6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Download 150.5 Kb.
bet1/9
Sana13.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1354393
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Reja

  1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining

mohiyati.

  1. Barqaror taraqqiyotni ta'minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy

yo'nalishlari.
3. Pandemiya - XXI asrning global muammosi.
4. Dunyo va O'zbekistonda ta'lim va tarbiya amaliyoti.


1-savol bayoni: “Globallashuv” (lot. globus – shar, Yer sayyorasi) – XX asrning ikkinchi yarmi - XXI asr boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy hodisa bo‘lib, hozirgi davrdagi xalqaro tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etuvchi tushunchadir.
Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983 yili “Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini globallashuv, deb atagan). 1985 yilda esa taniqli amerikalik olim R.Robertson “Globalization” iborasini ilmiy muomalaga kiritib, bu tushunchani “odamlar ongida sayyoramizning torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi”ni aks ettirib, “dunyoning birlashuvi va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kuchayishini” ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.
Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning olingan natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida 1960-yillarning oxirlaridan e’tiboran shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling