14-Ma’ruza: Rolikli va tekis turtkichli kulachokli mexanizmlarning minimal radiusini aniqlash va profilini loyihalash
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
14 Ma\'ruza
14-Ma’ruza: Rolikli va tekis turtkichli kulachokli mexanizmlarning minimal radiusini aniqlash va profilini loyihalash Kulachokli mexanizmlarni loyihalashning asosan ikki usuli mavjud. Bulardan biri, kulachokli mexanizmlarni kinematik loyihalash boʻlsa, ikkinchisi dinamik loyihalashdir. Kinematik loyihalashda yetaklanuvchi boʻg’inning harakat qonuni va profilining shakli aniqlanishi lozim boʻlgan kulachokning eng kichik radiusi bilan turtkichning maksimal koʻtarilish oralig’i beriladi. Agar turtkichning harakat qonuni a-t (tezlanish) grafigi bilan berilgan boʻlsa, oraliq (S-t) grafigini olish uchun a-t ni ikki marta integrallash lozim boʻladi. Agar turtkichning harakat qonuni asosida loyihalanishi lozim boʻlgan kulachokning minimal radiusi uzatish burchagi (γ) ni hisobga olinib aniqlansa va aniqlangan minimal radius asosida kulachok profilining shakli tuzilsa, bu usulda loyihalash dinamik loyihalash deb ataladi. Dinamik loyihalangan kulachokli mexanizmlar kulachokning har qanday tezlikdagi harakatida ham normal ishlay oladi. Agar uzatish burchagi hisobga olinmasdan loyihalangan kulachokli mexanizmlar boʻlsa, u holda, kulachokning aylanishi jarayonida turtkich oʻz yoʻnaltiruvchisi orasiga tiqilib qolishi mumkin, bunday mexanizmlar notoʻg’ri ishlaydi. Buning oqibatida esa sinishi ham mumkin. Kulachokli mexanizmlarni kinematik loyihalash uchun kulachokning minimal radiusi (r 0 ) bilan turtkichning harakat qonuni tezlanish (a-t) tezlik (v-t) yoki oraliq (S-t) grafigi shaklida berilishi lozim. Agar harakat qonuni a-t grafigi shaklida berilsa, uni ikki marta integrallash, v-t grafigi shaklida berilgan boʻlsa, bir marta integrallash yoʻli bilan S-t grafigini hosil qilish, mumkin. 14.1-rasmda S-t grafigi berilgan. Kulachokning shaklini tuzish qiyin emas. Buning uchun kulachokning minimal radiusi bilan aylana chizib, uni teng (8, 12, 16, 26) boʻlaklarga boʻlamiz S-t grafigi abstsissasidagi t oraliqni ham xuddi shuncha teng boʻlaklarga boʻlamiz. S-t grafigidagi abstsissalar oʻqini kulachokning minimal radius r 0 li aylanasiga urinma qilib oʻtkazamiz va shu grafik ordinatalarini kulachok turtkichiga proektsiyalaymiz, undagi tegishli nuqtalarni minimal radius r 0 li aylana radiuslarining davomiga proektsiyalab, shu nuqtalarni oʻzaro tutashtirsak, kulachok profili hosil boʻladi. 14.1-rasmda S-t grafigini qanoatlantiruvchi r 0 asosida loyihalangan aksial kulachokli mexanizm koʻrsatilgan. 14.1-rasm. Kulachokli mexanizmni kinematik loyihalangandagi kulachokni minimal radiusi r 0 ning qiymati mexanizmni dinamika nuqtai nazaridan loyihalanganda mutlaqo yaroqsiz boʻlishi mumkin. CHunonchi turtkich va kulachok orasida vujudga kelgan ishqalanish kuchi kulachok sirtining ma’lum bir qismida xaddan tashqari ortib ketishi, xatto turtkich bilan kulachok oʻzaro qadalib qolishi mumkin. Bunday xodisalar bosim burchagiga bog’liq boʻladi. Ba’zi hollarda bosim burchagi katta boʻlsa turtkich uchiga rolik oʻrnatiladi. Kulachoklarning minimal radiuslarini aniqlashdan oldin bosim burchagi bilan bog’liqligini koʻrib chiqamiz. Bosim burchagi α ni kulachokli mexanizmning asosiy parametrlari orqali ifodalaymiz. 13.5-rasmda keltirilgan turkichi ilgarlanma harakat qiladigan kulachokli mexanizmlar misolida koʻrib chiqamiz. Buning uchun A nuqtadan N-N normal oʻtkazib, kulachok va turtkichlarning nisbiy harakatidagi oniy aylanishlar markazi B ni aniqlaymiz. Uchburchak ABD dan tgα ni aniqlaymiz Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling