- Reja
- 1.Yozuvning shakllanishi va rivojlanishi.
- 2.Yozuv turlari. Piktografik, ideografik, iyeroglif va fonografik yozuvlar.
- 3.O’zbek xalqining yozuv tarixi. Alifbo va imlo masalasining davlat ahamiyatiga molik ekanligi.
- 1-§. Yozuvning shakllanishi va rivojlanishi
- Yozuvning paydo bo‘lishi til qadar uzoq tarixga ega emas. Hozir bizga ma`lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi o‘n-o‘n besh ming yildan oshmaydi. Ba`zi tillarda hozirgacha yozuv yo‘q. Mas., Amerika qit`asidagi ayrim mahalliy aholi.
- Yozuv ehtiyoj tufayli paydo bo‘ldi. Boshlang’ich davrlarda xotirada saqlab qolish vositasi tabiat predmetlari bo‘lgan. Predmetlar simvolikasi shunday vazifani bajargan. Mas., qarama-qarshi qabila vakillarining navbatma-navbat trubka chekishi tinchlik simvoli bo‘lgan. Slovyan qabilalarida ilgari va hozir ham mehmonni non va tuz bilan kutib olish do‘stlik va hurmat belgisidir.
- Piktogramma. Hindularning prezidentga “arznomasi”. Mazmuni: “Turna, Uchta suvsar, Ayiq, Dengiz odami va Dengiz mushugi qabilalari yagona qalb jo`shqinligi ila Turna qabilasi boshlig`iga ko`llar hududiga ko`chib o`tishga ruxsat berish haqida prezidentdan iltimos qilishni topshiradi”.
- Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan.
- Logografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli iyeroglifik yozuvdir. Iyeroglif grekcha “iverogliv” so'zidan olingan bo‘lib, “muqaddas yozuv” degan ma’noni angiatadi. Bu yozuv turida matn yozilmagan, balki suyak va boshqa materiallarga rasmlar o‘yi‘b bitilgan, ikkinchidan, bu yozuv «sirli» yozuv turi ham bo‘lgan, chunki uni, asosan, kohinlar bilishgan. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |