Birikmalar. 2-mavzu. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 470.86 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi470.86 Kb.
#1590965
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi.


BIRIKMALAR.
2-MAVZU. REZBALI BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.

I. Mа`ruzа rеjаsi:


  1. Turlari, kamchi­lik va afzal­liklari, qo’llanilishi.

2. Vintli juft nazariyasi, o’z-o’zidan tormozlanish, foydali ish koeffisienti.
3. Rezbani mustahkamlikka hisoblash.
4. Faqat cho’zuvchi kuch ta’sir etadigan vint sterjenni mustahkamligi.
5. Sirib tortilgan bolt mustahkamligi.

II. Tayanch so’z va iboralar:


Birikma, vint chizig’i, rezba profili, uchburchak, to’g’ri to’rtburchak, trapesiya va doiraviy profil, chapaqay, o’naqay rezba, kirimlar, metrik rezba, dyuymiy rezba, bolt, vint, shpilka, gayka, shayba,

III. Mаqsаd:


Rezbali birikmalar turlari bilan tanishish va rezbali birikmalarni mustahkamlikka hisoblashni o’rganish.
Mashina yoki mexanizmlarni tayyorlash jarayonida ularning ayrim detallari o’zaro birikmalar vositasida biriktiriladi. Natijada ajraladigan yoki ajralmaydigan birikmalar hosil bo’ladi.
Uzel yoki mashinani ayrim bo’laklarga ajratish uchun ularni biriktirib turgan birikma sindirilsa, bunday birikmalar ajralmaydigan, agarda birikmalarni sindirish shart bo’lmay ularni tarkibiy qismlarga oson ajratilsa, birikmalar ajraladigan birikmalar deb ataladi.
Ajralmaydigan birikmalarga payvand, parchin mixli, yelimli va tig’izlik asosidagi birikmalar misol bo’la oladi.
Ajraladigan birikmalar jumlasiga esa rezbali, shponkali, shlisli, rasmdor, ponali va boshqa turdagi birikmalar kiradi.
Birikmalarni loyihalash o’ta ma’suliyatli masalalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab, mashinalarda yuz beradigan sinishlar va buzilishlar aksariyat hollarda birikish joylarida yuz beradi.


Rezbali biriкmalar turlari, kamchi­lik va afzal­liklari, qo’llanilishi.
Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni rezba bilan ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi shaybalar vositasida hosil qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi rezbadir.
Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapesiya, to’g’ri to’rtburchak va shunga o’xshash yassi rasmli vint chizig’i bo’ylab har doim vintning o’qidan o’tadigan holatda siljitsak, bu rasm rasmga mos rezbani tashkil qiladi (2.1-rasm).

2.1-rasm.

Vint chizig’ining tarkib topishi 2.2-rasmda keltirilgan.



2.2-rasm. Vint chizig’ining tarkib topishi va rezbaning ko’tarilish burchagiga oid tarh.
Vint chizig’ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash, mahkamlash-jipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llaniladi va ular uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir. O’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno.
Mahkamlash-jipslashtirish rezbalari germetiklik talab etiladigan birikmalarda qo’llanadi. Odatda barcha mahkamlash rezbali detallar bir kirimli tarzda bo’lishi tavsiya etiladi,
Harakatni uzatish rezbalari vintli uzatmalarda ishlatiladi va kichik ishqalanish bilan tavsiflanuvchi trapesiyaviy (ba’zan esa to’g’riburchakli) profilga egadir.
Rezbali birikmalarning afzalliklari: yuqori yuklanish qobiliyati va ishonchliligi; turli ish sharoitlari uchun rezbali detallar xillarining ko’pligi; yig’ish va ajratishning qulayligi; tannarxining nisbatan pastligi; hamma o’lchamlarining standartlashtirilganligi va tayyorlash jarayonlarining yuqori unumdorligi.
Rezbali birikmalarning kamchiliklari: rezbali birikmalarning asosiy kamchiligi rezbali detallarning yuzalarida katta miqdordagi kuchlanishlar jamlanishi o’choqlarining mavjudligi tufayli o’zgaruvchan kuchlanishlarga chidamliligining yetarli emasligi va maxsus turdagi rezbali detallarni tayyorlash texnologik jarayonining bir muncha murakkabligidir.

Download 470.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling