5-ma’ruza Mavzu


Download 1.32 Mb.
bet1/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1269509
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-ma\'ruza


5-ma’ruza
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari va topologiyalari. Global tarmoq. Internet. Internet exsplorer asoslari. Internetdagi xizmatlar.
Reja:

  1. Kompyutеr tarmoqlari va ularning mohiyati.

  2. Kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi (simlar yoki yo’llar bilan).

  3. Tarmoqdagi kompyuterning tarmoq operatsion tizimi.

  4. Windows XP tarkibida lokal tarmoqda ishlash



Tayanch so‘z va iboralar: tarmoq, protocol, Local-Area Network, Campus-Area Network, Metropolitan-Area Network, internet, WWW, FTP, IP, kliyent, server, electron pochta, electron manzil. Web-sahifa, Web-sayt, Web-server, Razmetkali tillar HTML, XML, XHTML, WML, klient-server, senariyli tillar, "klient-server" texnologiyasi, Klient tomonidagi stsenariylar

Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.


Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish yengillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1 ) O’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) Uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling