Andijon-2023 Tavakkalchilik darajasiga ta’sir e’tuvchi ichki va tashqi xavf omillari. Reja


Download 323.77 Kb.
bet1/20
Sana04.02.2023
Hajmi323.77 Kb.
#1161518
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Tavakkalchilikni boshqarish Kurs ishi Akbarjonov Mirzabaxrom



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA MENEJMENT” KAFEDRASI

“TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISH” FANIDAN



KURS ISHI


MAVZU: Tavakkalchilik darajasiga ta’sir e’tuvchi ichki va tashqi xavf omillari.


BAJARDI: III kurs K-10-20 guruh "Menejment" yo'nalishi talabasi Akbarjonov Mirzabaxrom
QABUL QILDI:_______________________
TEKSHIRDI:_______________________
TEKSHIRILGAN SANA:________________________
BAHO: _________________________________
ANDIJON-2023
Tavakkalchilik darajasiga ta’sir e’tuvchi ichki va tashqi xavf omillari.
Reja:
I.KIRISH
II. Asosiy qism

  1. Tashkilotning tashqi muhitining xususiyatlari va tuzilishi, xavflarning kelib chiqish sabablari.

  2. Tavakkalchilik darajasiga ta’sir e’tuvchi ichki va tashqi xavf omillari.

  3. “UzTongHong KO” q/k si misolida tavakkalchilik darajasiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi xavf omillari.

III. Xulosa va takliflar.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
So’ngi yillarda korxonalar faoliyati va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borishi bilan xo‘jalik yuritishning asosini tashqil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi.
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o‘z mol-mulkini tavakkkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatimiz va xorijda to‘plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan insonlarning hayoti umid va tushkunlik, tinimsiz mehnat va xavotirlarga to‘la bo‘ladi.
Tadbirkor tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan ishga tayyor bo‘lgan odamlar qatoriga kiradi. U tavakkalchiligi o‘ta yuqori bo‘lgan loyihalarni yechishi va hal qilishi mumkin yoki tavakkalchilikning darajasi unchalik kuchli bo‘lmagan biznes bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tavakkalchilik asosidagi faoliyat – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo‘lish (to‘liq yoki qisman) xavfini o‘z bo‘yniga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashkilot ochiq tizim sifatida tashqi muhit yoki tashkilotning tashqi parametrlariga ega va resurslar, energiya, xodimlar, iste’molchilarni etkazib berishga nisbatan tashqi dunyoga bog‘liq. Menejer, tashkilot faoliyatiga ta’sir etuvchi muhim omillarni aniqlashi, tashqi ta’sirlarga javob berish usullari va usullarini tanlashi kerak. Tashkilotlar omon qolish va samaradorligini saqlab qolish uchun atrof-muhitga moslashishlari kerak.

Download 323.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling