7-mavzu: brauzerlar va ularning tavsiflari, sayt kompaniyaning raqamli vakilligi sifati brauzerlar va ularning tavsiflari


Download 2.15 Mb.
bet1/5
Sana03.08.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1664731
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Mavzu

7-MAVZU: BRAUZERLAR VA ULARNING TAVSIFLARI, SAYT KOMPANIYANING RAQAMLI VAKILLIGI SIFATI

Brauzerlar va ularning tavsiflari


Brauzer – web-sahifalarning turli elementlarini qayta ishlash va ekranga chiqarish, web-ilovalarni boshqarish uchun dasturiy vosita va foydalanuvchi web-sayt o‘rtasidagi muloqotning qulay usulidir.
Brauzerdan Internetda ishlashning qulay dasturiy vosita sifatida foydalanish g‘oyasi va uning dastlabki ishlaydigan varianti 1990 yilda Yadroviy tadqiqotlar bo‘yicha Yevropa kengashi (CERN) xodimi Tim Berners Li tomonidan yaratilgan. Dastlab u WorldWideWeb, keyinchalik Nexus deb nomlangan. Brauzerdan foydalanuvchilar Internet tarmog‘i resurslari bilan muloqot qilishi interfeysi sifatida foydalanish amaliyoti uning samaradorligini ko‘rsatdi, va keyinchalik kompyuter texnologiyalari sohasida ishlaydigan ko‘plab kompaniyalar o‘z brauzerlarini yarata boshladi.
Ulardan eng ommaboplarini ko‘rib chiqamiz.

NCSA Mosaic brauzeri


1993 yilda Superkompyuter ilovalar Milliy markazi (NCSA, AQSh) xodimlari Mark Andressen va Erik Bin tomonidan grafik interfeysli birinchi brauzer - NCSA Mosaic ishlab chiqildi. Mosaic brauzeri Internet foydalanuvchilari orasida keng tan olindi, chunki u kompyuterga o‘rnatilishda va undan foydalanishda ancha oson bo‘lib qoldi.

Manba: [79]


2.4.1-rasm. NCSA Mosaic brauzeri interfeysi
Mosaic brauzeridan foydalanish Internet tarmog‘ining tez o‘sishiga olib keldi. Shu tariqa, 1995 yilga kelib tarmoqdagi saytlar soni 10 000 bo‘lib, 1998 yilga kelib esa ularning soni bir necha milliongacha oshdi [62].

Netscape Navigator brauzeri


1994 yilda Mark Andressen yangi brauzer yaratib, uni Mosaic Netscape deb nomladi. Keyinchalik brauzerga Netscape Navigator nomi berildi. U Web-sahifalar yaratish uchun ichiga qurilgan grafik muharrirga, offline rejimda elektron pochta va yangiliklar guruhlari bilan ishlash imkoniyatiga, yangiliklar guruhlari ichida qidiruvga, muharrirlash rejimisiz katalogning zarur bo‘limiga yorliq qo‘shishga va hokazolarga ega.
2007 yilda bir qator sabablarga ko‘ra brauzer ishlab chiqaruvchi kompaniya Netscape Navigator brauzerini qo‘llab-quvvatlash va keyingi ishlanmasini to‘xtatdi.

Manba: [80]


2.4.2-rasm. Netscape Navigator brauzeri interfeysi

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling