Baqa yuragi misolida harorat koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini shtraube usulida hisoblab topish


Download 228.12 Kb.
bet1/6
Sana25.10.2023
Hajmi228.12 Kb.
#1720303
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-Haroratning biologik jarayonlar kinetikasiga taʻsiri. Baqa yuragining harorat koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini aniqlash.


6-LABORATORIYA ISHI
BAQA YURAGI MISOLIDA HARORAT KOEFFITSIYENTI VA AKTIVLANISH ENERGIYASINI SHTRAUBE USULIDA HISOBLAB TOPISH


Biologik jarayonlar kinetikasi
Hayotiy jarayonlarning boshqarilishida hujayra va to`qima kechadigan biokimyoviy o`zgarishlar tezliklari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ma`lumki, kimyoviy kinetika-reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyalari, pH, bosim, harorat va katalizatorlar singari tashqi omillarning kimyoviy o`zgarishlar tezliklariga tasirini o`rganadi, biologik jarayonlar kinetikasi esa biologik jarayonlar asosida yotuvchi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan substratlar konsentratsiyalari, fermentlar va ularning aktivator va ingibitorlari, muhit pH darajasi, harorat singari omillarning biokimyoviy reaksiyalar tezliklari orqali biologik jarayonlar tezliklariga ta`sirining qonun-qoidalarini o`rganadi.


Biologik jarayonlar kinetikasiga haroratning ta`siri
Kimyoviy reaksiyalar kelib chiqishining asosiy shartlaridan biri bo`lmish reaksiyaga kirishuvchi moddalar molekulalarining bevosita to`qnashuvi haqidagi qoida inobatga olinsa, kimyoviy hamda biologik jarayonlar tezliklarining haroratga bog`liqligi o`z-o`zidan ravshan bo`lib qoladi.
Harorat oshgan sari molekulalarning harakatlanishtezligi orta boradi, demak, ularning o`zaro to`qnashuv ehtimolligi ham osha boradi. Hisoblash natijalariga ko`ra, agarda reaksiyaga kirishuvchi, molekulalarning hamma to`qnashuvlari ham reaksiyaga olib kelganda, reaksiya tezligi amaldagi tezlikdan 102-106 barobar katta bo`lgan bo`lar edi. Shu sababli kimyoviy kinetikada, to`qnashuvlarning faqat ayrimlarigina reaksiyaga olib keladi, degan fikr paydo bo`ldi. Reaksiyaning amalga oshishi uchun to`qnashuvchi molekulalar ma`lum bir E0-miqdordagi aktivlanish energiyasi deb ataladigan, oshiqcha energiyadan kam bo`lmagan energiyaga ega bo`lishlari shart. Oshiqcha energiyaga ega bo`lgan molekulalarning, ya`ni reaksiyaga kirisha olish qobiliyatiga ega bo`lgan "aktiv molekulalarning" nisbiy soni haroratning oshishi bilan ortadi, natijada kimyoviy reaksiya tezlashadi.
Kinetik nazariyaga binoan, molekulalarning kinetik energiyasi faqat mutlaq haroratga bog`liq bo`lib, harorat 10°C ga oshganda, reaksiya tezligining necha marta ortishini ko`rsatuvchi kattalik-Vant Goff harorat koeffitsienti deb atalib, Q10- bilan belgilanadi. Shunday qilib, reaksiyaning harorat koeffitsienti, o`z mohiyatiga ko`ra, berilgan reaksiyaning o`zaro 10°C ga farqlanadigai ikki xil haroratdagi tezlikligining nisbatidan boshqa narsa emas, ya`ni

Download 228.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling