9-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni taxeometrlarda nivelirlash usuli orqali tasvirga olish reja


Download 357.49 Kb.
bet1/6
Sana24.06.2023
Hajmi357.49 Kb.
#1654102
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-ma\'ruza YMSH


9-MAVZU:
AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUVIDA YUZALARNI TAXEOMETRLARDA NIVELIRLASH USULI ORQALI TASVIRGA OLISH
Reja:

  1. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni nivelirlashning mohiyati va usullari.

  2. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida yuzalarni parallel chiziqlar magistrallar, poligonlar, kvadrat kataklar usullari bo‘yicha yuzalarni nivelirlash.

  3. Nivelirlash natijalarini ishlab chiqish.

  4. Avtomobil yo‘llarini qidiruvida dala o‘lchash ishlarining kameral ishlari.

  5. Yer ishlari xajmini hisoblash. Topografik xarita tuzish.

Yuzalarni nivelirlash usullari;
Vertikal planirovka davrida ya’ni yerlarga suv chiqarish, maydonlarni sug‘orish, inshootlarni qu­rish, tuproq hajmini hisoblash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun loyiha tuzish ishlari joy rel­efi aniq tasvirlangan yirik masshtabli topografik planlarda ba­jariladi. Tasvirlarni masshtabi planda 1:500 ÷1:50000 va relef kesimining balandligi 0,1-0,5 m etib qabul qilinadi. Relefi tekis bo‘lgan joylarda bunday topografik plan­lar asosan yuzani nivelirlash orqali tuziladi. Joy relefning xarakteriga, uni planda tasvirlash aniqligiga, loyihalanadigan inshoot turiga va xususiyatiga xamda boshqa bir qan­cha shartlarga qarab nivelirlanadigan nuqtalar orasi yoki kvad­rat­lar tomoni 10 dan 100 m gacha bo‘lishi mumkin.
Yuzani nivelirlash turli usullarda bajariladi.
Magistrallar va ko‘ndalang chiziqlar usuli - katta va cho‘ziq shaklli maydonlarni tasvirga olishda qo‘l keladi. Planli – balandlik asosi etib A va B nuqtalardan o‘tgan teodalit – nivelir yo‘li qabul qilinib, yo‘lning bosh va oxirgi nuqtalari davlat geodezik to‘rlariga yoki zichlash to‘rlarga bog‘lanadi (9.1-rasm). Magistral yo‘llardagi burilish burchaklarini uchlari doimiy yoki vaqtinchalik belgilar bilan joyida mahkamlanadi. Ko‘ndalanglar a a1, b b1, ss1 va h.o. ma’lum masofada lenta va burchak o‘lchash asboblari yordamida magistrallar chiziqlarida rejalanadi.

9.1–rasm.Parallel chiziqlar va magistrallar usuli



Download 357.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling