Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti


Download 462.89 Kb.
bet1/9
Sana08.06.2023
Hajmi462.89 Kb.
#1464838
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Абдуллаев Азизбек 4-78


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI


ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI


AGROBIZNES VA RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI
AGROBIZNES VA MARKETING KAFEDRASI

Qishloq xo’jaligida menejment ta’lim yo’nalishining


4-bosqich 78-gurux talabasi Abdullayev Azizbekni
malakaviy BMI oldi amaliyoti natijalari bo’yicha

Amaliyot o’tkazilgan muddatlar: 2020 yil ___________dan __________gacha


Hisobot topshirilgan sana 2021 yil ___ ______

Amaliyot rahbari: katta o’qituvchi T.Iminov




Andijon - 2021
Kirish

Fermer xo‘jaligini asosiy afzalligi shundaki u oilaviy usulda tashkil etilib faoliyat ko‘rsatishi jarayonida vujudga keladigan barcha kelishmovchiliklar qarindosh-urug‘chilik aloqalari asosida bartaraf etib turiladi. Undan tashqari fermerlik harakatining kuchayishi qishloqda o‘rta mulkdorlar qatlamini tashkil topishini va mustaxkamlanishini ta’minlab agrar soxada bozor munosabatlarini tarkib topishi va rivojlanish uchun mustaxkam zamin tayyorlaydi. Sababi mulkchilik munosabatlari har qanday iqtisodiy tizimning asosini tashkil etib, bu masalani ijobiy xal etmasdan turib ko‘zlagan maqsadga erishish mumkin emas. Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish masalasi nafaqat iqtisodiy balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir.


Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Dehqon va fermerlar, dala ishchilari mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish maqsadida davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan paxta va g‘allani moliyalashtirish tartibi o‘zgartirilgani, O‘zbekiston tarixida birinchi marta fermerlar o‘z mablag‘larini mustaqil sarflash huquqiga ega bo‘lganini ta’kidlash lozim.
Jumladan, 2019 yilgi mavsumda respublikamizda g‘alla etishtiradigan fermer xo‘jaliklariga 1 trillion 33 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 142 foiz, paxtachilik xo‘jaliklariga esa 5 trillion 138 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,4 marta ko‘p imtiyozli kreditlar ajratilib soha rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining barcha xarajatlari to‘liq davlat byudjeti hisobidan qoplanmoqda. Bu qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l hosil olishda muhim omil bo‘lmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida har yili davlat byudjetidan 2 trillion so‘mdan ortiq, sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun 400 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilmoqda1.
Yuqoridagilar ta’sirida mamlakatimiz bo‘yicha 2019 yili 6 million 124 ming tonna g‘alla, 2 million 300 ming tonna paxta, 8 million 661 ming tonna sabzavot, 2 million 411 ming tonna kartoshka, 1 million 607 ming tonna poliz mahsulotlari, 2 million 100 ming tonnaga yaqin meva, 1 million 314 ming tonna uzum, 18 ming tonna pilla, 1 million 789 tonna go‘sht, 7 million 830 ming tonna sut tayyorlashga erishildi. Muxtasar aytganda, jami bo‘lib 58 trillion 181 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirilgani davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishining mahsulidir2.
Shuningdek, ushbu tarmoqqa bozor mexanizmlari, xo‘jalik yuritishning agroklaster tizimi joriy etilayotgani, ilgari e’tiborimizdan chetda bo‘lib kelgan zamonaviy issiqxonalar, baliqchilik, asalarichilik, qizilmiya, za’faron, qalampir, sarimsoqpiyoz, to‘qsonbosti usulida sabzavot etishtirish, parrandachilik, yilqichilik, tomorqa xo‘jaliklari kabi yo‘nalishlar jadal rivojlanayotgani tub tarkibiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bularning barchasi qishloq xo‘jaligini mahalliy va chet ellik investorlar uchun tobora jozibali, istiqbolli tarmoqqa aylantirmoqda.
Shular bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni ko‘paytirishdagi bugungi kunning eng muhim vazifalariga: qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va shu kabilarni kiritish mumkin.
Joriy yilda klaster usulida paxta etishtirishni kamida 52 foizga etkazish uchun 48 ta paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, g‘alla va meva-sabzavot klasterlari faoliyatini har tomonlama rivojlantirish talab qilinadi. Bu soha biz uchun nisbatan yangi ekanini inobatga olib, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, jumladan, kredit tizimini soddalashtirish, xarajatlarni subsidiyalash, er ajratish bilan bog‘liq tartiblarni qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni ko‘paytirishda urug‘chilikning o‘ziga xos o‘rni mavjud. Urug‘chilikda asl navlarni yaratish maqsadida, tajriba-seleksiya ishlarini tubdan jonlantirish lozim. Buning uchun urug‘chilik va seleksiya bilan shug‘ullanadigan institutlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil qilish talab etiladi3.
Fermer xo‘jaligini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligi uni yakuniy natijasi hisoblanadi. Jadal rivojlantirish oxir oqibatda fermer xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishini ta’minlashi lozim, aks holda uni amalga oshirishning xech qanday ma’nosi bo‘lmaydi. Jadallashtirish darajasini ko‘tarilishi qo‘shimcha harajatlar va resurslarni jalb etilishi asosida amalga oshirilsa ham oxir oqibatda mahsulot birlamiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish harajatlarining hajmi qisqarishi kerak.
Hozirgi kunda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini tahlil qilish va eng muhim chora-tadbirlarni belgilab olish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Avvalo bozor bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi ko‘pdan-ko‘p fermer xo‘jaliklari va ularning (mahsulotlarning) haridorlar o‘rtasida raqobat bo‘lgan sharoitdagina ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash mumkin. Shuning ta’sirida ishbilarmonlik rivojlanishi uchun keng yo‘l ochildi.Bu esa o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqarish va sotishda raqobatni yuzaga keltiradi. Raqobat - bu erkin ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi bozorda o‘zini mustaxkam o‘rni va mavqeiga ega bo‘lish, mumkin qadar ko‘proq mahsulot sotish uchun tinimsiz davom etadigan kurashdir. Buning asosiy mezonlari: mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, uning sifatini yaxshilash masalalari va uning turi hamda mavsumiyligidir.




  1. Download 462.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling