8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik


Download 454.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana05.01.2022
Hajmi454.88 Kb.
#215319
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
d9aaa19c46529f379695ad190f055033



8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik 

 

8.1. Noaniqlik sharoitida tanlov 

 

Kelajakka 

taalluqli 

har 


qanday 

harakat 


noaniq 

natijaga 

ega. 

Daromadlarimizning bir qismini bankka depozitga joylashtirganimizda bankdan pulni 



qaytarib  oladigan  davrda  uning  xarid  quvvati  qancha  b  o`lishini  bilmaymiz,  negaki 

o`tadigan davr oralig`ida inflyasiya sur'atlari qanchalik o`sishi bizga noma'lum. Yoki 

biror  maqsadda  bankdan  uzoq  muddatli  kredit  olib,  uni  kelgusida  oladigan 

daromadlarimizdan 

qoplashni 

rejalashtiramiz. 

Ammo 

kelgusida 



oladigan 

daromadlarimiz har doim ham aniq bo`lavermaydi. 

Bugun  xarid  qilingan  aksiyaning  bo`lg`usi  qiymati  ham  bizga  noma'lum, 

chunki  biz  aksiyasini  xarid  qilgan  aksiyadorlik  kompaniyasining  kelgusidagi 

moliyaviy  holati,  obro`-e'tibori  va  dividend  siyosati  fond  bozorlarida  aksiya 

qiymatiga kuchli ta'sir ko`rsatadi. 

Tadbirkorlik  faoliyati  -  tadbirkorlik  faoliyati  sub'ektlari  tomonidan  amalga 

oshiriladigan,  tavakkal  qilib  va  o`z  mulkiy  javobgarligi  ostida  daromad  (foyda) 

olishga  qaratilgan  tashabbuskor  faoliyat.  Demak,  tadbirkorlikka  yoki  daromad  olish 

uchun  tikilgan  kapitalning  qiymati  kelgusida  undan  olinadigan  daromad  qiymatiga 

bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan. 

Risk  (tavakkalchilik)  –  bu  har  qanday  usul  bilan  baholangan  ehtimollik, 

noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat. 

Noaniqlik  sharoitida  iste'molchilar  tomonidan  ham,  ishlab  chiqaruvchilar 

tomonidan  ham  sotuvchi va xaridorlar  sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va 

bu  qabul  qilingan  qarorlar  albatta,  ma'lum  darajadagi  risklar  (tavakkalchilik)  bilan 

bog`liq 

bo`lishi 

mumkin. 

Noaniqlik 

cheklangan 

resurslarni 

samarasiz 

taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi. 

Shu  vaqtgacha  biz  barcha  ko`rsatkichlar  (narx,  iste′molchi  daromadi,  ishlab 

chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan deb keldik. 

Lekin, real hayotda bozor sub′ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar 

bilan  bog`liq.  Ma′lumki,  to`g`ri  qaror  qabul  qilishning  asosiy  sharti  -  bu  axborot. 

Noaniqlik  sharoitida  qaror  qabul  qilish  deganda,  to`liq  axborot  bo`lmaganda  qaror 

qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, 

qabul  qilingan  qaror  salbiy  oqibatlarga,  ya′ni  ma′lum  yo`qotishlarga  olib  keladi. 

Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.  

Noaniqlik  sharoitida  qaror  qabul  qilishda  tavakkalchilik  (yo`qotish)  darajasini 

bilish,  uni  oldini  olish  uchun,  tavakkalchilik  darajasini  kamaytirish  uchun,  chora 

tadbirlar ko`rishga imkon beradi. 


Download 454.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling