7-mavzu. Ikki komponentli qattiq sistemalar. Fizik-kimyoviy tahlil usullari


Download 1.08 Mb.
bet1/9
Sana05.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1167309
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-MAVZU

8-mavzu. Ikki komponentli qattiq sistemalar. Fizik-kimyoviy tahlil usullari

  • Ikki komponentli qattiq sistemalarda qattiq va suyuq fazalar muvozanati. Suyuqlanish diagrammasi.
  • Termik tahlil usuli. Evtetikali sistemalar. Izomorf va noizomorf bо‘lgan sistemalarning holat diagrammalari.
  • Kongruent va inkongruent suyuqlanadigan sistemalar.
  • Uch komponentli sistemalar va ularning holat diagrammalari.

Bir nechta fazadan iborat bo’lgan ko’p komponentli sistemalarni tahlil qilishda fizik kimyoviy analiz (tahlil) usulidan keng foydalaniladi. Fizik kimyoviy tahlil asosida kimyoviy muvozanatdagi sistemaning fizik xossalari va shu muvozanatni belgilovchi faktorlar bog’lanishini o’rganish yotadi. Bu tahlil davomida aniqlab boriladigan xossalarga: issiqlik, elektrik, optik, mexanik va boshqa xossalar kiradi. Bu bog’lanish tadqiqot asosida tarkib – xossa (holat) diagrammasi ko’rinishida ifodalanadi. Ikki komponentli sistemalar uchun odatda ordinata o’qiga sistema xossasini, absissalar o’qiga tarkib quyiladi.
Holat diagrammalarini o’rganish sistema komponentlarining o’zaro ta’sirini, kimyoviy tarkibini va fazalar mavjudlik chegaralarini aniqlashga imkon beradi.
Diagrammalarni o’rganish N.S. Kurnakovning uzluksizlik va mos kelishlik tamoyillariga (prinsiplariga) asoslangan.
Uzluksizlik tamoyiliga asosan sistema holatini belgilovchi parametrlar (P, T, S) uzluksiz o’zgarishida sistemaning alohida fazalar xossalari ham uzluksiz o’zgarib boradi, bu o’zgarish yangi faza paydo bo’lishi yoki bor fazalardan biri yoki bir nechtasini yo’qolishi sodir bo’lguncha davom etadi. Bu hodisalar bo’lishi bilan sistema xossasi o’zgarishida sakrash kuzatiladi.
Mos kelishlik tamoyiliga muvofik, har bir fazaga yoki fazalar majmuiga diagrammada ma’lum geometrik shakl mos keladi.
Hozirgi kunda fizik-kimyoviy analiz kimyo va ozik-ovqat sanoatida keng qo’llaniladi.
Fizik kimyoviy analizning turlaridan biri – termik tahlildir. Bu (analiz) tahlillar asosida holat diagrammasi (eruvchanlik diagrammasi) hosil qilinadi. Oddiy ko’rinishda olinadigan bo’lsa, sistema sovushi yoki isishiga qarab sistema holat diagrammalari chiziladi. Quyida tajribada olingan sovush egrilari asosida holat diagrammasini hosil bo’lishi ko’rsatilgan:

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling