9-MAVZU:
AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUVIDA YUZALARNI TAXEOMETRLARDA NIVELIRLASH USULI ORQALI TASVIRGA OLISH
Reja:
Avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni nivelirlashning mohiyati va usullari.
Avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni parallel chiziqlar magistrallar, poligonlar, kvadrat kataklar usullari bo‘yicha yuzalarni nivelirlash.
Nivelirlash natijalarini ishlab chiqish.
Avtomobil yo‘llarini qidiruvida dala o‘lchash ishlarining kameral ishlari.
Yer ishlari xajmini hisoblash. Topografik xarita tuzish.
Yuzalarni nivelirlash usullari;
Vertikal planirovka davrida ya’ni yerlarga suv chiqarish, maydonlarni sug‘orish, inshootlarni qurish, tuproq hajmini hisoblash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun loyiha tuzish ishlari joy relefi aniq tasvirlangan yirik masshtabli topografik planlarda bajariladi. Tasvirlarni masshtabi planda 1:500 ÷1:50000 va relef kesimining balandligi 0,1-0,5 m etib qabul qilinadi. Relefi tekis bo‘lgan joylarda bunday topografik planlar asosan yuzani nivelirlash orqali tuziladi. Joy relefning xarakteriga, uni planda tasvirlash aniqligiga, loyihalanadigan inshoot turiga va xususiyatiga xamda boshqa bir qancha shartlarga qarab nivelirlanadigan nuqtalar orasi yoki kvadratlar tomoni 10 dan 100 m gacha bo‘lishi mumkin.
Yuzani nivelirlash turli usullarda bajariladi.
Magistrallar va ko‘ndalang chiziqlar usuli - katta va cho‘ziq shaklli maydonlarni tasvirga olishda qo‘l keladi. Planli – balandlik asosi etib A va B nuqtalardan o‘tgan teodalit – nivelir yo‘li qabul qilinib, yo‘lning bosh va oxirgi nuqtalari davlat geodezik to‘rlariga yoki zichlash to‘rlarga bog‘lanadi (9.1-rasm). Magistral yo‘llardagi burilish burchaklarini uchlari doimiy yoki vaqtinchalik belgilar bilan joyida mahkamlanadi. Ko‘ndalanglar a a1, b b1, ss1 va h.o. ma’lum masofada lenta va burchak o‘lchash asboblari yordamida magistrallar chiziqlarida rejalanadi.
9.1–rasm.Parallel chiziqlar va magistrallar usuli
Do'stlaringiz bilan baham: |