5-mavzu. Ommaviy axborot vositalari. Internet hayotimizda. O‘zbekiston va jahon


Download 124.98 Kb.
bet1/19
Sana08.01.2022
Hajmi124.98 Kb.
#240236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5433607325678046101


5-MAVZU. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI. INTERNET HAYOTIMIZDA. O‘ZBEKISTON VA JAHON
1-topshiriq.Ta’lim jarayonida eng ko’p foydalaniladigan internet saytlari ro’yxatini tuzish.

  1. DataCamp — ma’lumotlar haqida darslar va kurslar jamlanmasi.

  2. Learnist — turli soha mutaxassislarining ma’ruzalari.

  3. Prismatic — o’zingiz istagan yo’nalishdagi yangi ilm o’rganish.


2-topshiriq.O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari” mavzusida insho yozing.


6-MAVZU. XXI ASRDA INNOVATSIYALAR. DAVRIMIZNING GLOBAL MUAMMOLARI
1-topshiriq.Quyidаgi tаyanch so‘z va iboralаrningma’nosini izohlang.

soliq, budjet, pul, majburiy to‘lov, majburiy munosabatlar, huquqiy shaxs, jismoniy shaxs, milliy daromad, huquqiy va me’yoriy qonunlar, soliq summasi, xo‘jalik subyekti.



Soliq-, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.

Budjet- (qadimiy Fransuzcha „baguette“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir. Byudjet defitsiti daromadlarni oshib ketganda va mamlakatning moliyaviy sog'lig'ini ko'rsatganda paydo bo'ladi . Hukumat odatda byudjet tanqisligi so'zlarini tadbirkorlik yoki jismoniy shaxslarga emas, balki xarajatlarni nazarda tutadi. Hisoblangan defitsitlar davlat qarzini shakllantiradi. Byudjet defitsitining asosiy xavf-xatarlaridan biri inflyatsiya bo'lib , u narx darajasining doimiy o'sishi hisoblanadi. Qo'shma Shtatlarda byudjet taqchilligi Federal Rezervning inflyatsiya darajasini pasaytiradigan iqtisodiyotga ko'proq pul tushirishiga olib kelishi mumkin. Natijada, iqtisodiy faoliyatning kamida olti oy davom etadigan pasayishini anglatadigan turg'unlik yuz beradi. Byudjet tanqisligining davom etishi inflyatsiyaga uchragan pul-kredit siyosatiga olib kelishi mumkin.

Pul- bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya'ni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.

Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.

Pul ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlchovi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi. Qiymat oʻlchovi — tovarlar qiymati miqdori Pul orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — Pul vositasida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi — pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, Pulga boshqa tovar sotib olmasa, u Pulni jamgʻaradi. Pul jamgʻarish uchun, ayniqsa, Pil qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi — tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda P. toʻlov vositasi rolini bajaradi. P.ning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari — veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. Pul shakliga koʻra, naqd pul (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga) va naqd boʻlmagan P. (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi pul) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy P. (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) pulga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon P.i yoʻq, ammo umumiy universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan pul uynaydi. Hozirgi paytda dunyoda AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002-yil yanvardan muomalaga kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining pul birligi — yevro jahon puli vazifasini bajaradi.

Majburiy to‘lov- qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasi).


Download 124.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling