At "Agro banki" Tomdi filialining tashkiliy tuzilishi


Download 288.55 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1635469
  1   2   3   4   5   6   7

Mundarija
Kirish

  1. AT “Agro banki” Tomdi filialining tashkiliy tuzilishi.

  2. AT “Agro banki” Tomdi filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini o‘rganish.

  3. Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari.

  4. AT “Agrobanki” da qimmatli qog’ozlar , chet el valyutasidagi operatsiyalari hisobi.

Xulosa va takliflar
Foydalanilagan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rtasida ma’lum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yo‘nalishlariga ta’alluqlidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida.
“Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash” zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta’minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
Shuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi.
Tijorat banklarining xizmatlar turi:

Jismoniy shaxslarga

Yuridik shaxslarga

  • Pul o‘tkazmalari

  • Omonatlar

  • Bank kartalari

  • Kredit mahsulotlari

  • Konversion amaliyotlari

  • Mobil banking

  • Individual seyf va yacheykalar

  • Hisob-kitob va kassa xizmatlari

  • To‘lovlarni qabul qilish

  • Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish

  • Jamg‘arma sertifikatlari

  • Mol-mulkni ishonchli boshqarish

  • Pul o‘tkazmalari

  • Depozitlar

  • Bank kartalari

  • Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada

  • Lizing

  • Faktoring

  • Konversion amaliyotlari

  • Internet-banking

  • Individual seyf va yacheykalari

  • Hisob-kitob va kassa xizmatlari

  • Xorijiy kredit liniyalari

  • Loyihalarni moliyalashtirish

  • Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish

  • Omonat sertifikatlari

  • Mol-mulkni ishonchli boshqarish

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddat-lilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.


Ba’zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan o‘xshatish mumkinki, tijorat bank-lari ham korxonalar singari faoliyatini o‘z daromadini ko‘pay-tirishga va shu asosda birinchidan o‘z asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi.
1.AT “Agrobanki” tomdi filialining tashkiliy tuzilishi va korporativ boshkaruv asoslari
Hukumatning doimiy ravishda qo’llab-quvvatlashi tufayli Agrobankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Agro banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado yetib kelmoqda. Bank o’z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o’z mavqyei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarini safarbar yetmoqda.
Bugungi kunda Agrobanki O’zbekiston bank tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agro banki jamoasi doimiy ravishda o’z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo’yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozisiyaga yerishishga, investision jozibadorlikni ta’minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizasiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko’rsatkichlar bo’yicha peshqadam pozisiyani yegallashga xizmat qilmoqda.

Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling