9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
Download 46.54 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Kompyuter dasturlari va dasturlash tillari
9-Ma’ruza. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari Reja 1. Kompyuter dasturlari va dasturlash tillari 2. Kompyuter matematikasi tizimlarida dasturlash. 3. Nazorat savollari Tayanch iboralar: kompyuter dasturi va dasturchisi, dastur buyruqlari va kodlari, yuqori va quyi darajadagi dasturlash tillari, Assambler tili, protsedurali tillar, kompilyator, interpretator. Zamonaviy dasturlar: COBOL, JAVA, .NET, VISUAL STUDIO, DELPHI, POWER BUILDER dasturlash tillari. Kompyuter dasturlari va dasturlash tillari Agarda siz hech qachon biror bir kompyuter dasturini mustaqil tuzib kо‘rmagan bо‘lsangiz, sizga dasturni tuzish va uni о‘zgartirish uchun kompyuter dasturchisi zarur bо‘ladi. Shunday ekan, siz dasturchilarni turli dastur ishlab chiqishlari uchun zarur qanday axborotlar talab etilishini tushunishingiz kerak bо‘ladi. Kompyuter dasturi kompyuterda masalalarni bajarilishi uchun yо‘naltirilgan kо‘rsatmalar ketma-ketligini о‘z ichiga oladi. Kompyuter dasturchisi, ba’zan ishlab chiqaruchi ham deyiladi, ular kompyuter dasturlarini yaratadi va ularni о‘zgartiradilar. Dasturni yaratish uchun dasturchi ba’zan dasturlash tillari yordamida dastur buyruqlari yoki dasturiy kodlardan foydalanadilar. Dasturlash tillari о‘z ichiga kompyuterga habar jо‘natish uchun dasturchiga ruxsat beruvchi sо‘zlar tо‘plami va simvollarni oladi. Boshqa vaqtlarda dasturchilar dastur yaratish uchun dastur element(instrument)laridan foydalanadilar. Dasturlash tillari dasturni qurish uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Aniqrog‘i, insonlar turli tillarda gapiradilar (ingliz tili, ispan tili, franzus tili, о‘zbek tili va hakazo), dasturchi ham shunga о‘xshash turli dasturlash tillari va instrumentlaridan dastur yaratishda foydalanadi Dasturchi dastur yaratishi uchun qaysi dasturlash tilidan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Bugungi kunda yuzga yaqin dasturlash tillari mavjud. Har bir til dastur tuzish uchun о‘zining maxsus instruksiyasiga va dastur tuzish qoidalarga ega. Dasturlash tillari aniq maqsadga, ilmiy ilovalarga, biznes, veb-sahifa yaratish va albatta qishloq xо‘jaligi masalalarini yechishga ham qaratiladi. Masalani yechishda yoki yechimni topishda dasturchi bittadan ortiq dasturlash tillarini birlashtirgan holda foydalanadi. Dasturlash tillari ikki turda bо‘ladi: yuqori daraja va quyi daraja. Quyi daraja dasturlash tillari mashinaga (kompyuterga) bog‘liq holda ishlaydi. Mashina yagona aniq biror bir turdagi kompyuter bо‘lishi mumkin va bu kompyuterda quyi darajadagi dasturash tillari ishlaydi. Bu dasturlar boshqa turdagi kompyuterlarga о‘tkazish juda qiyin bо‘ladi. Yuqori darajadagi dasturlash tillarining har bir buyrug‘i bir qancha mashinalarga (kompyuterlarga) mos bо‘ladi. Yuqori darajadagi dasturlash tillari mustaqil mashina asosida bо‘ladi. Mustaqil-mashina turli xildagi kompyuterlarda va operatsion tizimlarda ishlashi mumkin. Download 46.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling