Davlat bojxona xizmati to‘G‘risida


Download 63.8 Kb.
bet1/25
Sana16.06.2023
Hajmi63.8 Kb.
#1497670
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
O‘RQ-502-сон 18.10.2018 (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

“DAVLAT BOJXONA XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6- sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 27-sentabrda ma’qullangan

  1. modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

  2. modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

  3. modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

  1. modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2018-yil 18-oktabr, O‘RQ-502-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida


(yangi tahriri)

1-bob. Umumiy qoidalar


  1. modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (bundan buyon matnda bojxona organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 63.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling