9-Amaliy mashg‘ulot: Gavda muskullarining tuzilishi Reja


Download 443.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi443.98 Kb.
#1030462
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-Gavda muskullarining tuzilishi.



9-Amaliy mashgulot: Gavda muskullarining tuzilishi 
Reja: 
1.Gavda muskullarini guruhlarga bo‘linishi. 
2.Yelka kamari, ko‘krak va qorin devori muskullarini topografiyasi. 
3.Bosh muskullarini topografiyasi 
 
Darsning maqsadi: Elka kamarini hamda elka suyagini bosh, bo‘yin va tanaga 
birlashtiruvchi muskullarni boshlanish va tugash sohalarini aniqlash, funktsional 
anatomiyasini o‘rganish. Gavda va bosh muskullarini topografiyasi va funktsiyasini
o‘rganish.. 
Ko‘rgazmali qurollar: Turli xil qishloq xo‘jalik hayvonlarini ho‘l va qotirilgan 
preparatlari, muskullarning sxematik tasvirlari. Anatomik preparatlar, skelet va 
jadvallar.
Darsning mazmuni. Elka kamarining muskullari ikki guruhga bo‘linadi: a) 
oldingi oyoqning kamar suyagini tanaga birlashtiruvchi; b) elkani va oldingi 
oyoqning qolgan qismini tanaga birlashtiruvchi muskullar. 
Muskullar tizimi ko‘ndalang-targ‘il yoki skelet muskullaridan tashkil topgan 
bo‘lib, ular skeletga birikadi. Har bir muskul tutamining tolasi miofibrillalardan 
tuzilgan va ular ikkita qisqaruvchi oqsillardan – aktin va miozindan tashkil topgan. 
Hujayra darajasida muskulning qisqarishi aktin va miozin molekulalari o‘rtasida 
ko‘ndalang ko‘prik hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. 
Muskul tolalarini qisqarishi nerv tolalari orqali kelayotgan impulslar 
vositasida.amalga oshiriladi. Muskul tolalariga keladigan bitta nerv tolasi 
harakatlantiruvchi nerv deyiladi. Aniq va nozik vazifani bajaruvchi bir nechta 
muskul tolalariga birdaniga bir qancha haprakatlantiruvchi nerv tolalaridan impuls 
keladi.
Muskul to‘qimasi doimiy ravishda taranglashgan holatda bo‘lib, bu muskul tonusi 
deb yuritiladi. Muskul tonusi hayvon xavotirli, qo‘rquv holatda bo‘lganda ortsa, dam 
olayotganda yoki uxlayotgan vaqtda susayadi. Barcha muskullarning qorinchasi 
hamda suyaklarga birikib turadigan uchlari bo‘ladi.
Skelet muskullari tashqi tomonda bitta yirik tolaga birikib o‘q hosil qiladi va bu 
muskullar tananing boshqa qismiga nisbatan harakatni amalga oshiradi. Bunga oyoq 
muskullari misol bo‘ladi. Ichki tomonda esa muskul tutami ikki uchiga birlashgan 
bo‘lib, bu muskullar oyoqning ma’lum belgilangan qismini harakatga keltiradi. 
Tananing har bir sohasida hayvonning norma funksiya ko‘rsatishi uchun ma’lum 
bir harakat tipini amalga oshiruvchi muskullar guruhi joylashadi. 

Download 443.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling