Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: gidrotexnik beton haqida ma’lumot. Ishning maqsadi


Download 30.02 Kb.
bet1/8
Sana10.10.2023
Hajmi30.02 Kb.
#1697060
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu gidrotexnik beton haqida ma’lumot. I-fayllar.org


Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: gidrotexnik beton haqida ma’lumot. Ishning maqsadi

Amaliy mashg‘ulot №8
Mavzu: GIDROTEXNIK BETON HAQIDA MA’LUMOT.
Ishning maqsadi: Gidrotexnik betonga qo'yiladigan talablarni mukammal o`rganish

Ishning bajarilish tartibi:
1. Gidrotexnik betonlarga ishlatilish sohasiga qarab qo’yiladigan ta’lablarni o’rganish.
2. Tashqi muhit ta’siriga gidrotexnik betonlar bardoshliligini o’rganish.
3. Bajarilgan ishlar bo’yicha o’qituvchiga hisobot bering.

Ishni o`rganish uchun ma’lumotlar: Boshqa betonlardan farqli gidrotexnik beton doimiy yoki vaqti-vaqtida suv bilan yuvilib turishidan, bosim ostidagi suvning ta'sirida uzoq muddatlarda, qishin-yozin ishlashi kerakligidan hamda katta, massiv inshootlar qurilishida qo'llanilganligidan alohida talablarga javob berishi taqozo qilinadi. Gidrotexnik betonga qo'yiladigan talablar konstruksiyaning inshootda joylashgan o'rni, massivligi, ta'sir qiladigan suv bosimi va inshootning qaysi iqlim sharoitida ishlashiga bog'liq ravishda belgilanadi. Yuqoridagilarga ko'ra betonlar quyidagicha farqlanadilar: suv osti, o'zgaruvchan sathda joylashgan, suv usti, massiv va massiv bo'lmagan, tashqi va ichki qismlar uchun.
Mustahkamlik betonning inshoot (tanasini) konstruksiyasini ekspluatatsiya qilish jarayonida paydo bo'ladigan zo'riqishlar ta'siriga qarshilik ko'rsatish qobiliyatidir. Mustahkamlik shunday ko'rsatkichki, uning o'rtacha miqdori hajm bo'yicha bir xil (bir jinslilik) bo'lishi kerak va boshqa ko'rsatkichlarga bevosita o'z ta'sirini o'tkazadi. Bir jinslilik koeffitsiyenti (K) betonning minimal (Rrain) va loyiha ko'rsatilgan mustahkamligi (Rmarka) orasidagi munosabat bilan aniqlanadi.

Beton — siqilishga, cho'zilishga qaraganda kuchliroq qarshilik ko'rsatadigan mo'rt material. Betonni, asosan, siqilishga ishlaydigan konstruksiyalarda qo'llash maqsadga muvofiq. Shuning uchun siqilishga mustahkamligi betonning asosiy xarakteristikasi bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga cho'zilishga ishlaydigan temir-beton konstruksiyalarda betonga cho'zilishga mustahkamlik ham talab qilinadi.

Beton yordamida tiklanadigan, maxsus sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadigan konstruksiyalardan, gidrotexnik va meliorativ inshootlardan mustahkamlik, sovuqqa chidamlilik, suv o'tkazmaslik, suvga va kimyoviy agressiv muhit va haroratga chidamlilik, yedirilishga mustahkamlik talab qilinadi.

Quyida gidrotexnik betonga qo'yiladigan talablarning bajarilishini ta'minlaydigan asosiy fizik-mexanik xossalari va ularning yaxshilanuviga ta'sir ko'rsatadigan omillarga e'tibor qaratiladi:




Download 30.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling