4-Mavzu: qonning tarkibi: plazma va shaklli elementlarning tuzilishi, miqdori hamda fiziologik funksiyalari. Reja: Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari


Download 40.22 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi40.22 Kb.
#1157363
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu QONNING TARKIBI PLAZMA VA SHAKLLI ELEMENTLARNING TUZILISHI, MIQDORI HAMDA FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI.


4-Mavzu: QONNING TARKIBI: PLAZMA VA SHAKLLI ELEMENTLARNING TUZILISHI, MIQDORI HAMDA FIZIOLOGIK FUNKSIYALARI.
Reja:
1. Qon plazmasi, uning tarkibi va xususiyatlari.

  1. Qonning shaklli elementlarining fiziologik funksiyalari.

  2. Eritrotsitlarning aglyutinatsiya reaksiyalari.

Tayanch so’zlar: Qon plazmasi, eritrosit, leykotsit, trombositlar, to’qima suyuqligi, termoeritrotsit, regulyatsiya, kreator aloqa, trombotsit, antitela, leykopoez, lizotsim, proverdin, biologik faol moddalar, eritropoyetin, tomboplastin, trombin, trombos, gemopoez, fagositoz, rezus-fakto’, agglyutinogen, agglyutinin, fibrinogen.
Adabiyotlar: 1-(47-71); 2-( 178-207).
Qonning tarkibi va xossalari sog‘lom odamda deyarli o‘zgarmaydi. Qon ikki qismdan: qon plazmasi va qonning shaklli elementlaridan iborat. Qon plazmasi qon hajmining 60% ini tashkil etib, unda 90-92% suv va 8-10% quruq qoldiq bo‘ladi. Quruq qoldiqda 6,8-8,2% oqsil, 0,1-0,12% glyukoza, 0,17% aminokislotalar, moddalar almashinuvi mahsulotlari (mochevina, kreatinin, ammiak), har xil fermentlar va gormonlar bor.
Qonning tarkibi. Organizmning ichki muhiti qon va limfa to‘qimalaridan tashkil to’gan bo‘lib, organizmni himoya qilish va oziqlantirish vazifasini bajaradi. Qon qizil rangli, kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan nordonroq mazali, suyuq biriktiruvchi to‘qimadir. Katta yoshdagi odamda 5 litrga yaqin qon bo‘ladi (tana og‘irligining 5-9% ini qon tashkil etadi). Lekin organizmdagi qonning taxminan yarmi qon tomirlarida oqib yuradi, qolgani qon depolari (jigar, taloq va teri kapillyarlari)da saqlanib turadi. Qonning deyarli 20% i jigarda, 16% i taloqda va 10% i terida bo‘ladi. Tomirlarda qon miqdori kamayganda (jarohatlar natijasida) yoki mushaklar harakat qilganda, odam kuchli hayajonlanganda qon depolardagi zahira qon tomirlarga o‘tib, tomirlarda aylanib yuradigan qon miqdori oshadi.
Qonni probirkaga ma’lum miqdorda solib, unga ivishdan saqlovchi modda qo’shib, bir necha muddat tinch holatda qoldirilsa, u oddiy ko’z bilan ko’rinadigan ikki qismga: Sarg’ish yoki rangsiz tiniq suyuqlik - ustki qism plazmadan va jigar rang, qoramtir tusli ostki qism -shaklli elementlardan tashkil to’ganligi ko’rinadi.
Qon ikki qismdan: plazma va undagi shaklli elementlardan iborat bo’lib,odamda gemoglobin miqdori 35-45%, umumiy qonni miqdori 4,5-5 litrni tashkil etadi. Qonda qizil qon tanachasi eritrotsitlar, oq qon tanachalari- leykotsitlar va qon plastinkalari -trombotsitlar mavjud. Soglom odam qonining 1ml da taxminan 4-5 mln. eritrotsit, 4-9 ming leykotsit va 180-320 ming qona qon plastinkalari mavjud. Qon yo’qotganda, qattiq shikastlangan vaqtlarda ana shu zahira qonlardan foydalanadi. Masalan: organizmdagi eritrotsitlarni 3/4 nisbatda sekinlik bilan yo’qotilsa, organizm zaiflashadi. Agarda tezlik bilan yuqotilsa, o’limga olib kelib, unday paytlarda odamlarga qon yoki uning o’rnini bosuvchi turli eritrotsitlar quyiladi. Qon kolloid polimerli eritma bo’lib, erituvchi suv, eruvchan moddalari tuz, quyi molekulali organik moddalar, kolloid komponentlar oqsil va uning kompleksidan iborat.
Qonni osmotik bosimi organ va to’qimalar hujayrasi yarim o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, suvni o’tkazadi, qolgan turli xil birikmalarni esa o’tkazmaydi. Bunday birikmalar qon tarkibida ko’p bo’lib, ular eng avvalo, dissotsialangan tuzlardir. Bu tuzlar tarkibi sutemizuvchilar qoni tarkibida, 0.9% bo’lib, ularning miqdori qoning osmotik bosimiga bog’liq bo’ladi. Yuqori osmotik bosimli (gipertonik) eritma hujayraga olib keladi va undai suvni eritmaga o’tkazadi. Agarda eritmani bosimi, hujayra suyuqlikdagi bosimidan kam bo’lsa, (gipertonik) hujayra hajmini kattalashtirib suv eritmadan hujayraga o’tadi. Eritmani bosimi hujayrani osmotik bosimidan ko’p bo’lsa va hujayraning hajmi o’zgarmasa izotonik eritma deyiladi. Bu shundan dalolat beradiki, qon plazmasida ozginagina bo’ladigan o’zgarish organizm hujayrasini va eng avvalo qon tarkibiga yomon ta’sir ko’rsatadi. Qonning osmotik bosimi doimo nisbatan o’timal holatda bo’lib, 7,5 atmosfera (5600 mm simob ustuniga) teng. Uning doimiyligini ta’minlash uchun osmoregulyator mexanizmlar mavjud.(onkotik bosim) Qonning plazma tarkibida tuzlardan tashqari ko’p miqdorda oqsillar mavjud (7-8%). Onkotik bosim osmotik bosimga nisbatan ancha kam bo’lib, simob ustuni 30 mm tashkil qiladi. Onkotik va osmotik bosim farqi shundaki,oqsil molekulasi massasi katta bo’lgani uchun qonlarga nisbatan kam harakatchan. Onkotik bosim to’qimalardan suvni qon yunalishga o’tishiga yordam beradi.

Download 40.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling