11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turlari


Download 326.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana02.01.2022
Hajmi326.33 Kb.
#199161
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11- mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish



11-mavzu 

Mulohaza. Xulosa chiqarish 

Reja 

1.  Mulohaza va uning turlari. 

2.  Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari 

3.  Analogiya va uning turlari 



 

Tayanch so’zlar 

Mantiq, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari; 

formal, dialektik va matematik mantiq. Predmet belgisi, termin , tushuncha, tushuncha mazmuni, 

tushuncha  hajmi,  tushunchalarni  umumlashtirish,  tushunchalarni  chegaralash,  tushunchani 

bo'lish, klassifikatsiya, sub'ekt (S), predikat (P). 

 

Mulohaza (Hukm) 

Birinchi  savolni  yoritishda  talabalar  e’tiborini  hukm  –  tafakkurning  mantiqiy  shakli 

sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli 

ekanligiga qaratish lozim. 

Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha 

hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda 

tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi 

bilim olishga intiladi. 

Tushunchalarda  ifoda  etilgan  bilimlar,  binobarin,  buyumlar  yanada  yangi  jihatlari  bilan 

tafakkurda  ishtirok  etib,  uning  imkoniyatlarini  chuqurlashtiradi.  Masalan,  «O‘zbekiston»  va 

«Respublika»  degan  muhokamani  tahlil  etsak,  bunda  ikkita  «O‘zbekiston»  va  «Respublika» 

tushunchalari  mavjudligini  uchratamiz.  Mazkur  tushunchalar  oddiy  gramatik  qurilmada  gap 

o‘rnida  kelsa-da,  ammo  tafakkurda  ularning  biri  ikkinchisi  bilan  muayyan  belgilarni  izohlash 

orqali bog‘langan. 

Tushunchalar  orasidagi  munosabatlar  ob’ektiv  mavjudlikka  muvofiq  kelishi  yoki 

kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq 

kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish  yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo  «NUJ larning 

parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy 

to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz. 

Lekin,  rasmana  mantiqda  mavjudlikka  muvofiq  kelish  hukmlar  tarkibidagi 

tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas, 

balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir. 

Shunday qilib, maboda tushunchalar o‘zaro mantiqiy talablarga ko‘ra to‘g‘ri bog‘lansa, u 

holda  ular  chin  bo‘ladi,  agar  ular  noto‘g‘ri  bog‘lansa,  yolg‘on  hukm  bo‘ladi.  Bu  o‘rinda  yana 

shuni  qayd  etish  lozimki,  tushunchalarning,  fikrlarning  mazmuniga  ko‘ra  bir  -  biriga 

muvofiqlanishi ham, mantiqning bahs mavzuiga kirishi mumkin. Bunday hollarda mantiqiy tahlil 

mazmuniy  tahlil  kabi  bo‘ladi.  Mazkur  zaruriy  bog‘lanishlar  aksariyat  hollarda  rasmana  mantiq 

doirasidan chiqib, dialektik mantiq bahs mavzuiga aylanadi. 

Tushunchalar  o‘rtasidagi  mantiqiy  bog‘lanish  mazmunan  chin  va  yolg‘on  bo‘lishidan 

qa’tiy nazar, tasdiq yohud inkor ma’nolarida ifodalanadi. Albatta, tasdiq yoki inkorni ifodalagan 

fikr amaliyotdan olingan bo‘lishi, natijada, voqelikka muvofiq kelishi zarur. Zotan, fanning eng 

muhim vazifasi haqiqatni izlab topishdir. Masalan,  «Hayot - DNK va RNK kabi moddalarning 

harakat  usulidir»,  desak,  u  holda  chin  muhokama  yuritgan,  binobarin,  muhokamamizni  fan 



yutuqlariga  asoslagan  bo‘lamiz.  Mabodo,  «Hayot  g‘ayritabiiy  kuch  ehsondir",  deganimizda 

yolg‘on  muhokama  yuritgan  bo‘lamiz.  Chunki,  tabiatdagi  biror  narsa,  jumladan,  hayot  ham 

g‘ayritabiiy kuch i’nomi bo‘lmaydi. 

Ba’zan muhokamani tashkil etuvchi tushunchalar haqidagi bilimlar fanda o‘rganilmagan 

bo‘ladi.  Masalan,  «Toshmatov  abadiy  dvigatelning  asoschisi»  deyilsa,  u  holda  bu  muhokama 

yolg‘ondir.  Chunki,  Toshmatov  ham  Eshmatov  ham  yoki  boshqa  biror  jahonning  mashhur 

tadqiqotchisi  ham  mazkur  kashfiyotni  bunyod  etmaganligi,  qolaversa,  uni  ixtiro  qilib  ham 

bo‘lmasligi  tabiiy  -  ilmiy  fanlarning  rivojlanishida  dalillar  asosida  isbotlangan.  Ammo, 

«Jinoyatni  noma’lum  uchuvchi  jismlar  (NUJ)  sodir  etdi»  deyilsa,  bunday  muhokamada 

ifodalangan  fikr  muammolidir.  Chunki,  fan  hali  NUJ  larni  o‘rganib,  ular  sodir  etadigan 

jinoyatlarni e’tirof etganicha yo‘q. So‘nggi paytlarda NUJlarning ba’zi hududlarda tez-tez paydo 

bo‘lishi  to‘g‘risida  ommaviy  axborot  vositalarida  xabar  berilmoqda,  lekin  mazkur  hodisani 

tekshirib  ko‘rishning  iloji  yo‘qligidan,  ularni  haqiqiy  isbotlangan  hodisalar  sirasiga  qo‘shib 

bo‘lmaydi. 

Demak,  hukmda    in’ikos  etadigan  buyumlar  to‘g‘risidagi  bilimlar  fanda  aniqlangan 

bulishi  zarur.  Shundagina  muayyan  bilimlardan  oldin  fan  va  amaliyotda  ma’lum  bo‘lmagan 

xulosalar kelib chiqishi mumkin. 

Hukm  o‘zbek  mantiqiy  adabiyotida  ba’zan  muhokama  deb  ham  yuritiladi.  Hukm  va 

muhokamani biz ham muqobil tushunchalar kabi qo‘llaymiz. 

Hukm  -  tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjudlikka oid  jihatlarning  chin 

yoki yolg‘onligini tasdiq yohud inkor shaklida ifoda etadigan tafakkur shaklidir. 

Hukm  tafakkur  shakli  bo‘lsa-da,  uni  so‘z  birikmasi  orqaligina  ifodalash  mumkin.  Shu 

bois  hukm  va  gap  bir  -biri  bilan  bog‘liqdir.  Hukm  -  grammatik  qurilma  hisoblangan  gapda 

namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir. 

Ma’lumki, gaplar darak, so‘roq, buyruq. va undov gaplarga bo‘linadi. Mazkur gaplarning 

atigi bittasi - darak gapgina tugal fikrni ifodalab, hukmga muvofiq keladigan fikrni anglatadi. 

So‘roq  buyruq  va  undov  gaplarda  mukammal  bog‘lanishli  tugal  fikrlar  ifoda 

etilmaganligi  uchun  ular  hukm  ma’nosini  namoyon  eta  olmaydi.  Chunonchi,  darak  gapdagi 

«O‘zbekiston  Respublikasi  -  kelajagi  buyuk  davlat»  fikri  mukkamaldir.  Ammo  «Kim  bor», 

«Onani  seving»!  «Kun  naqadar  sovuq».  kabilar  so‘roq  va  undov  gaplarda  tugal  fikrni 

ifodalamaydi.  Ammo  barcha  tushunchalarda  bo‘lganidek,  ana  shu  gaplarda  ham  muayyan 

mazmun, fikr bo‘ladi. Lekin, mazkur fikrlar hukm ko‘rinishida bo‘lmaydi. Chunki ulardagi gap 

atigi bir tushuncha orqali ifodalanadi. Hukm bo‘lishi uchun gapda, hech bo‘lmaganda ikkita bir -

biri  bilan  tasdiq  yoki  inkor  ma’nolarida  munosabatda  bo‘luvchi  tushunchalar  mavjud  bo‘lishi 

zarur. 

Hukm   tafakkur   shakllari   orasida   muhim   o‘rin   tutadi.   Hukm   narsa   va hodisalar,  

ularning  turli  belgilari,    xususiyati  va  munosabatlari  h,aqidagi  bildirilgan  tasdiq  yoki  inkor 

shaklidagi  fikrdir.    Hukm  ham  tafakkurning  boshqa  shakllari  singari  ob’ektiv-voqelik  in’ikosi 

natijasidir. 

Tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi va bir hukmning xarakterli belgisi. Hukmning asosiy 

vazifasi    narsa  va  hodisalarning  xususiyat  va  munosabatlarini  ko‘rsatish  hamda  ularga 

xususiyatning xosligini ta’kidlashdir. Shuning uchun hukm o‘ziga xos bo‘lgan tasdiq o‘rtasidagi 

ma’lum  munosabatlarni  ifodalaydi.  Shuning  uchun  ular  chin  yoki  xato  bo‘ladi.  Ob’ektiv 

voqelikka  mos  kelgan,  uni  to‘g‘ri  ifodalagan  hukm  chin  bo‘ladi.  Chunki,  bu  hukmda  aks 

ettirilgan  sifatlar  (belgi  va  alomatlar)  bu  narsalarga  muvofiq  kelmaydi.  Masalan,  «Atom  - 

moddaning  bo‘linmas  zarrachasidir»  deksak  noto‘g‘ri  hukmdir.  Atom  murakkab  moddiy 




sistemaga  ega  bo‘lib  u  yadro  va  elektronlarga  bo‘linadi.  Atomning  yadrosi  ham  bo‘linadi,  bu 

yadro protondan va neytrondan iborat.  «Yer quyosh atrofida aylanmaydi» desak, bu ham hukm 

darajasiga kiradi. Chunonchi, geliotsentrik nazariyaga ko‘ra, yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi degan 

qonun hukmdordir. 

Hukm  tushuncha  bilan  yaqin  munosabatdadir,  chunki  ular  bir  -  biridan  ajralgan  holda 

mavjud  bo‘la  olmaydi.  Tushuncha  va  uning  belgilari  hukm  asosida  mavjud  bo‘la  olmaydi. 

Tushuncha  va  uning  belgilari  hukm  asosida  vujudga  keladi  va  rivojlanadi.  Tushunchaning 

hukmdan  farqi,  unda  tasdiq  xolati  yo‘qligidir.  Masalan,  metal,  paxta,  o‘simlik,  yumshoq  kabi 

tushunchalarni  olaylik.  Ular  kutgan  fikrni  bermaydi,  ya’ni  ular  o‘rtasidagi  munosabat,  biror 

buyumga,  biror  belgi  bor  yo‘qligi  haqida  fikr  bermaydi.  Agar  «Paxta  yumshoq  o‘simlikdir»   

desak  bu  fikrdir,  chunki  paxtada  yumshoqlik  belgisi  borligi tasdiqlab aytilmoqda. 

Hukmni  tahlil  etish  orqali  buyum  va  buyum  belgisini  aks  ettiruvchi  xislatga  ega 

ekanlingini  bilib  oldik.  Hukmlarni  o‘rganishda  ularning  tuzilishidan  boshlamoq  zarur.  Bunda 

hukm terminlariga e’tibor bermoq lozim. Odatda, har bir hukmning uch asosiy elementi bo‘ladi. 

Hukmning  birinchi  elementi  mantiq  ilmida  sub’ekt,  ikkinchisi  predikt  (logikada  mantiqiy  ega 

sub’ekt, mantiqiy kesim predikat deb ataladi), uchinchi elementni bog‘lovchi deb ataladi. 

Agar «Bug‘doy g‘alla ekinlarining bir turidir» desak, bu mulohazada hukm sub’ekti yoki 

egasi  «Bug‘doy»  tushunchasi,  hukm  predikati  yoki  kesimi  esa  «G‘alla  ekinlarning  bir  turi» 

bo‘ladi.  Hukmning  sub’ekt  va  predikati  uning  terminlari  deb  ataladi.  Logikada  hukmning 

umumiy  tizimi  quyidagicha  ifodalanadi:  S-r,  bunda  S  subekt  (ega),  R-predikat  (kesim)  simvoli 

bo‘lib «-» esa sub’ektini predikat bilan bo‘lgan munosabatni ifodalovchi bog‘lovchidir. 

Ega  va  kesim  egalari  bir  buyumga  taalluqli  bo‘lib,  uning  turli  belgilarini  aks  ettiradi. 

Odatda,  sub’ekt  oldingi  hukmlardan  aniq  bo‘lgan  belgilarni,  predikat  esa  yangi  belgilarni 

ifodalaydi.  Har  bir  hukm  uchun  ega  va  kesimning  zarur  bo‘lishi  ularning  alohida  -  alohida 

bo‘lgan ahamiyatini inkor etmaydi. Ularning hukmdagi vazifalari turlichadir. 

Har bir hukm asosiy vazifa hukmning kesim elemetlarida bo‘lmog‘i lozim, chunki kesim 

hukmda asosiy mantiqiy maqsadni ifodalash vazifasini bajaradi. 

Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lovchidir. U sub’ekt va predikatni bir 

biri  bilan  bog‘laydi  hamda  hukmning  shakllanishiga  yordam  beradi.  Demak,  bog‘lovchi 

hukmning  tarkibiy  qismidir.  Boshqacha  aytganda,  bog‘lovchi  yordamida  buyumdagi  belgi 

buyumning  ob’ektiv  xislati  ekanligini  bilib  olamiz.  Masalan,  «G‘ayrat-  odamdir»  degan 

hukmdan bog‘lovchi «dir» «emas», ya’ni tasdiq yoki inkor ma’nosidagi so‘zlar bilan ifodalanadi. 

Demak, fikrni to‘g‘ri yoki xatoligi har bir kishining o‘z mulohazasiga qarab emas, balki 

ob’ektiv  birlikka  mos  kelishiga  qarab  belgilanadi  va  shundagini  biror  fikr  to‘g‘risida  aytilgan 

tasdiq yoki inkor to‘g‘ri bo‘ladi. 

Agar  fikr  birgina  hukmdan  iborat  bo‘lsa,  sodda,  aksincha,  bir  necha  sodda  hukmlardan 

tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hukm bo‘ladi. Sodda va murakkab hukmlar o‘zaro munosabatda 

bo‘ladi. Murakkab hukmlar hukm turli mantiqiy bog‘lovchilar «yoki», «agarda», «unda», «va», 

«kam», «faqat», «bundan» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar yordami bilan sodda hukmlardan 

tuziladi. Masalan,  «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti»,  «Kitob bizning do‘stimiz» kabilar sodda 

hukmga misol oladi. 

Murakkab  hukmlar  bir  necha  sodda  hukmlardan  tashkil  topib,  qa’tiy  yoki  shartli 

shakllarda ifodalanadi. Masalan, «Bu odam» desak murakkab hukm bo‘ladi. 

Predikatni  mazmuniga  ko‘ra  -  hukmlar  mavjudlik,  atributiv  (aniqlovchi)  va  munosabat 

hukmlarga bo‘linadi. 



Atributiv  hukmlarda  predikat  biror  xususiyatning  buyumga  yoki  xos  emasligini  aniq 

ifodalaydigan  va  ba’zan  u  qat’iy  hukm  deb  ham  yuritiladi.  Masalan,  olma  daraxti  mevali 

o‘simlikdir. «O‘tgan kunlar» romanining muallifi atoqli o‘zbek xalq yozuvchisi Abdulla Qodiriy. 

Munosabat  hukmlarda'buyumlar  biror  jihatidan  munosabatini  ko‘rsatadi.  Ya’ni, 

buyumlarning  fazoga,  vaqtga,  jinsga  ketma-ketlikka,  tenglanishga  nisbatan  bo‘lgan 

munosabatlarini  aks  ettiradi.  Masalan  «Behruz  Alisherdan  katta»,  «Tilning  lug‘at  tarkibiga 

qaraganda uninng grammatika tuzilishi sekin o‘zgaradi». 

Agar atributiv hukm formulasi yuqorida ko‘rsatilgandek (S-r dir, S-R emas), munosabat 

hukmlari  «ARV»  formulasi  bilan  ifodalanadi.  Bunda  «A»  va  «V»  belgilari  buyumlar  haqidagi 

tushuncha: «R» belgisi ular o‘rtasidagi munosabatni aks ettiradi. 

Masalan 5>4 dan katta. Bunda 5 bilan 4 o‘rtasida «katta» munosabat bor. 

Hukmlar faqat sifat   jihatlari   bilangina   ajralmasdan,   u miqdoriy jihatlari bilan ham 

ajraladi.  Hukmlar  son  va  sifat  jihatiga,  o‘zaro  munosabatiga  qarab  yakka,  tasdiq,  juz’iy  inkor, 

umumiy tasdiq va umumiy inkor hukmlarga bo‘linadi. 

Hukmlar  aks  etgan  predmet  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Ba’zan  hukmda  bir  guruh 

predmetlar va ularning xususiyatlarining bir qismigina aks ettiriladi, yana boshqa bir xil hukmlar 

esa, alohida, yakka pedmetlar va ularning xususiyatlarini aks ettiradi. 

Agar bayon etilgan fikr predmeti (kesim) shaklida hamma aytilgan buyumlar sinfini o‘z 

ichiga  oladigan  bo‘lsa,  u  chog‘da  hukm  umumiy  bo‘ladi.  Umumiy  hukm  egasi  (sub’ekt) 

tasdiqlovchi  bo‘lsa,  «har  bir»,  «inkor  etuvchi  bo‘lsa»,  «hech  bir»,  «hech  qanday»  va  boshqa 

tushunchalar  orqali  ifodalanadi.  Masalan,  «Materiya  aks  ettirish  xususiyatiga  ega»  deydigan 

bo‘lsak, bu yerda barcha moddiy predmetlarga xos bo‘lgan xususiyat aks etmoqda, bunday hukm 

umumiy hukm deyiladi. Uning formulasi: hamma S-R dir. 

Juz’iy  hukmlar  deb  buyumlar  sinfining  ma’lum  qismi  ifodalangan  hukmlarga  aytiladi. 

Bunga  misol  qilib  «Ba’zi  hashoratlar    zararkunandadir"  haqida  so‘z  ketmoqda,  ya’ni  ularning 

ma’lum  bir  zararkunandaligi  ta’kidlanmoqda.  Bunday  hukmlar  juz’iy  hukmlar  deb  ataladi, 

formulasi esa: ba’zi S-R dir. 

Yakka hukm  buyumga xos bo‘lgan xususiyatni aks ettiradi  yoki  ayrim buyumlarga xos 

belgilari bilan birga unga xos bo‘lmagan belgilari tasdiqlashi va inkor etishi mumkin. Masalan, 

«Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti»,  «Samarqand O‘rta Osiyodagi  eng katta shaharlardan 

biridir» kabi  ayrim  yakka predmetlar, hodisalar va ularning xususiyatlari aks etmoqda, bunday 

hukmlar yakka (yoki individual) hukmlar deb ataladi. Hukmlarning modallik bo‘yicha bo‘linishi, 

Oddiy  hukmlar  modalligiga  qarab  voqelik,  ehtimollik  va  zarurlik  hukmlariga  va  mantiqiy 

modalligiga qarab problematik va ishonchli hukmlariga bo‘linadi. 

Hukmlarning modalligi deganimizda ularda fikrni ifodalash shaklinigina tushinish kerak. 

Hukmning ob’ektiv modalligi inson ongidan tashqarida bo‘lganligi. 

1.  Ehtimollik      hukmlar      narsalar,      hodisalar      va      ularning      belgilari  o‘rtasidagi 

bog‘lanishning  tasdiq  va  yoki  inkor  shakli  ehtimollik  bo‘lishi  yoki  bo‘lmasligini  ko‘rsatadi. 

Logikada      ehtimollik  hukm  S-R  emas,  extimol  R  (a-b),  masalan,  ehtimol  sizning  rafiqangiz 

ertaga  kelib  qolar.  Ehtimollik  hukmlarda  biror  buyum  va  hodisa  xaqida  hali  tekshirilmagan, 

ehtimollik fikri aytiladi.    Demak, ehtimollik   hukmlarning   chinligi   va   ularning   voqelik 

hukmlarga  aylanipi  aytilgan  hodisalarning  qanday  darajada  sodir  bo‘lishi  bilan      bog‘liq.   

Ehtimollik hukmlar haqiqatga zid bo‘lmasa chin voqelik hukmlariga aylanadi. 

2.   Aniqlik  hukmi.   Aniqlik  hukmida  predikat  sub’ektdagi   belgining mavjudligini 

tasdiqlaydi  yoki  inkor  qiladi.  Masalan.  O‘zbekiston  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotiga  a’zo 

davlat.  O‘zbekiston  mustaqil  davlat,  uning  formulasi  S-  R  dir:  S-R  emas  yoki  aRv.  Aniqlik 




hukmi  voqelik  va  zaruriy  hukmlarga  bo‘linadi.  A.  voqelik  hukmi.  Voqelik  hukmlarida  birorta 

fakt qayd qilinadi, S za R orasidagi bog‘lanish aniq,  ya’ni bo‘lgan voqeaning haqiqat ekanligi 

yoki emasligi haqida fikrni ifodalaydi. 

Bu hukmda fikrimizning to‘g‘riligiga yetarli asos mavjud bo‘ladi va u ayrim faktlar bilan 

isbotlangan  bo‘ladi.  Masalan,  Amir  Temur  o‘zbek  xalqining  atoqli  sarkardasidir.  Abu  Nosir 

Farobiy Sharq Aristoteli. 

Bunday hukmlar zaruriy faktlarga asoslangan, biroq u zaruriy qonuniyatga olib kelmaydi. 

B.  Zaruriy  hukmlar  predikat  sub’ektdagi  belgini  tasdiqlaydi  yoki  inkor  qiladi.  Zaruriy 

hukmlar  tabiat  va  jamiyat  qonuniyatlarini  ifodalaydi.  Ya’ni,  bunday    hukmda    narsalar,   

hodisalar  bilan  belgilar  o‘rtasidagi  bog‘lanishni muqurrar   ekanligini   anglaydi.   Masalan,   

«Poydevorsiz   uy   bo‘lmas»   Bunda «zarur», «shart» so‘zlar ishlatilmasa ham gap  tarkibida  

bor   ekanligi  gap mazmunidan anglashilib turibdi. 




Download 326.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling