16-mavzu: Globallashuv va kosmopolitizm. Reja


Download 36.39 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi36.39 Kb.
#1540424
  1   2   3

16-mavzu: Globallashuv va kosmopolitizm.
Reja

  1. Kosmopolitizm tushunchasi, g‘oyasi, maqsadi va tarixiy ildizlari.

  2. Kosmopolitizm g‘oyasining geosiyosiy maqsadlar va globallashuv bilan bog‘liqligi.

  3. Dunyo fuqarosi va vatansizlik g‘oyasining hozirgi davr mafkuraviy kurashlar bilan aloqadorligi.


Kosmopolitizm tushunchasi, g‘oyasi, maqsadi va tarixiy ildizlari

Kosmopolitizm - grekcha – dunyo fuqarosi) Dunyo fuqarosi mafkurasi bo‘lib, butun dunyo fuqarolarning maqsadlarini ifodalaydi yoki ayrim millatlar, davlatlar manfaatlarini ifodalab, ayrim individlar manfaatlari. D.J. Soluning fikricha, kosmopolitizm dunyoqarash va madaniy, dunyoning yagonaligi va universalligiga yo‘naltirilganligini ifodalovchi dunyoqarash va madaniy normalardir.
Kosmopolitizm - “jahon davlati” tuzishni va “jahon fuqaroligi”ni tartab qiluvchi ta’limot. “Vatan - insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma’no-mazmun bahsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan - ota-bobolarimizning hoki poklari jo bo‘lgan, vaqti-soati etib har birimiz bosh qo‘yadigan muqaddas zamindir”.
Kosmopolitizm jahon miqyosida axborot ayirboshlash imkoniyatlari oshib borayotgan hozirgi davrda “Vatan” tushunchasi nisbiy xarakterga ega ekanini rukach qiladi. Bu oqim jamiyat taraqqiyotining dastlabki, inson ijtimoiy oilaviy muhitdan tashqarida yashashi mumkin bo‘lmagan davrlarida “Vatan” tushunchasi muayyan ahamiyatga ega bo‘lmagan, deb uqtiradi. Uningcha, bugungi kunda ayrim insonlarni Vatanga bog‘lanib qolishi shaxs erkinliklarining cheklanishiga olib kelmoqda emish. Ayni paytda, kosmopolitik qarashlar ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarning globallashuv jarayoni Vatan tuyg‘usini global miqyosda tasavvur qilish imkoniyatlarini beradi, degan nazariyaga ham asoslanishini ta’kidlash zarur.
Haqiqatda esa Sahroi Kabirda yashayotgan badaviylar ham, ekologik vaziyati nihoyatda og‘ir hududlarda yashayotgan kishilar ham, millatidan qat’i nazar, pasportiga “amerikalik” deb yozilgan kishilar ham o‘zlari yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhit - Vatan tuyg‘usiga ega bo‘lgan, uning daxlsizligini muqaddas bilgan bizning zamondoshlarimizdir: Aytish mumkinki, Vatan tuyg‘usi - inson ma’naviy kamolotining eng muhim mezoni bo‘lib hisoblanadi. Vatanga muhabbat inson ma’naviyatini shakllantiruvchi omillardandir. Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Inson o‘zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muxabbat tuyg‘usi ildiz ortib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi”.


Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling