2 – Ma’ruza Mavzu: Kesishuvchi kuchlar sistemasi
Muvozanat shartlari tenglamalarini tuzish
Download 29.42 Kb.
|
18 – 03 Транспорт воситаларини ишлатиш ва таoмирлаш-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Noma’lumlarni aniqlash, masalaning echimini tekshirish .
- Geometrik usul.
- Analitik usul.
3. Muvozanat shartlari tenglamalarini tuzish.
Muvozanatlik shartlari tekshirilayotgan jismning, unga qo‘yilgan kuchlar va noma’lum reaktsiya kuchlaridan iborat sistema uchun muvozanat tenglamalari tuziladi. Muvozanat tenglamalar sistemasi, jismlarning muvozanat holatlariga bog‘liq ravishda turlicha tuziladi, shu sababli ularni qanday tuzish lozimligi haqida, darslikning tegishli joylarida ko‘rsatib o‘tiladi. 4. Noma’lumlarni aniqlash, masalaning echimini tekshirish. Masalalarni echishda, jismlarning va ularga qo‘yilgan kuchlar sistemasining chizmasini sifatli qilib chizilishi katta ahamiyatga ega. Yaxshi qilib chizilgan chizma muvozanat tenglamalarini tuzishda sodir bo‘ladigan xatoliklarni kamayishiga va echimni to‘g‘ri yo‘ldan borishligiga katta yordam beradi. Barcha hisoblash ishlarini algebraik tenglamalar orqali olib borishlik tavsiya etiladi. Umumiy holda olib borilgan hisoblar, keyinchalik tenglamalarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tezda aniqlash uchun katta yordam beradi (tenglamalardagi qiymatlar bir xil o‘lchovli bo‘lishlari shart). Kuchlarning son qiymatlarini faqat masalani echib bo‘lgandan keyingina qo‘yishlik tavsiya etiladi. Ushbu paragrafda faqat Kesishuvchi kuchlar qo‘yilgan jismlarning muvozanatiga oid masalalarni ko‘rib chiqamiz xolos. Ularni echish uchun geometrik yoki analitik usuldan foydalanamiz. Geometrik usul. Jismga ta’sir etayotgan (berilgan yoki noma’lum) kuchlar soni uchtadan oshmasa, faqat geometrik usul qo‘llanilishi tavsiya etiladi. U holda jismga ta’sir etayotgan uchta kuchdan iborat ko‘pburchak yopiq holda bo‘lib, kuch uchburchagini tashkil etadi. Kuch uchburchagini qurishni, qiymati va yo‘nalishi ma’lum bo‘lgan kuchdan boshlanadi. So‘ngra hosil bo‘lgan kuch uchburchagidan noma’lum qiymatlarning yo‘nalishlari va modullari aniqlanadi. Analitik usul. Analitik usulni qo‘llashda jismga ta’sir etayotgan kuchlarning soni ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Avvalo tegishli yo‘nalishda koordinata o‘qlarini yo‘naltirish lozim. Agar jismga qo‘yilgan kuchlar bir tekislikda joylashgan Kesishuvchi kuchlardan iborat bo‘lsa, muvozanat tenglamalar sistemasi ikkita (2.12 formulalar), agar jismga qo‘yilgan kuchlar fazoda joylashgan Kesishuvchi kuchlardan iborat bo‘lsa, muvozanat tenglamalar sistemasi uchta (2.11 formulalar) tenglamalardan iborat bo‘ladi. Koordinata o‘qlarini yo‘naltirishning optimal yo‘llaridan foydalanish lozim, buning uchun o‘qlarning yo‘nalishini shunday tanlash lozimki, noma’lumlar iloji boricha faqat bitta o‘qqagina proektsiyalansa, tenglamalarni echish qulayroq kechadi. Birinchi marta masala echuvchilar uchun maslahatimiz shuki, tenglamalar tuzishlaridan oldin har bir kuchning o‘qlardagi proektsiyalarini avvaldan hisoblab alohida qog‘ozga jadval qilib yozib olsalar (4 -masalaga q.) xatoga yo‘l qo‘yilish kamayadi. Ba’zi bir qo‘shimcha ko‘rsatmalarni quyidagi masalalarni echish davomida aytib o‘tamiz. Download 29.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling