Mavzu: Insoniyatning madaniy yuksalishi va falsafiy tafakkur taraqqiyoti. Reja


Download 50.5 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1162683
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu


Mavzu: Insoniyatning madaniy yuksalishi va falsafiy
tafakkur taraqqiyoti.
REJA

  1. Qadimgi Sharq va G`arb madaniyati tarixi. Madaniy yuksalish va falsafiy dunyoqarash takomilining bog`liqligi.

  2. Sharq falsafasi rivojlanish bosqichlari. Diniiy va dunyoviy bilimlar uyg`unligi.

  3. Antik dunyo falsafiy ta`limotlari g`arb falsafasi taraqqiyotining zamin poydevori.

  4. Hozirgi zamon o`zbek falsafasida ijtimoiy taraqqiyot g`oyalari.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:

Vavilonlik, Misr, Gilьgomesh xaqida doston, «Avesto», zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik, Miflar, Vedalar, jaynizm, nirvana, lokayata, Ramayana, Maxobxarat, daochilik, konfusiychilik, milet maktabi namoyondalari,


Mavzuga oid muammolar:

Falsafa tarixining yoritilishida Evrosentrizm va Aziyasentrizm yondashuvlari mavjud. Siz qaysi biri ob’ektiv yondashuv deb uylaysiz?




1- savol bayoni. Falsafani dunyoqarash sifatida mantikiy xulosa kiladigan bulsak, inson ongining paydo bulishi bilan boglik. Umuman bu to’g’rida fikr yuritadigan bulsak bizgacha etib kelgan ma’lumotlar, ya’ni dunyoqarash to’g’risidagi yozma yoki ogzaki ma’lumotlarning bizgacha etib kelgan shakllariga asoslanib xulosa kiladigan bulsak, mantikan to’g’ri buladi. SHu nuktai nazardan karaydigan bulsak bizgacha eng qadimgi davrlardan etib kelgan ma’lumotlar qadimgi SHark mamlakatlari Vaviloniya (Bobil va Misrga borib takaladi, bu ma’lumotlar taxminan eramizdan avvalgi 4 minginchi yillikning boshlariga to’g’ri keladi. Kishilar dunyoda ruy beradigan xilma - xil xodisa va jarayonlarga bulgan qiziqishlarini sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bulsada uziga xos falsafiy karashlar shaklida aks ettirishgan. Buni ayniksa usha davr madaniyatining namunasi "Gilьgamesh xaqidagi dostonda" aks etgan bo’lib, unda tuprok, suv, xavo, kuyosh inson xayoti va tirikligining abadiy manbai ekanligini, Gilьgameshning ob-xayot kidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-ukubatlari, odamlarning tabiat qonunlari asosida yashash zarurligi, ular xayot va ulim sirlarini bilishga azaldan intilib kelganligi xaqida xikoya kilinadi. Xuddi shuningdek, Adapa xaqidagi dostonda xam insonning abadiy xayoti to’g’risidagi orzulari kursatilgan. Binobarin, u jamiyat xaqida uylaydi er yuzidagi xodisa va jarayonlarni koinot bilan boglashga intiladi, samoviy sir-asrorlar xaqida xayol suradi, faraz kiladi, xar xil ertAqlar, rivoyatlar, afsonalar tukiydi va shu asosda adapa xaqidagi afsonalar paydo buladi. qadimgi Vavilonliklarning yaxshilik va yomonlikning, ezgulik va yovuzlik, boylik va kashshoklik, xurlik va kurlikning bir biriga tubdan zid ekanligi, uzaro karama qarshi va murosasizligi xaqidagi falsafiy goyalarni uzida ma’lum darajada bayon kiluvchi "Jafokash avliyo" xaqida doston va "Xujayinning kul bilan suxbati" degan asarlari aks etgan. "Jafokash avliyo xaqida doston"da baxt va baxtsizlik, adolat va adolatsizlik, ularning sabablari, bartaraf etish yullari xususidagi dastlabki falsafiy tasavvur va goyalar bayon etilgan bulsa, "Xujayinning kul bilan suxbati" dostonida xujayin bilan kul o’rtasidagi ziddiyat, ular o’rtasidagi dialogda goyat kuchli, ta’sirli so’zlarda ifoda kilingan.
Vavilonliklar astronomiya, matematika, geometriya, arifmetikadan dastlabki tasavvurlarga ega bulishgan, xususan, kuyosh soati kuyosh kursatgichlari va kunning 12 bulinishini xisoblab chikishgan. SHuningdek, ularda boshka fikrlar to’g’risidagi dastlabki ko’rtAqlar paydo bulgan. Vavilonliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tikodlari, falsafiy karashalari, dostonlari, ulchov biriliklari, afsona va rivoyatlari nasldan naslga utib, rivojlanib SHarkdagi kupgina xalklarning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga uzining ijobiy ta’sirini kursatgan.
Jaxon madaniyatining yana bir eng qadimiy uchoklaridan biri qadimgi Misrdir, bu madaniy markazning boshlanishi taxminan eramizdan oldingi 4 minginchi yillarga to’g’ri keladi. qadimgi misrliklarning falsafiy karashlarini taxlil kiladigan bulsak, birinchi navbatda usha davr darajasidan kelib chikib ertak, rivoyat, imon, duo, masal, epos, lirika va boshkalarda usha darvdagi ijtimoiy muxit. Iktisodiy xayot, tabobat, urf-odatlar, tabiat xodisalari, diniy, axlokiy, xukukiy, falsafiy karashlari sodda stixiyali tarzda uz ifodasini topgan.
Misrliklarning dastlabki falsafiy tasavvurlari to’g’risida bir muncha ma’lumot beradigan qadimiy manbalardan biri - "Nasixatnoma"da bilimning xosiyati xaqida, bilimdan kishining kadr-kimmati to’g’risida aytib utilgan. Qadimgi Misrda astronomik bilimlar yunalishida xam katta muvaffakiyatlarga erishishgan, xususan, astronomik bilimlar asosida aloxida kalendar-takvim tuzganlar. Kalendar yili 12 oyga bulingan, xar bir oy 30 kundan iborat bulgan, yil oxiriga esa yana 5 ta bayram kushilgan. SHunday qilib xar yil jami 365 kun bulgan. Nil daryosining kutarilishi va pasayishiga karab yil fasllarini chikarishgan. qadimgi misrliklar tibbiyot soxasida xam katta yutuklarga erishgan. Kupgina kasalliklarni davolash usullarini ishlab chikishgan. YUkoridagilarning xammasi qadimgi Misrning xakikatdan xam jaxon sivilizasiyasining uchoklaridan biri ekanligini kursatadi.
Falsafiy tafakkur tarixida juda katta urin koldirgan mamlakatlar turkumiga Xindiston va Xitoy kiradi. Buni jaxon tarixi bilan tanish bulgan xar qanday kishi e’tirof etishi mumkin. CHunki bu mamlakatlar uzlarining ma’naviy meroslari ildizlari nuktai nazaridan qadim utmishga daxldordir. Umuman qadimgi Xind falsafasini urganishda xind xalki ma’naviy merosining yuksak nuktalaridan bulmish "Veda" larda "Ramayana", "Maxobxarat" dostonlari to’g’risida buyuk xamyurtimiz Beruniyning «Xindiston» asarida nixoyatda boy ma’lumot beradi. "Veda"lar to’g’risida Beruniy shunday deb yozadi: "Xindistonning" Veda" deb ataladigan mukaddas kitobining ma’nosi bilmagan narsani bilishdir. Xindlar "Veda" kitobini, oliy tangrining Baroxim tomonidan aytilgan suzi, deydilar. "Veda" kitobi Ragveda, Samaveda, YAjurveda va Atxarvaveda deb atalgan va 4 ta katta BO’LIMdan iborat va ularning xar birida muayyan bir falsafiy goya ilgari surilgan. "Veda"da borliq, fazo, vaqt, dunyoning paydo bulishi inson xayotining tabiiy asoslari, tabiat va jamoani o’rtasidagi aloqadorlik, iloxiy kuchlar xaqida fikr yuritiladi. Bu to’g’rida xam Beruniy shunday deydi, "Veda" kitobi yaxshi ishlarga targib kilishni, yomon ishlardan kaytarishni, amallarning chegarasini anik kursatib qiziqtirishni, yaxshi mukofot va yomon jaxolarni bayon kiladi. "Veda"ning kup kismi turli duo-tasbexlar va olov uchun kilinadigan turli kurbonliklar ustidagi so’zlardan iboratdir. Bu kurbonlik turlari sanab bulmaydigan darajada kup va koidalari kiyindir (Beruniy "Xindiston") "Veda" kitobining BO’LIMlaridan Rigvedada, xindlarning xudolari bulgan parilar to’g’risidagi afsonalar bilan bir katorda dunyodagi xar bir narsa tabiiy rivoyatda paydo bulgan., degan goyalar bor. Rigvedadagi dunyo suvdan yaratilgan degan fikr e’tiborga sazovardir. SHuning uchun xam qadimgi Xindiston dini va falsafasida suv mukaddastirilishi va dunyoni tashkil etuvchi asosiy unsurlardan deb karalishi bejiz emas.
Umuman qadimgi Xindistondagi falsafiy maktablar asosan ikki turkumga bulinadi. Biri Vedalardan kelib chikkan va unga suyangan maktablar ikkinchisi Vedalarni tan olmaydigan maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxьya, nьyaya va vaysheshika maktablari kiradi. Vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm, buddizm va chorvak maktablari kiradi. Vedalar ta’limotlarini talkin kiluvchi dastlabki diniy falsafiy maktablardan biri mimansa va vedanta xisoblanadi. Bu yunalishdagi maktablar Vedalarni mukaddas kitoblar deb biladi va kishilardan xayotda ularga tula amal kilishni talab etadi. Vedalarni sharxlash va undagi akidalarni fadsafiy jixatdan asoslashda sankьxiya maktabi aloxida urin tutadi. Sankьkxiya maktabining ta’limotiga biz yashab turgan dunyodagi xamma narsalar moddiydir. Birok moddiylik bilan bir katorda dunyoning ruxiy asosi xam bor. Ular bu asosni prakxriti deb ataydi. Prakxriti dunyodagi xamma narsaning asosi. U abadiydir.
Vedalarni tan olmaydigan maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi dikkatga sazovardir. Jaynichilar borliqni ikkita-tirik va notirik dunyoga buladilar. Notirik tabiatga ular moddiylikni kiritadilar. Tirik tabiatga esa jon kiradi. Jonning asosiy xususiyati onglilikdir. Onglilik esa turli jonlarda turlicha darajada buladi. Jon uz tabiatiga kura mukammal narsa bo’lib, uning imkoniyatlari cheksizdir. Birok jon tani bilan boglangandir. U extiroslar, xoxish-istAqlar doirasiga tushib kolgan. Bu esa, uning imkoniyatlarini cheklab kuygan. SHuning uchun xakikiy bilim, jonni tanadan xolos bulishiga yordam berishi kerak.
Qadimgi xind falsafasida chorvak maktabi xam aloxida urin tutadi. Bu maktab eramizdan oldingi V1 asrlarda kelib chikkan bo’lib, ularning ta’limotiga olam moddiydir. Moddiy dunyo 4 olamni-suv, xavo, tuprok va olovdan tashkil topgan. Organik tabiat va shu jumladan inson xam shu moddiy elementlarning birikmasidan iborat. Insonning uziga xos xususiyati shundaki, u avvalo Aqlli mavjudotdir. Umuman qadimgi xind falsafasi tezda kup falsafiy tafakkur taraqqiyotiga juda katta turtki buldi.
Qadimgi dunyo falsafiy tafakkurida Xitoy falsafasi xam aloxida urin tutadi. Xitoy falsafasida "daochilik" ta’limoti aloxida urin tutadi. U "dao" suzidan kelib chikkan bo’lib "yul, "taraqqiyot", "dunyo negizi" degan ma’noni bildiradi. Daochilik asoschisi Lao-szi bo’lib, u va uning shogirdlari olamning moddiyligini, moddiy dunyo tabiiy qonunini-dao asosida tuxtovsiz xarakat va uzgarishda ekanligini kayd etadilar. Daochilar qadimgi Xitoy falsafasida birinchi bo’lib moddiy dunyodagi xamma narsalar karama-qarshiliklardan iborat ekanligini e’tirof etadilar. Dunyoni bilish mumkinligini e’tirof etishib, bilishdan maksad olamning moxiyatini, ya’ni dunyoni bilishdan iborat deb ta’kidlaydilar.
Qadimgi Xitoy falsafasida Konfusiyning (551-479) karashlari aloxida urin tutadi. Konfusiyning falsafiy karashlarida axlokiy masalalar markaziy urin tutadi. Xamma odamlar uz tabiatiga kura bir biriga uxshaydilar. Tarbiyaga karab ular bir-biridan farklanadilar. YAngini bilish eskini urganish kerak. Muloxazasiz ta’limot foydasizdir deydi. Konfusiyning falsafiy ta’limotida tartib qonun koida muxim xisoblanadi. Konfusiy karashlarida Li degan tushuncha aloxida axamiyat kasb etadi. Li-tartib, koida degan ma’noni bildiradi. Li bulmasa jamiyat ravnak topmaydi. Tartib. qonun - koida xar qanday jamiyat rivojining omilidir. SHuning uchun Li konfusiy tomonidan iloxiylashtiriladi.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling