9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari


Download 46.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana30.01.2024
Hajmi46.54 Kb.
#1816957
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza (4)



9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari 
Reja 
1.
Kompyuter dasturlari va dasturlash tillari 
2.
Kompyuter matematikasi tizimlarida dasturlash. 
3.
Nazorat savollari 
Tayanch iboralar: kompyuter dasturi va dasturchisi, dastur buyruqlari va kodlari, yuqori 
va quyi darajadagi dasturlash tillari, Assambler tili, protsedurali tillar, kompilyator, interpretator. 
Zamonaviy dasturlar: COBOL, JAVA, .NET, VISUAL STUDIO, DELPHI, POWER BUILDER 
dasturlash tillari. 
Kompyuter dasturlari va dasturlash tillari
Agarda siz hech qachon biror bir kompyuter dasturini mustaqil tuzib kо‘rmagan 
bо‘lsangiz, sizga dasturni tuzish va uni о‘zgartirish uchun kompyuter dasturchisi zarur bо‘ladi. 
Shunday ekan, siz dasturchilarni turli dastur ishlab chiqishlari uchun zarur qanday axborotlar 
talab etilishini tushunishingiz kerak bо‘ladi. Kompyuter dasturi kompyuterda masalalarni 
bajarilishi uchun yо‘naltirilgan kо‘rsatmalar ketma-ketligini о‘z ichiga oladi. Kompyuter 
dasturchisi, ba’zan ishlab chiqaruchi ham deyiladi, ular kompyuter dasturlarini yaratadi va ularni 
о‘zgartiradilar. Dasturni yaratish uchun dasturchi ba’zan dasturlash tillari yordamida dastur 
buyruqlari yoki dasturiy kodlardan foydalanadilar. Dasturlash tillari о‘z ichiga kompyuterga 
habar jо‘natish uchun dasturchiga ruxsat beruvchi sо‘zlar tо‘plami va simvollarni oladi. Boshqa 
vaqtlarda dasturchilar dastur yaratish uchun dastur element(instrument)laridan foydalanadilar. 
Dasturlash tillari dasturni qurish uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Aniqrog‘i, insonlar turli 
tillarda gapiradilar (ingliz tili, ispan tili, franzus tili, о‘zbek tili va hakazo), dasturchi ham shunga 
о‘xshash turli dasturlash tillari va instrumentlaridan dastur yaratishda foydalanadi 
Dasturchi dastur yaratishi uchun qaysi dasturlash tilidan foydalanishni aniqlab olishi zarur. 
Bugungi kunda yuzga yaqin dasturlash tillari mavjud. Har bir til dastur tuzish uchun 
о‘zining maxsus instruksiyasiga va dastur tuzish qoidalarga ega. Dasturlash tillari aniq 
maqsadga, ilmiy ilovalarga, biznes, veb-sahifa yaratish va albatta qishloq xо‘jaligi masalalarini 
yechishga ham qaratiladi. Masalani yechishda yoki yechimni topishda dasturchi bittadan ortiq 
dasturlash tillarini birlashtirgan holda foydalanadi. Dasturlash tillari ikki turda bо‘ladi: yuqori 
daraja va quyi daraja. Quyi daraja dasturlash tillari mashinaga (kompyuterga) bog‘liq holda 
ishlaydi. Mashina yagona aniq biror bir turdagi kompyuter bо‘lishi mumkin va bu kompyuterda 
quyi darajadagi dasturash tillari ishlaydi. Bu dasturlar boshqa turdagi kompyuterlarga о‘tkazish 
juda qiyin bо‘ladi. Yuqori darajadagi dasturlash tillarining har bir buyrug‘i bir qancha 


mashinalarga (kompyuterlarga) mos bо‘ladi. Yuqori darajadagi dasturlash tillari mustaqil 
mashina asosida bо‘ladi. Mustaqil-mashina turli xildagi kompyuterlarda va operatsion tizimlarda 
ishlashi mumkin.

Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling