7- tajriba Mavzu: Texnologik jarayonlarda ijro mexanizmlarini o’rnatish va sozlash Ijro etuvchi qurilmalar


Download 155.34 Kb.
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi155.34 Kb.
#253938
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7- tariba


7- tajriba

Mavzu: Texnologik jarayonlarda ijro mexanizmlarini o’rnatish va sozlash

Ijro etuvchi qurilmalar.

Ijro etuvchi qurilmalar har qanday avtomatik rostlash sistemasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanib 2 qismdan: ijro etuvchi mexanizm (uzatma) va rostlovchi organdan tuzilgan.



Ijro etuvchi mexanizm rostlovchi qurilmadan kelayotgan signalni rostlovchi organni proporsional harakatiga aylantiradi. Rostlovchi organ harakati bilan modda va energiyani kelish hamda sarfini o’zgartira borib, bevosita rostlanuvchi ob’ektga ta’sir qiladi.

Ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organni uzatmasi bo’lib hisoblanib, uni xossasi o’tish jarayonining sifatiga ta’sir qiladi.

Ijro etuvchi mexanizmlar servodvigatelli yoki servomotorli bo’ladi. Ishlatiladigan energiya manbaini turiga ko’ra ijro etuvchi mexanizmlar quyidagilarga bo’linadi.

1) Elektrik ijro etuvchi mexanizmlar

2) Pnevmatik ijro etuvchi mexanizmlar

3) Gidravli ijro etuvchi mexanizmlar


Elektrik ijro etuvchi mexanizmlar.

Ishlash prinsipiga ko’ra elektrik ijro etuvchi mexanizmlar elektromagnitli va elektrodvigatelli turlariga bo’linadi. Elektromagnitli ijro etuvchi mexanizmlar har xil rostlovchi organlar ya’ni klapanlar, ventillar va zolotniklarni boshqarish uchun ishlatiladi.

Ijro etuvchi mexanizmlarning asosiy mexanik ko’rsatkichlariga kuch, tezlik chiqish zvenosining chiziqli yoki burchakli kuchishi, ishchi xarakteristikalar, inersionlik, ishonchlik, massa va gabarit razmerlari kiradi.

Elektromagnitli ijro etuvchi mexanizmlar quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Uzoq magnitlanishga mo’ljallangan elektromagnit g’altakli ijro etuvchi mexanizmlar.

2. Qisqa magnitlanishga mo’ljallangan elektromagnit g’altakli ijro etuvchi mexanizmlar.

Birinchi guruh elektromagnitli ijro etuvchi mexanizmlarda ventilni g’altakka kuchlanish berilishi bilan rostlovchi organ ochilib-yopilib, elektromagnitlarning og’irlik kuchi yoki prujina ta’sirida ishdan to’xtaydi.

Ikkinchi guruh elektromagnitli ijro etuvchi mexanizmlar tayanchli elektromagnit va ilgakli elektromagnitdan iboratdir.

Elektromagnitli solenoid ijrochi mexanizmlar asosan sovitish texnikasida keng ko’llaniladi. Bu ijrochi mexanizmlarni boshqarish usuli elektromagnit, g’altag’idan tok o’tishi bilan klapanni ochilish va yopilishiga asoslangan. Ijrochi mexanizmlar suyuqlik va gazlar oqimining yo’nalishini o’zgartirish uchun xizmat qiladi.

Ishlash prinsipiga asosan elektromagnitli ventillar bevosita, bilvosita harakatli turlariga bo’linadi.



Bevosita harakatli ijrochi mexanizmlarda klapan fakat elektromagnit kuchi ta’sirida harakatlanadi.

Bilvosita harakatli ijrochi mexanizmlarda klapan ochilib- yopilishida suyuqlik va gazlar energiyasi ishlatiladi.

Kombinasiyalashgan harakatli ijrochi mexanizmlarda esa elektromagnit kuchi va ishchi muhit bosimi birgalikda ishlatiladi.

2.11-rasmda bevosita harakatli eletromagnitli ijrochi mexanizmning sxemasi ko’rsatilgan.






Download 155.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling