan ideallashgan obrazlari, modellari to‘g‘risida mulohazalar hosil qilish, ularni isbotlash orqali sodir bo‘ladi. Nazariy tafakkurda predmetlar turli mantiqiy sinflarga birlashtiriladi, ular turli hil holatlarida olib o‘rganiladi, natijalari izchil va asosli tarzda bayon qilinadi.

SHunday tqilib,predmet mohiyatini aniqlash unga xos qonuniyatlarni o‘rnatish, ularni muayyan mamtiqiy shakllar, nazariy konstruktlarda bayon qilishni talab etadi. Buning chun esa mantiq qonunlarini o‘rganish, to‘g‘ri fikrlash qoidalarini yaratish zarur. Bu mantiqning maqsadi, asosiy vazifasini tashkil etadi. Mazkur holat aqliy mushohada qoidalarini yaratishga bo‘lgan qiziqishning ortishiga, mantiq ilmining shakllanishiga turtki bergan. Bu o‘rinda Aristote “Organon”i, Forobiyning mantiqqa oid asarlari, Ibn Sinoning “Donishnoma”si, Bekonning “YAngi Organon”i, Dekartning “Aqlni boshqarish uchun qoidalar”, Lokkning “Inson aqli to‘g‘risida tajriba”, Leybnitsning “Inson aqli to‘g‘risida yangi tajribalar” kitoblarining  mantiq muammolarini o‘rganish yo‘lida yaratilganligini adohida  aytib o‘tish kerak.

Mantiq fanining asosiy masalalarini ishlab chiqqan, tayanch tushunchalari va prinsiplarini yaratgan, ularni yaxlit fan, talimot shakliga keltirgan va haqli ravishda shu fan asoschisi deb ataladigan mutafakkir qadimgi grek faylasufi Aristoteldir. U mantiqni sillogistik xulosa chiqarishni tahlil etuvchi sanat hisoblab, uni analitika deb atagan va “Analitikalar” asarida asosiy tushuncha, usul va qoidalarini bayon qilgan.

Aristotelning sillogistik talimoti ilk o‘rta asrlarda YAqin va O‘rta Sharq mutafakkirlari tomonidan chuqur o‘rganilgan.

Mantiq ilmi ayniqsa, IX-XI asrlarda Markaziy Osiyoda mashhur mutafakkirlar Al-Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Nasriddin Tusi, Davoniy, Jurjoniy va boshqalarning asarlarida rivojlantirilgan. Ular Aristotelning mantiqiy talimotini tiklabgina qolmay, undagi asosiy tamoyillarga tayanib, o‘zlari mustaqil talimot yaratishga harakat qilganlar.

Markaziy Osiyo allomalari  mantiqqa oid tadqiqotlarini tushuncha va Mulohazaning tabiatini aniqlashdan boshlaydilar. CHunki bilimlar, qaysi sohaga taalluqli bo‘lishidan qatiy nazar, tushuncha va Mulohaza shaklida ifodalangan bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqarish bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi.

Abu Nasr Forobiy o‘z ijodida mantiq muammolarini tadqiq qilishga katta ahamiyat bergan. U Aristotelning mantiqqa oid barcha asarlariga keng sharhlab beribgina qolmay, balki unda qo‘yilgan muammolarni chuqur o‘rgandi, ularni yangi fikrlar bilan boyitdi va barcha bo‘limlarini sinchiklab tavsiflab berdi. U xulosa chiqarish nazariyasini tadqiq qilishga, xususan, sillogizmga yangi bilimlar olishning eng ishonchli vositasi va isbotlash shakli sifatida alohida etibor berdi.

Forobiy “Mantiqqa kirish” risolasida, “mantiq ilmi xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli mavjud bo‘lgan holda tafakkurning to‘g‘ri kechishini ko‘zlab, aqlni to‘g‘irlab turadi”[3], deb yozadi. Uning fikricha, “mantiq aqlni to‘g‘ri tafakkurga eltadigan narsalarni o‘zida mujassamlashtirgan sanatdir”[4]. Aqliy mushohada bilishning asosiy quroli, to‘g‘ri tafakkur, yani fikrni to‘g‘ri qurish esa haqiqatga erishishning  zaruriy sharti bo‘lganligi uchun mantiq bilimlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Forobiyning takidlashicha, barcha ilmlar aqliy mushohada yo‘li bilan hosil qilinishi sababli, fanlarning orasida birinchisi til haqidagi fan bo‘ladi; u narsalarga, yani substansiya va aksidensiyalarga (predmet va uning xossalari, munosabatlariga – M.SH.) nom beradi. Ikkinchi fan grammatika bo‘lib, u predmetlarga berilgan nomlarni qanday qilib tartibga solish, nutq va gaplarni tuzishni o‘rgatadi. “Uchinchi fan – bu mantiq; uning qanday qilib darak gaplarni mantiqiy figuralarga mos ravishda joylashtirganda ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rgatishi natijasida biz bilib olinmagan narsalarni bilamiz va nimaning chin, nimaning xato ekanligi to‘g‘risida fikr bildiramiz” [5]. Bu fanlar, Forobiy fikricha, poetika bilan birgalikda, shu tartibda arifmetikadan avval paydo bo‘ladi va undan keyin aynan ana shu tartibda arifmetikaga ergashadi.

Olimning takidlashicha, «mantiq sanati intellektning ommalashuviga olib keluvchi va insonni haqiqat tomon yo‘naltiruvchi bilimlar, qonunlarni o‘rganadi. Bu qonunlar insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Inson bu qonunlar yordamida bilimlarini tekshirib, ularning chin yoki xatoligini aniqlash orqali xulosaga ega bo‘ladi»[6].

U to‘g‘ri tafakkurning asosiy tamoyillari: aniqlik, fikrlarning o‘zaro zid bo‘lmasligi, izchilligi, har qanday xulosaning asoslangan bo‘lishi va boshqa muhim mantiqiy masalalarni ham har tomonlama ishlab chiqdi. Aytish mumkinki, al-Forobiyning mantiqiy talimoti YAqin va O‘rta Sharqda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda mantiq fanining rivojlanishini belgilab berdi.

Abu Ali ibn Sino  al-Forobiyning falsafa va mantiqshunoslikda boshlab bergan ishini rivojlantirdi. U «mantiqni barcha fanlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti hamda falsafaning ajralmas qismi sifatida talqin etdi»1.

Ibn Sino o‘zidan juda katta, o‘rta asrda mavjud bo‘lgan ilmlarning hamma qirralarini o‘z ichiga qamrab olgan ilmiy meros qoldirgan. Hozirgi kunda uning risolalari jahondagi ko‘plab kutubxonalarda saqlanmoqda[7].

Ibn Sino Aristotelning ayrim kamchiliklarini o‘z asarlarida tuzatishga uringan. Bu o‘rinda Ibn Sinoning quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Biz uni (Aristotelni) oldingi peripatetiklar ichida eng buyuk olim deb hisob-laymiz, chunki u o‘z do‘stlari va o‘qituvchilari bilmagan narsalarni kashf qildi, fanlarni tasnifladi, juda yaxshi tizimga soldi, ko‘p muammolarni to‘g‘ri hal etib, uni o‘z xalqiga xabar qildi. Aql-zakovatga murojaat etib, Aristotelning xatolarini tuzatish lozim edi. Ammo uning izdoshlari bu ishni qilmadilar, ular Aristotelning kuchli tasiridan chiqolmay, uning talimotidagi to‘g‘ri tomonlarini tushunishga va uning notfo‘g‘ri qarashlarini ko‘r-ko‘rona qo‘llab-quvvatlashga o‘z umrlarini sarf etdilar. Biz esa, ular xohlagan, ammo bajara olmagan ishlarni bajardik, uning talimotining ayrim tomonlarini to‘ldirdik»[8].

Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr) ham o‘zining «Mafotix al-ulum» (Ilmlar kaliti) asaridagi fanlar tasnifida mantiq ilmiga alohida o‘rin berdi. U mantiq masalalarini ko‘rib chiqishni so‘z va iboralarning o‘zaro munosabatini tahlil etishdan boshlaydi. O‘zining qomusiy asarida mantiqqa katta etibor beradi.

Aristotel mantiqning ehtimoliy bilimlarni tadqiq etuvchi qismini dialektika (gaplashish, fikr almashish) deb atagan. Buni birinchi muallimning YAqin va O‘rta Sharqdagi, jumladan, Markaziy Osiyodagi izdoshlari, xususan nomlari yuqorida zikr etilgan mutafakkirlar ham etirof etishgan.

17-asr fransuz faylasufi R.Dekart deduktiv metodni jiddiy tadqiq etishi bilan mantiqni  rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Uning ishlab chiqqan aqliy bilish qoidalari xozirgacha o‘zining ilmiy qimmatini yo‘qotgan emas. Ular quyidagilardan iborat:

1. Bilishda hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydigan aniqlik va yaqqollikka erishish.

2. Tadqiq etilayotgan predmetni tushuntirish uchun uni qancha qismga bo‘lish talab etilsa, shuncha qismlarga bo‘lish.

3. Aqliy mushohada jarayonida oddiy narsalarni o‘rganishdan boshlab, asta-sekin uning murakkab tomonlarini bilishga o‘tish.

4. Bilish jarayonida predmetning muhim jihatlarini nazardan chetta qoldirmaslik, uni fikrda iloji boricha to‘laligicha qamrab olish.


Download 75.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling