15-Ma’ruza: Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash


Download 17.78 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi17.78 Kb.
#1573475
  1   2
Bog'liq
15-ma\'ruza


15-Ma’ruza: Neftni karbonat angidrid va karbonlashgan suv bilan haydash.

Reja:


1. Karbonat angidridni qatlamning neftberuvchanligini oshirish maqsadida qo‘llash texnologiyasi.
2. Karbonat angidrid manbalari va uni tashib keltirish. CO2 ni qatlamga haydashda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar.
Tayanch so’zlar: Micilyar eritma, eritma, suyuq faza, dispers tizim, sirt aktiv modda, qovushqoq neft, mikroemulsiya, neft qoshiyasi, terrigan kollektor, karbonat kollektor, barqaror sistema, Mahsuldor qatlam, quduq chiqurligi, qatlamning yotish chuqurligi, qatlam bosimi, qatlam harorati, quduq Mahsuldorligi, quduq qabul qiluvchanligi, suyuqlikni haydash tehnologiyasi, ishqor, sirt taranglik gidrofob sharoit, gidrofil sharoit va sh.k
Karbonat angidridni qatlamning neftberuvchanligini oshirish maqsadida qo‘llash texnologiyasi.
Qatlamga karbonat angidrid haydash neftberuvchanlikni oshirishning eng samarali usullaridandir. Karbonat angidridni qatlamga haydash natijasida neft chiqarishda yuqori natijalarga erishmoq mumkin va eng muhimi bu usulning arzonligidir.
CO2 ning neft qatlamiga haydalishi qatlam sharoitidagi suyuqliklarning qovushqoqligini keskin kamaytiradi. Chunonchi CO2 ning neftda erishi uning qovushqoqligini 10-500 % orasida kamaytirishi mumkin, qatlam harorati va bosimiga ham ta'sir qiladi. Neft tarkibida CO2 ning erishi uning hajmiy koeffitsientini 50 % oshirishi mumkin.
Neft hajmining ortishi neft bilan band bo'lgan qovaklar hajmini ham oshiradi va ulardagi qarakatga foydali ta'sir ko'rsatadi.
Neft qovushqoqligining kamayishi uning qarakatini osonlashtiradi, natijada neftni siqib chiqaruvchi suyuqlik kislota kamayadi.
CO2 ning qatlam suvida erkin ( yahshi) erishi natijasida suvning qovushqoqligi ortib, neftning suvga nisbatan qarakatlanishi ortadi. CO2 qatlamda neft va suv o'rtasidagi sirt tarangligini kamaytiradi.
YUqorida ta'rif qilingan hususiyatlar tavsiya qilingan usulning samaradorligidan dalolat beradi. Lekin CO2 ni qatlamga haydashning bir katta kamchiligi bor, u ham bo'lsa suvda erigan gaz katta qarakatchanlikka ega bo'lganligi uchun aksariyat siqib chiqaruvchi agentni yorib chiqishi mumkin va mo'ljaldagi ishga ziyon etkazadi.
Neftni karbonat angidrit bilan siqib chiqarish qatlamni hamrashning yuqori ko'rsat gichi bilan ajraladi, hamda siqib chiqarish hususiyatining yuqoriligi bilan ahamiyatga molik.
Karbonat angidritning suvda va neftda yahshi erishi eng yahshi hususiyat bo'lib, neftni siqib chiqarishga eng qulay sharoit yaratadi.
Karbonat angidritning suvda va neftda yahshi erishi eng yahshi hususiyat bo'lib, neftni siqib chiqarishga eng qulay sharoit yaratadi.
Gazning bu hususiyati neft tomchilarini qovak orasidan yuvib chiqishga va natijada ko'proq neftberuvchanlikka erishuvga olib keladi, qovakli sharoitni yuviluvchanligini oshiradi va shular natijasida qatlamdan siqib chiqariladigan neft miqdori ortadi.
CO2 ning neftda eruvchanligi harorat va bosimga boqliq bulishi mumkin. Chunonchi, neftning bir hajmida CO2 ning yuzlab hajmi erishi mumkin. Boshqa sharoitlari bir hil bo'lgan holda CO2 S5-S7 neftlarida juda yahshi eriydi, smola mazutlari ko'p neftlarda uning erishi ancha yomonlashadi. haroratning oshuvi bosim o'zgarmagan holda CO2 ning neftda erishini kamaytiradi.

Download 17.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling