Bugungi kunda globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari bilan birga salbiy xususiyatlarini ham namoyon bo’lmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda
Download 26.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqAVESTO
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi yotadi.
AVESTO Bugungi kunda globallashuv jarayonining ijobiy xususiyatlari bilan birga salbiy xususiyatlarini ham namoyon bo’lmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda. Bu o’z navbatida insoniyat oldiga tarbiya masalasida kechiktirib bo’lmas vazifalarni qo’ymoqda. O’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning asosiy bo’g’ini, tayanchi hisoblangan oila va nikoh masalasiga ma’suliyatli bo’lishini ta’minlash, milliy tarbiya asoslarida tarbiyalash muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Qadimda ota-bobolarimizning oila va nikohga bo’lgan munosabatlni o’rganishda xalqimizning asosiy e’tiqod shakli bo’lib kelgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoga murojat qilamiz. Sababi Markaziy Osiyo tarixi, o’tmishi, madaniyati, pedagogikasini o’rganishda eng qadimiy manba Avesto hisoblanadi1. Buyuk mutafakkirlar tarixni o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’prik sifatida ta’riflashgani bejiz emas. Sababi insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz bugungi kunimizga shukronalik, ertangi kunimizga esa ishonch tuyg’ulari paydo bo’ladi. Zero ota-bobolarimiz bosib bosib o’tgan mashaqqatli hayot tarzi, shonli tariximiz bizga ulkan ibrat maktabi vazifasini o’taydi. Markaziy Osiyo dunyo tamadduniga katta hissa qo’shgan olimu fozillar, qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar maskanidir. Ajdodlarimizning ilm-fanga, insoniyat tamadduniga qo’shgan hissasi har birimizni ularga munosib avlod bo’lishga undashi shubhasiz. Shu o’rinda ming yillar davomida xalqimizning asosiy e’tiqod shakli hisoblangan zardushtiylik dini muqaddas manbasi “Avesto” bizga ko’hna tariximining sir-sinoatini ochib beruvchi qimmatli manbadir. Ushbu mavzuni tadqiq qilishdan maqsad ming yillar davomida o’z ahamiyatini yo’qotmagan xalq pedagogikasi, oila va nikoh munosabatlarini o’rganish va bugungi kunda uning ahamiyatini tahlil qilishdan iborat. Zardushtiylik dini muqaddas manbasi Avesto tarixiy, diniy, falsafiy jixatdan ko’plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan chuqur o’rganilgan. Bizga ma’lumki zardushtiylikning kelib chiqishi borasida ayrim tarixchilar Eron, Ozarbayjon hududlarini, ayrim tadqiqotchilar esa Markaziy Osiyo hududlarini e’tirof qilishadi. Abu Rayhon Beruniy o’z asarida Zardushning vatani haqida haqida bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi va “Rumliklar da’vosicha Zardusht Muvsuldan bo’lgan Kishilarning ongidagi, ularning ma’naviyatida yuz beradigan o’zgarishlar birdaniga sodir bo’lmaydi. Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o’ziga xosligi – qayta tiklanayotganligi, - deb yozadi I.A.Karimov, - jamiyatimizni yangilash va taraqqiy yettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda – hal qiluvchi ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”3. Bu vazifaga erishish esa xalqning ijodiy yaratuvchanlik mehnatiga oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor berish zarur. Oilaviy tarbiya asosida esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalash muammosi yotadi. Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan mepros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir. “Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi” Download 26.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling