18 – 03 Транспорт воситаларини ишлатиш ва таoмирлаш
-
2 – Ma’ruza
Mavzu: Kesishuvchi kuchlar sistemasi:Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik va analitik qo‘shish. Kuchning o‘qqa va tekislikka proektsiyasi. Uch kuch muvozanati haqidagi teorema. Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
|
REJA:
1. Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik va analitik qo‘shish.
2. Kuchning o‘qqa va tekislikka proektsiyasi
3. Uch kuch muvozanati haqidagi teorema.
4. Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari.
2.1 § Kuchlarni geometrik usulda qo‘shish. Kesishuvchi kuchlarning teng ta’sir etuvchisi. Kuchlarni tashkil etuvchilarga ajratish
Mexanikaning aksariyat masalalari vektor algebrasi fanidagi vektorlarni qo‘shish amaliga oid bo‘lib, xususiy holda kuch vektorlarini qo‘shish bilan bog‘liqdir. Mexanikada ixtiyoriy kuchlar sistemasining geometrik yo‘l bilan aniqlangan yig‘indisini bosh vektor deb ataladi. Yuqoridagi 3§ (6 -shakl)da takidlaganimizdek bosh vektorni teng ta’sir etuvchi vektor bilan aralashtirib yubormasligimiz lozim.
Ko‘p hollarda kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisi umuman bo‘lmasligi ham mumkin, lekin bosh vektorni har doim hisoblab chiqarishimiz mumkin.
13 -shakl.
1. Ikkita kuchni qo‘shish. Bir nuqtaga qo‘yilgan va ixtiyoriy ravishda yo‘nalgan va kuchlarning teng ta’sir etuvchi vektori -ni shu kuchlarga qurilgan parallelogram usuli bilan aniqlanadi (13- a shakl) yoki shu parallelogrammning birorta yarmidan iborat bo‘lgan kuch uchburchagi orqali aniqlanadi (13 b shakl).
Agar berilgan kuchlar orasidagi burchak a - ga teng bo‘lsa, u holda teng ta’sir etuvchining moduli R va uni kuchlar bilan tashkil qilgan burchaklari, ya’ni b va g -larni quyidagi formulalar orqali aniqlanadi,
14- shakl
(2.1)
(2.2)
2.Bir tekislikda joylashmagan uchta kuchlarni qo‘shish.
Bir nuqtaga qo‘yilgan lekin bir tekislikda joylashmagan ixtiyoriy , va kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisi , shu kuchlarga qurilgan parallelepipedning diagonaliga teng bo‘lib, (parallelepiped usuli bilan) ularni ketma ket qo‘shish orqali yoki kuchlar ko‘pburchagi usuli bilan aniqlanadi (14- shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |