Baliq kasalliklarining muammolari. Reja


Download 22.6 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1635516
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baliq kasalliklarining muammolari.


Baliq kasalliklarining muammolari.
Reja:

  1. Baliq kasalliklarining muammolari va parazit tushunchasi.

  2. Parazitlarning baliqlar organizmiga joylashishi.

  3. Parazitning uni oʻrab turgan atrof muhit bilan aloqasi.

  4. Parazitlarning rivojlanish sikllari.

  5. Parazitlarning xoʻjayin organizmiga taʼsiri.

  6. Kasallikka tashxis qoʻyish jarayoni tartibi.

  7. Immunitet.


1. Baliq kasalliklarining muammolari. Baliq kasalliklarining muammolari bir nechta. Buning uchun dastlab kasaliknikeltirib chiqaruvchi sabablarni bilish kerak. Kasallikni qoʻzgʻatuvchi parazit organizmlar xususiyatlarini bilish talab etiladi.
Parazit” tushunchasi. «Parazit» atamasi zamonaviy ilmiy adabiyotlarda hozirgi kunga qadar aniq izohlanishga ega emas. Bu xususda barcha tadqiqotchilar turli xilda fikr bildirishgan.
V.A.Dogel (1962) tomonidan “parazit” tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: “Parazitlar – bu ushbu koʻrinishdagi organizmlar hisoblanadiki, bunda ular yashash muhiti sifatida va shuningdek ozuqa sifatida boshqa turdagi organizmlardan foydalanishadi, parazitlar oʻz yashash muhiti bilan munosabatlarini idora qilish maqsadlarida oʻz xoʻjayinlariga qisman yoki butunlay bogʻliq holatda boʻlishi kuzatiladi”.
Parazitlarning yashash muhiti odatda tirik organizmlar hisoblanadi. Bu yashash muhitining oʻziga xos xususiyati xoʻjayin organizm yashovchi tashqi muhitdan keskin farq qilib, shu sababli parazitologiya fani alohida soha sifatida ajratib oʻrganiladi.
Baliqlar parazitlari juda xilma – xil hisoblanadi. Ulardan eng yirigi – bu tasmasimon chuvalchanglar (Ligula) hisoblanib, uning uzunligi bir necha metrga yetishi qayd qilingan. Ayrim parazit turlari kasallik qoʻzgʻatuvchilari sifatida oʻlchamlari juda kichik boʻlib (filtrlanuvchi viruslar), biologik mikroskop yordamidagina ularni kuzatish imkoniyati mavjud.

Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling