Bob. Germaniya-avstriya-vengriya ittifoqi tomonidan urushning kirishi


Download 90.12 Kb.
bet1/16
Sana15.06.2023
Hajmi90.12 Kb.
#1482783
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Avstriya Vengriya Birinchi jahon urushi yillarida

M U N D A R I J A :


Kirish …………………………………………………………………………..



  1. BOB.GERMANIYA-AVSTRIYA-VENGRIYA ITTIFOQI TOMONIDAN URUSHNING KIRISHI …………………………………….

1.1.Urush davomida aholiga qo‘shimcha soliqlar va majburiyatlar…………….
1.2.Avstriya-Vengriya, Rossiya va Germaniyani manipulyatsiya qilishga urinib, agressiv harakati…………………………………………………………

1.3.1914 yil Janubi-g'arbiy frontdagi harbiy harakatlar va Avstriya-Vengriyaga qo'shimcha bo'linmalari………………………………………………………….

2.BOB.ROSSIYA IMPERIYASI UCHUN BIRINCHI JAHON URUSHINING TUGASHI……………………………………………………..

2.1. Urush qahramonlari va ularning jasoratlari…………………………………


2.2.Avstriya-Vengriya imperiyalari o‘rtasidagi ittifoqi………………………….
Xulosa …………………………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………

KIRISH
Dunyoning qaysidir burchagida har kuni qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgan va hozir ham bo‘lmoqda. Ammo odamzod duch kelgan ilk dahshatli jang 1914 yilda boshlanib 1918 yilning 11 noyabr kuni yakuniga yetgan. Tarixga “Birinchi jahon urushi” nomi bilan kirgan bu qonli to‘qnashuvlardan yetgan zarar ko‘lami avvalgilaridan ancha kuchliroq edi. Urushda o‘sha vaqtda mavjuda 59 ta mustaqil davlatdan 38 tasi ishtirok etgan. Bu davlatlarda dunyo aholisining uchdan ikki qismi istiqomat qilardi. 74 millionga yaqin aholi jang maydonlariga safarbar etilgan, 10 million kishi o‘ldirilgan, 20 millioni esa jarohatlangan. 
Rasmiy ma’lumotlarda 1914 yil 28 iyun kuni serbiyalik millatchi tomonidan Avstriya-Vengriya valiahd shahzodasi Frans Ferdinandning o‘ldirilishi urush sababi sifatida keltirilsa-da, aslida rivojlangan davlatlar uchun bu bir bahona edi.
O‘sha vaqtga kelib dunyoning qoloq davlatlari bo‘lib olingan, iqtisod va harbiy jihatdan urushga tayyor Germaniya esa koloniyalarsiz qolgan yagona kuchli davlat edi. U “Quyosh barchaning yelkasiga birdek nur sochishini” talab qila boshlagandi. Valiahdning o‘ldirilishidan so‘ng, Germaniya bosimi ostida Avstriya-Vengriya Serbiyaga nisbatan kurakda turmas ultimatum qo‘yadi. Unga ko‘ra, Serbiya hukumati qotilni topshirishi va Avstriya-Vengriya qo‘shinlarini o‘z hududiga kirishga ruhsat berishi kerak edi1
Tabiiyki, shartlar bajarilmagach, 28 iyul kuni rasman urush boshlandi. Avstriya-Vengriyaning urush boshlashini poylab turgan Germaniya 1 avgust kuni Rossiyaga, 3 avgustda esa Fransiyaga qarshi urush e’lon qildi. Bu orada nemis qo‘shinlarini o‘z hududiga kiritishdan bosh torgan Belgiya ham urushga qo‘shilishga majbur bo‘ldi. 4 avgust Buyuk Britaniya o‘z dominionlari bilan Germaniyaga, 6 avgustda Avstriya-Vengriya Rossiyaga qarshi urush e’lon qildi. Shu tariqa 4 yil davom etgan Birinchi jahon urushi boshlandi. 
Ittifoq tuzishning asosiy tashabbuskorlaridan biri Germaniya edi. U Avstriya-Vengriyani Serbiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlash orqali Fransiya va Rossiyani kuchsizlantirishda o‘ziga sherik tanlagandi. Qolaversa, Yevropada o‘z so‘ziga ega davlat bo‘lish uchun Germaniya Afrikadagi koloniyalarga ko‘z tikayotgandi.
Germaniyaning bu urushdagi yana bir ittifoqchisi o‘sha vaqtlarda Rossiya nazoratida bo‘lgan turkiy xalqlar yashaydigan hududlarga ko‘z tikib turgan Usmonli turklar imperiyasi bo‘ldi. Natijada Uchlar ittifoqi shakllandi.
Yevropaning an’anaviy hukmron davlatlari Germaniyaga urush ochishi ortidan Antanta ittifoqi uchun zamin yaraldi. 1870-1871 yillarda bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushidagi mag‘lubiyat fransuzlar uchun sharmandali holat edi. Elzas va Lotaringiyaning qo‘ldan ketishi esa, o‘ch olishga bo‘lgan istakni yanada kuchaytirdi. Bu vaqtga kelib o‘zini slavyan xalqlari homiysi sifatida ko‘radigan Rossiya Serbiyani qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan. Rossiya bu harakati bilan Bolqonda tobora kuchayib borayotgan Avstriya-Vengriyani nazoratda ushlab turishni rejalashtirgan edi. Buyuk Britaniya esa, Yevropada Germaniya hal qiluvchi so‘zni ayta oladigan davlat bo‘lishini istamasdi. Maqsadlar mushtarakligi ostida Rossiya, Fransiya va Britaniya Antanta ittifoqini tuzdi. Boshida Uchlar ittifoqi tarkibida bo‘lgan Italiya o‘zining siyosiy manfaatlari tufayli 1915 yilga kelib Antanta tarafdan urushga kirdi.


  1. Download 90.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling