Alla – O‘zbek bolalar folklori janri sifatida nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova
Download 461.14 Kb. Pdf ko'rish
|
alla-o-zbek-bolalar-folklori-janri-sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘z
- Keywords
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 966 ALLA – O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORI JANRI SIFATIDA Nargiza Abdurashid qizi Umurzaqova Kamola Baxromovna Nasirova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat til va adabiyot universiteti ANNOTATSIYA Ushbu maqolamizda milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lmish xalq allalarining janr sifatida o‘rganilishi, ularga bo‘lgan e’tibor, xalq allalarining mohiyati, janr xususiyati, hamda bola tarbiyasida tutgan o‘rni kabi masalalarni ilgari surgan tadqiqotchilarimiz va ularning tadqiqotlari xususida so‘z yuritamiz. Shuningdek, Alla qo‘shiqlarining janr sifatida o‘rganilishi borasida Oxunjon Safarovning o‘ziga xos talqini va bu talqinga o‘z munosabatini bildirgan olimlarning fikrlari bilan qiziqdik. Kalit so‘z: Beshik qo‘shiqlari, folklor, alla, janr, ikkilik, to‘rtlik, parokanda, voqeaband, she’riyat, xonadon qo‘shig‘i, allaning tarbiyaviy kuch-qudrati, she’riy merosi, tarbiyaviy estetik mohiyat. ALLA AS A GENRE OF UZBEK CHILDREN'S FOLKLORE ABSTRACT This article discusses our researchers and their research, which raises issues such as the study of folk gods as a genre, the essence of folk gods, the nature of the genre, as well as their role in the upbringing of children. We were also interested in Akhunjon Safarov’s unique interpretation of the studiy of Alla’s songs as a genre and the opinions of scholars who commented on this interpretation. Keywords: Lullabies, folklore, alla, genre, duality, quartes, scatterd, event, poetry, house song, Allah’s educational power, poetic heritage, educational aesthetic essence. Insoniyat tafakkurining tamal toshi bo‘lmish alla qo‘shiqlari hususida so‘z yuritar ekanmiz, turli millat tadqiqotchilari allaning ya’ni beshik qo‘shiqlarining paydo bo‘lishi haqida o‘z qarashlarini bayon etganlarini e’tirof etish joiz. Sababi bu sirli qo‘shiq zamirida insoniyat ma’naviyatining yuksalish qoni oqar ekan, dunyodagi har bir xalq hayot yo‘lini alla, ya’ni beshik qo‘shiqlarisiz tasavvur qila olmaymiz. Izlanishlarimiz natijasida shuni guvohi bo‘ldikki, rivoyatlardan ma’lum bo‘lishicha alla qo‘shiqlari qadimda, Odam Ato va Momo Havo davrida paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan har bir davrning o‘ziga xos jihatlari bilan uyg‘unlashgan holda mukammalashib, yaxlit bir janr sifatida shakllangan. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 461.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling