6-ma’ruza: Temir-betonning xossalari. Temirbetonni qisqa va uzoq muddatli yuklar ta’siri ostidagi xossalari, reologik xususiyatlari


Download 1.44 Mb.
bet1/7
Sana12.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1768887
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-маъруза.doc


6-ma’ruza: Temir-betonning xossalari. Temirbetonni qisqa va uzoq muddatli yuklar ta’siri ostidagi xossalari, reologik xususiyatlari

REJA:
6.1. Temirbetonning xossalari/
6.2. Temirbeton, uning ishlab-chiqarish usullari
6.3. Betonda cho`kib kirishish va shishish hodisasining o`z-o`zidan sodir bo`lishi
6.4. Tob tashlash va kuchlanishlar relaksatsiyasi
6.5. Harorat va namlik ta`siridan betonda bo`ladigan deformatsiyalar. Qisqa va uzoq muddatli yuklanish ostida paydo bo`ladigan deformatsiyalar
6.6. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalari
6.7. Oldindan zo’riqtirilgan temirbeton elementlarni konstruktsiyalash
6.8. Oldindan zo’riqishning yo’qolishi

6.1. Temirbetonning xossalari
Temirbeton qurilmalarida armatura bilan betonning birgalikda ishlashi ular orasidagi bog’lanish kuchi va armaturani har xil konstruktiv usullar bilan betonga biriktirilishi asosida ta’minlanadi.
Temirbetonning mexanik xossasi armatura va betonning mexanik xossalariga bog’liq bo’lib, hamma vaqt ham ularga mos tushmaydi. Masalan, betonda paydo bo’ladigan yoriq va uning buzilish holatiga olib keladigan bo’lsa, temirbeton yoriqlarining paydo bo’lishi xavfli hisoblanadi. Po’lat sterjenlar alohida ishlanganda ulardagi cho’zuvchi kuchlanishlarning miqdori oqish darajasiga yetganda sterjen o’z ustivorligini yo’qotadigan bo’lsa, beton tanasidagi po’lat sterjenlarning kuchlanish miqdori oqish darajasiga yetganda esa, temirbeton normal holatda ishlaydi. Bu misollardan shu narsa ayon bo’ladiki, temirbetonning mexanik xossasi muhim ahamiyatga ega bo’lib, alohida o’rganilishi talab qilinadi.
6.2. Temirbeton, uning ishlab-chiqarish usullari
Yig’ma temirbeton elementlari ishlab-chiqarish bir necha texnologik sxemalar yordamida olib boriladi.
Konveyer usuli. Bu usulda elementlar vagonlarga o’rnatilgan formalarda tayyorlanib, vagonlarga konveyerning bir agregatidan ikkinchisiga ko’chib yuradi. Vagon xarakati davomida texnologik operatsiyalar ma’lum ketma-ketlikda bajariladi: armatura karkasi o’rnatiladi, oldindan zo’riqtiriladi. Elementlar armaturalari tortiladi, teshikli elementlar uchun teshik hosil qiladigan ustanovkalar o’rnatiladi, beton qorishma yotqiziladi va zichlanadi, vkladishlarni tortib olinadi, betonni qotishini tezlatish uchun termik ishlov beriladi. Hamma vagonlar ma’lum bir ritmda harakatlanadi. Bu konveyer usuli kichik o’lchamli elementlar ishlab chiqaradigan zavodlarda qo’llaniladi.
Potok-agregat usuli. Texnologik operatsiyalar zavodning kerakli tsexlarida bajariladi. Bu usulda texnologik operatsiyani bajaruvchi agregatlar qo’zg’almasdir, faqat formalar maxsulot bilan birgalikda bir agregatdan ikkinchisiga kran yordamida kuchiriladi.
Stend usuli. Bu usulda maxsulot tayyorlov jarayonida kuzgalmaydi, texnologik operatsiyalarni bajaruvchi agregat forma bo’ylab xarakatlanadi. Bu stendlar xarakatlanuvchi kranlar bilan, beton yetkizuvchilar bilan va vibratorlar bilan jixozlangan. Elementlar sillik va profilli formalarda tayerlanadi. Bu usul bilan yirik gabaritli va oldindan zo’riqtirilgan elementlar tayyorlanadi. (masalan: fermalar, balkalar, kran osti to’sini va kolonnalar)

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling