4-mavzu. Juft korrelyasion-regression tahlil


Download 120.41 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi120.41 Kb.
#1323762
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu


4-mavzu. Juft korrelyasion-regression tahlil
1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bogʻlikliklar turlarini oʻrganish.
2. Korrelyasiya koeffitsientining turlari va hisoblash usullari.
3. CHiziqli va chiziqsiz regression bogʻlanishlar.
4. Korrelyasion-regression tahlilda eng kichik kvadratlar usulining qoʻllanilishi.


1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bogʻlikliklar turlarini oʻrganish.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanishlarni oʻrganish ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki koʻrsatkichlar ishtirok etadi, biri bogʻliq boʻlmagan oʻzgaruvchilar, ikkinchisi bogʻliq oʻzgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi turdagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning oʻzgarishiga sababchi boʻladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, iste’molchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va xizmatlarga boʻlgan talabi oshadi. Bu bogʻlanishda talabning ortishi natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi omil, ya’ni daromad esa omil belgidir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bogʻlanish korrelyasion bogʻlanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyasion bogʻlanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning toʻliq soni noma’lumdir. SHuning uchun bunday bogʻlanishlar toʻliqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Korrelyasiya soʻzi lotincha correlation soʻzidan olingan boʻlib, oʻzaro munosabat, muvofiqlik, bogʻliqlik degan ma’noga ega.
Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bogʻlanish juft korrelyasiya deb ataladi.
Korrelyasion bogʻlanishlarni oʻrganishda ikki toifadagi masalalar koʻndalang boʻladi. Ulardan biri oʻrganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya’ni kuchli yoki kuchsiz) bogʻlanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyasion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrrelyasion tahlil deb hodisalar orasidagi bogʻlanish zichlik darajasini baholashga aytiladi.
Omillarning uzaro boglanishi 2 turga bulinadi: funksional boglanish va korrelyasion boglanish.
Yunalishlarning oʻzgarishiga karab, bogʻlanishlar ikki turga boʻlinadi: toʻgri bogʻlanish va teskari bogʻlanishlar.
Analitik ifodalarning koʻrinishlariga qarab ham bogʻlanishlar ikki turga boʻlinadi: toʻgʻri chiziqli va chiziksiz bogʻlanishlar.
Fuksional bogʻlanishlarda bir oʻzgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa oʻzgaruvchi belgining anik bitta qiymati mos keladi.



Download 120.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling