Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari va asbob-uskunalar mundarija kirish I bob daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash


Download 0.96 Mb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1511773
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
daryoda suvning oqish tezligini RYTIUIOYTREYTRYYTYUIUIUIYIo



Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari va asbob-uskunalar

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB DARYODA SUVNING OQISH TEZLIGINI O‘LCHASH………….4
1.1.Daryo o‘zanida tezlikning taqsimlanishi………………………………………4
1.1.Qalqimalar yordamida tezlikni aniqlash ………………………………………6
II BOB DARYODA SUVNING OQISH TEZLIGINI ANIQLOVCHI ASBOB VA USKUNALAR……………………………………………………………….12
2.1.Daryoda suvning oqish tezligini o‘lchash usullari …………………………...12
2.2.Suvning oqish tezligini hisoblash usullari ……………………………………16
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………..

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, mamlakatimizda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasida tub o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqorida qayd etilgan rasmiy me’yoriy hujjatlarning mantiqiy davomidir. Ularda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining klassifikatori yangilandi. Uning asosida esa har bir yo‘nalish va mutaxassisliklar uchun takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va namunaviy fan dasturlari ishlab chiqildi. Bu jarayonlarning barchasi gidrometeorologiya va gidrologiya ta’lim yo‘nalishlari va ular negizida tayyorlanadigan magistratura mutaxassisliklariga ham tegishlidir.
Kurs ishining maqsad va vazifalari Gidrometriya fanini o‘qitishdan asosiy maqsad, bo‘lajak bakalavrlarda daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlarida gidrologik kuzatish tarmoqlarini tashkil etish, ularda suv rejimi elementlarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini qayd etib borish, to‘plangan gidrometrik ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish hamda davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir. Ayni paytda, talabalar ushbu fanni o‘rganish natijasida suv o‘lchash ishlarida qo‘llaniladigan zamonaviy qurilmalar, asbob-uskunalar bilan ishlay olish, suv o‘lchash va kuzatish ishlarida foydalaniladigan usullar va uslublarni amaliyotda qo‘llay olish tajribalari, ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishlari lozim.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling