2-mavzu. Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi Reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana08.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1754944
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu ma\'ruza



2-mavzu.
Sharq xalqlari madaniyati va etnologiyasi 
Reja: 
1. Sharq xalqlari etnologiyasi. 
2. Jahon xalqlari madaniyatini o‘rganishda «Sharq» va «G‘arb» tushunchalarining mazmuni va 
mohiyati. 
3. Sharq mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlari.
4. Qadimgi Sharq xalqlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi.
 
Tayanch tushunchalar: 
Sharq, Sharq falsafasi, Sharq madaniyati, G‘arb, G‘arb falsafasi, G‘arb madaniyati,falsafa, 
Fales, Yunon madaniyati, falsafiy matnlar, ong va tafakkur rivoji, Sharq va G‘arb madaniyatlari 
tiplari, Sharqda ilk davlatchilik tarixi, Danilevskiy, “Daryo sivilizatsiyalari”. 
Insoniyat tarixida ilk sivilizatsiyalar paydo bo‘lganiga 6 ming yildan oshdi. Shunday 
sivilizatsiyalarning eng qadimgilari Misr va ikki daryo oralig‘i Mesopotamiyada vujudga kelgan. 
Avvalo, bular ibtidoiy jamoa tuzumida yaratilgan moddiy va madaniy madaniyat yutuqlarini 
o‘zida aks ettirgan tarzda taraqqiyotning davomi bo‘lgan. Ikkinchi tomondan, bu yerlarda iqlimi qulay, 
yeri unumdor bo‘lganligidan sug‘orma dehqonchilik tez rivojlanib borgan.
Qadimgi Misr madaniyati er.avv. IV mingyillikdan er.avv. 332-yil-gacha davrni o‘z ichiga 
oladi. U o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni yozuvi, adabiyoti, san’ati, arxitektura qurilishi bilan ajralib 
turadi. 
Tigr va Efrat daryolari oralig‘idagi yerlarning asosiy aholisi shumerlar, akkadlar, vavilonlar, 
xaldeylar, ossuriyaliklar, xurritlar va arameylardan iborat bo‘lgan. Bular orasida Shumer, Bobil, Ossuriya 
madaniyatlari ancha yuk-salgan. 
Qadimgi Hindiston va Xitoy madaniyatlarining vujudga kelishi, rivojlanishi ham antik dunyo 
tarixida o‘ziga xos jihatlari bilan ko‘zga tashlanib turadi. 
Qadimgi Misr ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sifatida o‘ziga xos betakrorligi bilan 
ajralib turadi. U Afrikaning shimoli-sharqida joylash-gan. Nil –dunyodagi eng katta daryolaridan 
biri bo‘lib, u Markaziy Afri-kadan boshlanib, Misrni kesib o‘tib, O‘rta yer dengiziga quyiladi. 
Misr-da ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham, eng avvalo, shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. 
Qadimdan Misrda tabiati issiq, hayvonot, o‘simlik dunyosi va yerosti boyliklari ko‘p bo‘lganligi 
bois, bu yerda moddiy va ma’naviy madaniyat juda erta vujudga kelib rivojlangan. Misrda 
davlatning paydo bo‘lishi mil. avv. IV mingyillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda Nil 
daryosining shimolida va janubida 40 dan ortiq shahar davlatlari – nomlar paydo bo‘lgan. Nomlarni 
nomarxlar boshqarib, ular deh-qonchilik, chorvachilik, sug‘orish, harbiy va diniy ishlarni 
boshqargan-lar. Bular ilk quldorlik davlatlari edilar. Bu davlatchalarning shimoliy va janubiy 
birlashmalari vujudga keladi. Mil. avv. III minginchi yil bosh-larida Janub podshosi Minaning 
Shimoliy uyushma ustidan g‘alaba qili-shi natijasida yagona Misr davlatiga asos solinadi. Uning 
poytaxti Memfis shahri bo‘lgan
1

1
Қаранг: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World History,Volume I: To 1800: Boston, 
2007. Р. 26. 


O‘zining Vatani tarixini yozgan kohin Manefon Qadimgi Misr tari-xini to‘rtga bo‘lib: 
Qadimgi (mil. avv. III minginchi yil), O‘rta (mil. avv. III minginchi yil oxiri – II minginchi yil 
boshlari), Yangi (mil. avv. 1580-1070-yillar), So‘nggi (mil. avv. I 1070-332-yillar) podsholik davrlariga 
bo‘-ladi. Bu davrlar jami 30 ta fir’avnlar sulolalarini o‘z ichiga oladi. 
Qadimgi Misr dunyo sivilizatsiyasining tom ma’nodagi klassik na-munasi bo‘ldi. Shuning 
uchun ham, qadimgi yunon tarixchisi Gerodot bu mamlakatni «Nilning in’omi» deb bejiz 
aytmagan. Bahor oylarida Nil toshqini natijasida daryo bo‘ylaridagi yerlarda hosil bo‘lgan qora 
mine-ralga boy qoldiqlar dehqonchilik uchun «tekin ozuqa» bo‘lib xizmat qil-gan. Daryo 
bo‘ylarida turli xil granit, marmar kabi toshlarning bo‘lishi esa qurilishga yaxshi material 
hisoblangan. 
Misr tarixining barcha davrlarida hayvonlar, tabiat hodisalari va ota-bobolar ruhiga e’tiqod 
qilish keng tarqalgan. Shu bilan birga, Misrda ya-gona davlatning vujudga kelishi bilan fir’avn – 
podsholarga e’tiqod qi-lish va ularni ilohiylashtirish paydo bo‘lgan. Birinchi o‘rinda qarchig‘ay 
boshli Quyosh xudosi – Ra yoki Amon-Ra bo‘lib, u har kuni oltin qayiq-chasida osmonni kezib 
chiqadi va g‘arbga tushadi (misrliklar tasavvuri-da). Misrliklar Quyosh xudosiga atab 
ibodatxonalar qurganlar. 
Xudolar ichida Osiris alohida o‘rin tutadi. U avval dehqonchilik ho-miysi bo‘lib, eshak 
boshli, qizil ko‘zli yovuz xudo Set tomonidan o‘ldi-rilgan. Osiris narigi dunyodagi podshohlikda 
shoh va sudya bo‘lib oladi. Xudolar misrliklar uchun birgina dunyoni yaratuvchi bo‘libgina 
qolmay, hunarmandchilik, san’at, yozuv, hisob, sehrgarlik va ilm-fanning yara-tuvchilari ham 
hisoblanganlar. Ular ieroglif yozuvini «Xudoning so‘zi» deb tushunar edilar. Bunda so‘z va hisob 
hukmroni, yozuvni yaratuv-chisi, adabiyot va yozuvchilarning, sehrgarlar va tabiblarning homiysi 
Totu hisoblangan. 
Misrda xudolarga sig‘inish bilan birga podshoh – fir’avnlarga sig‘i-nish ham alohida o‘rin 
tutgan. Misrliklar Fir’avnni yerdagi xudo deb hi-soblashar, shuning uchun ularga atab Piramidalar 
qurishgan, ularning nomlarini abadiylashtirganlar. 
Qadimgi podsholik davrida papirus qog‘ozining tayyorlanishi yoz-ma madaniyatni 
rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, Misrda mis davrida birinchi bo‘lib asalarichilikning kashf 
qilinishi va yoyilishi ham dunyo-viy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, shu davrda 
dehqonchilik, bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik rivojlangan. 
Qadimgi Misr podsholigi davrida yetakchi madaniyat yo‘nalishi – bu arxitektura bo‘lib, u 
boshqa madaniyat turlari bilan uyg‘unlikda rivoj-landi. Birinchi piramida arxitektor Imxoteb 
loyihasi asosida Fiza va Jo-serga atab Sakkarada (mil. avv. III mingyillikda) qurilgan bo‘lib, u bo‘yi 
60 metr, pillapoya shaklida qurilgan. Imxoteb birinchi arxitektor bo‘libgina qolmay, ayni chog‘da olim, 
yozuvchi, tabib ham edi. Vafotidan keyin un-ga atab ibodatxona qurilgan. 
Ikkinchisi Dashurda qurilgan Snofru piramidasi to‘rt burchakli shaklda bo‘lib, uning bo‘yi 
100 metr edi. Gizadagi fir’avn Xufu maqba-rasi-piramidasi o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. 
Mil. avv. XXVII asr boshlaridagi Misr fir’avni Xufu (yunoncha Xeops) maqbarasining bo‘yi 150 metr 
(hozir 146 metr, asosi 233-233 m.) bo‘lib, uning qurilishiga og‘irligi 2-15 tonnalik 2 mln. 300 
mingta tarashlangan tosh ishlatilgan. Piramida 30 yil ichida qurilgan. Xufu piramidasi olamning 
yetti mo‘jiza-sining biri hisoblanadi. Gizaga yaqin tog‘ cho‘qqisini o‘yib tanasi sher-ni, kallasi 
odamnikiga o‘xshash bo‘lgan afsonaviy mahluq haykali, (ba-landligi 57 metr) yasalgan. U 
o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Hammasi bo‘lib 80 ga yaqin piramidalar qurilgan. 
Piramidalar Qadimgi Misrning o‘ziga xos ramziga aylangan
2

2
Қаранг: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling