About the U. S. state of New Jersey


Download 0.5 Mb.
bet1/4
Sana29.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1137655
  1   2   3   4
Bog'liq
Al Forobiy va uning falsafasi 401 Sayfiddinov S


401-guruh talabasi Sayfiddinov Samariddin

Fan: Tarix falsafasi va metodologiyasi

Mavzu: Al- Forobiy va uning ijtimoiy falsafasi
Al – Fraganus “Intilganga tole yor”
MATEMATIKA HAQIDA
“AL-JABR” qanday tug’ilgan?
Ko’pchilik vatandoshlarimiz "al-Jabr"ning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug’ilganini aniq bilmaydilar. Hammamizning faxrimiz bo’lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo’lday bilishimiz kerak. Nima uchun deganda, uni bilmay turib, avvalo o’zligimizni bilmaymiz, qolaversa, fazogirlik va komp'yuterlar davrida murakkab matematik boshqarishsiz hech qayerga borolmaymiz. Insoniyatga ta-raqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga al-Xorazmiy bo’lib tanilgan ulug’ yurtdoshimiz topib bergan.
 
“Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Bill Klintonning rafiqasi, katta jamoat arbobi Hillari Klinton xonim O’zbekistonga do’stona tashrifi chog’ida ko’hna fan va madaniyat markazi bo’lmish diyorimiz haqida maftuniy lutf aytarkan, avvalo matematika tug’ilgan mamlakatga kelganidan behad shod ekanini to’lqinlanib gapirgan edi. Keyinchalik kishilarimiz bilan bo’lgan o’zaro muloqotda "al-Jabr" qanday paydo bo’lgani bilan qiziqqan edi. Ko’pchilik vatandoshlarimiz "al-Jabr"ning ijodkori kim ekanini bilsalar-da, u qaerda va qanday tug’ilganini aniq bilmaydilar. Hammamizning faxrimiz bo’lmish bu olamshumul kashfiyotni barchamiz besh qo’lday bilishimiz kerak. Nima uchun deganda, uni bilmay turib, avvalo o’zligimizni bilmaymiz, qolaversa,
fazogirlik va komp'yuterlar davrida murakkab matematik boshqarishsiz hech qayerga borolmaymiz. Insoniyatga ta-raqqiyotning ana shu kalitini Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso deb nomlangan va dunyoga al-Xorazmiy bo’lib tanilgan ulug’ yurtdoshimiz topib bergan.
Bu mo’'jiza qanday yaralgan? Uning tafsiloti mana bunday:
To’qqiz yuzinchi yillarning boshlarida Arab xalifasi - podshosi Xorun ar-Rashid Eron va Xurosonga tayanib ish tutsa-da, u viloyatlarning xalqlaridan shubhalanib yurar va o’zining vaziri Ja'far ibn Yahyoni ularga yon bosuvchi shaxs deb bilardi.
Bul vazirdan arab akobirlari ham norozi edilar. Xorun arzimagan bir bahona topib, Ja'farni saroydan qaydadityu, ari uyasini qo’zg’ab yuborganday bo’ldi. Eron va Xurosonda norozilik qo’zg’alonlari ko’tarildi. Ularni bostirish oson ish emasdi. O’ylab-o’ylab bu mushkul vazifani dono va tadbirli farzandi – o’zining eroniy joriyasidan bo’lgan to’ng’ich o’g’li Ma'munni Sharqiy viloyatlarga katta huquqlar bilan hokim qilib yubordi.
Marv shahrida qarorgoh qilgan Ma'mun otasidan o’zgacha dono va xalqchil siyosat tutib, xalqni, eng avvalo, uning fuzalolari, olimlari, donolarini o’z atrofiga tortdi, ularga va aholiga katta imtiyozlar berdi. Olimlar orasida yoshgina Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ham bor edi.Al-Xorazmiy Ma'munning e'tiborini tortdi. U yosh olimni matematika va astronomiyaga oid kitoblar yig’ib kelish uchun sharqiy Afg’oniston va Shimoliy Hindistonga yubordi.
Al-Xorazmiy hind kitoblarini yig’ish bilan birga hind hisobi - matematikasi borasidagi malakasini oshirib qaytdi va bu sohada o’zidan kichik bo’lgan Ma'munga ustozlik qildi. Ma'mun bilan al-Xorazmiy do’stligi ana shundan boshlandi.
Otasi Xorun o’limidan keyin uning o’rniga taxtga o’tirgan o’gay ukasi amin ustiga turkiylardan qo’shin tortib borgan Ma'mun uning askarlarini yengib, o’zini ham qilich bilan boshini kesib, 813 yili taxtga mindi-da, Marvdagi barcha odamlarini
Bag’dodga ko’chirib keldi. O’sha yili o’zi bilan birga Ahmad Farg’oniy, Abdulmalik, Ahmad ibn Abdulloh, Muso ibn Shokirlar kelib, Xorun tuzgan "Baytul-Hikma" - donolar uyiga joylashdilar. Al-Xorazmiy Bag’dodga ikki yilcha kechikib kelsa-da, akademiyaning boshlig’i - bosh kitobdor vazifasini unga saqlab turdi.
Al-Xorazmiy "Baytul-Hikma"da kecha-kunduz ishlab, Marv-da boshlagan kashfiyotini nihoyasiga yetkazdi - riyoziyot ilmidan "Hisobi hind" kitobini nihoyasiga yetkazdi va xalifa Ma'mun bilan vaziri a'zam ixtiyoriga topshirdi. Ular ilmi riyoziy sohasidagi bu ajoyib kashfiyotni "Baytul-Hikma" anjumani muhokamasiga qo’ydi.
Ulug’ allomaning Hind hisobini takomillash, mukammallashtirish asosida yaratilgan yangi kashfiyoti - "Hisobi al-hind" deb atalmish kitobi "Baytul-hikma"ning "tanobiy uyi"da boshlandi. Muhokamaga Ma'mun olimlar bilan birga yer o’lchovi massoqlar, muftiylar, ulamolarni ham taklif qildi.Ularni taklif qilganidan xalifaning o’zi afsuslandi.Chunki, dunyoviy ilm bilan din azaldan kurashib kelganini e'tiborga olmagandi. "Katta tanobiy
uy’ning devorlari biqiniga yozilgan to’shaklarda o’ngda olimlar, chapda muftiy va ulamolar, o’rtada mashshoqlar chordona qurib o’tirdilar. To’rda fil suyagidan yasalgan kursida Ma'mun, uning biqinida kichikroq yog’och kursida vaziri a'zam al-Fazl joylashdi.Anjumanni xalifa Ma'mun boshqardi. U savlat to’kib o’tirgan joyida podsholarga xos salobat bilan "Ulug’ alloma Muhammad Ibn Musoga so’z" deyishi hamon oq shoyi ko’ylak ustidan qizil chopon kiyib taqyasi ustidan oq salla o’ragan al-Xorazmiy o’rtaga tushdi va avval xalifaga, so’ngra anjuman aqliga ta'zim bajo qilib, yig’ilganlarga o’z asarining mazmunini bayon qilishga otlandi.
Pashsha uchsa bilinadigan, kiprik qoqsa ko’rinadigan, nafas olsa seziladigan jimlikda allomaning har bir so’zi bolqib eshitildi. Masalan, quyidagi so’zlar, ayniqsa, ikki tomon e'tiborini o’ziga tortdi: ham olimlarni, ham ulamolarni.
- Ilgari arablar va ularga tobe musulmon xalqlar hisob amallarini raqamlar birlan emas, so’zlar yordamida bajarar erdilar. Hindlar ersa, har bir sonni alohida belgi, ya'ni raqam birlan ifoda etadurlar, har tomonlama o’ylab qarasam, hind hisobining afzalligi muqarrar ko’rindi. Amaliyotig’a oson, kelajagi bebaho, sababi shulki, dunyo ishlarining kelajak kaliti - ilmi riyoziy yechimlarga bog’liq bo’ladur.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling