12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar Reja


Download 196 Kb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi196 Kb.
#234546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar


12-Ma'ruza. Legirlangan maxsus po’latlar
Reja:

12.1. Legirlangan po‘latlar.

12.2. Olovga bardosh po‘latlar.

12.3. Nikel asosidagi zanglamas qotishmalar.

12.4. Konstruksion issiqqa bardosh po‘lat va qotishmalar.

12.5.Issiqqa bardoshlik tavsifi.

12.6. Perlit, martensit va martensit – ferrit toifasidagi

po‘latlarning qo‘llanilish jarayoni.

12.1. Legirlangan po‘latlar tasnifi.
Legirlovchi elementlar po‘latga atayin kiritilib, uning xossalariga va qurilishiga ta’sir qiladi. Shunaqa elementlar kiritilgan po‘latlar legirlangan po‘latlar deyiladi. Po‘latni o'zida kremniy va marganes bo'ladi, lekin kremniy miqdori 0,4% dan oshsa, marganes 0,8% dan oshsa bunday po‘latlar ham legirlangan hisoblanadi.

Bazi legirlovchi elementlarning miqdori juda kam bo'lishi mumkin: Ti miqdori 0,1% dan oshmaydi; В ham 0,005% dan oshmaydi.

Legirlangan po‘latlar texnika taraqqiyoti talablari natijasida paydo bo'lgan. Legirlash mexanik xossalarni (mustahkamlik, plastiklik, uyushqoqlik), fizik xosssalarni (elektro`tkazuvchanlik, magnit harakteristikalari, radiasiyaga chidamliligi), kimyoviy xossalari (zanglamaslik) o'zgartirish maqsadida qullaniladi.

Legirlangan po‘latlar uglerodli po‘latlarga nisbatan qimmat. Shuning uchun ularni yana termik ishlab qo`llash maqsadga muvofiq.

Asosiy legirlovchi elementlarga Cr; Ni; Mn; Si; W; Mo; V; Al; Ti; Cu; B lar kiradi. Ko'pincha bitta emas, birnechta elementlar bilan birgalikda legirlanadi: Cr va Ni ; Cr va Mn; Cr; Ni; Mo va V lar bilan.

Temirda eriydigan barcha elementlar temirning allotropik shakl o‘zgarishlariga ta’sir qiladi. Ba’zi elementlar (Mn; Ni; Pt; Co; Zn) А3 nuqtani pasaytirib, А4 nuqtani ko'taradi. Ba’zi elementlar esa (Si; P; W; Mo; V; Al; Be; Sn; Sb; Ti; Cr) А3 ko'tarib, А4 pasaytiradi.Ferrit va austenit turg‘unligigi ta’sir qiladi:

а) Ni, Mn, Cu, Co lar -qismini kengaytiradi va austenit turg‘unligini erish haroratidan uy haroratigacha turg‘unligini ta’minlaydi. Bunday po‘latlar austenit po‘latlar deyiladi.

б) Cr, Si, V, W, Mo, Al, Ti lar esa α qismini kengaytirib, ferrit turg‘unligini ta’minlaydi. Bu po‘latlar ferrit po‘latlar deyiladi.

Konstruksion po‘latlarda asosiy struktura tashkil etuvchi bu - ferritdir. U metall xajmining 90% dan ko'pini egalaydi. Shuning uchun ferrit xossalaridan po‘lat xossalari butunlay bog‘liq.

Metalldagi temir atomlari o‘lchamlari bilan legirlovchi elementlar atomlari o‘lchamlari o‘rtasidagi farq qancha katta bo‘lsa, kristallik panjara buzilishi (qiyshayishi) shuncha katta bo'ladi. Ma’lumki, buzilish (qiyshayish, nuqsonlar soni qancha katta va ko‘p bo‘lsa, shuncha ferritning mustahkamligi va qattiqligi (в, НВ) shuncha ortib, plastiklik va uyushqoqlik pasayadi.

Barcha elementlar ferrit qattiqligini oshiradi. Ayniqsa, Ni, Cr ning ta’siri kuchli va ular konstruksion po‘latlarning в, НВ, plastikligini va toblash chuqurligini oshiradi.

Element uglerodga qancha yaqin bo‘lsa, shuncha karbid hosil imkoniyati yuqori bo‘ladi. Bu qator aktivligi ortishi bo‘yicha quyidagi qator tartibida bo‘ladi. Fe-Mn-Cr-Mo-W-HB-V-Zr-Ti barcha karbidlar yuqori qattiqlikka ega. Ular 2 guruhga bo‘linadi:

1) Fe3C; Mn3C; Cr7C3; Cr23C6;

2) Mo2C; WC; VC; TiC.

Ikkinchi guruhning qattiqligi ancha yuqori.

Legirlovchi elementlar martensit parchalanishini pasaytiradi (kobalt, teskari, uni tezlatadi). Bunday po‘latlarning bo‘shatish harorati yuqoriroq bo‘ladi. Bu toblangan po‘latlarni bo‘shatish harorati ko‘tarilgan sari po‘latning qattiqligi, mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi pasayib, plastiklik xossolari oshadi.

Uglerodga nisbatan legirlovchi elementlar 2 guruhga bo‘linadi:


  1. Karbid hosil qilmaydiganlar: Ni; Si; Co; Al; Cu.

  2. Karbid hosil qiluvchilar: Cr; Mn; W; Mo; V; Ti; Hb; Ta; Hf.

Legirlovchi elementlar dislokatsiyalar hisobiga, fazalar o‘zgarishi, allotropik o‘zgarishlar, karbidlar hosil qilishi hisobiga metallning mustahkamligini, qattiqligini oshiradi. Boshqa xususiyatlariga ham ta’sir qiladi.

Cr – ishqalanib yeyilishga qarshiligini oshiradi, zangga bardoshligini oshiradi. Volfram ва Marganes bilan harorat ta’sirida defformatsiyalanmaslik qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun legirlangan ХВГ po‘latidan uzun o‘lchamli keskichlar yasaladi, masalan protyajkalar.

W – o‘tga bardoshliligini. Ayniqsa volfram bilan birga masalan bu po‘lat – Р18  tez kesar po‘lati. Har xil kesgichlar yasaladi.

Ni – qattiqlikni, zanglamaslikni va h.k. xossalarini oshiradi. Ayniqsa, nikel xrom bilan birgalikda: Cr-Ni – tizimidagi po‘latlar.

Quyidagi 9.1-jadvalda legirlovchi elementlarning belgilanishi keltirilgan.

12.1-jadval

Legirlovchi elementlarning belgilanishi.


A – azot

Б – niobiy

В – volfram

Г – marganes

Д – mis


K – kobolt

M –molibden

Н – nikel

O - qalay

П –fosfor


Р – bor

С – kremniy

T – titan

Ф – vanadiy

X – xrom


Ц – sirkoniy

E - selen

Ю – alyuminiy

Ч– siyrak-yer metallari


Masalan: 18Х2Н4В - Uglerod-0,18%; Xrom-2%; Nikel-4%; Volfram-1%.




Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling