Dunyo tillari va o`zbek tili


Download 96 Kb.
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi96 Kb.
#1378166
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287589836457258297


DUNYO TILLARI VA O`ZBEK TILI
Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo‘lmagan tillar qarindosh bo‘lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda yer yuzida mavjud bo‘lgan 7000 ga yaqin til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo‘linadi. Masalan, o‘zbek, turk, turkman, qirg‘iz, qozoq, tatar, uyg‘ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir oilaga mansub bo‘lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi qarindosh tillar ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.


QO`SHMA GAP SINTAKSISI
Sodda va qo‘shma gaplar
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan, ohang tugalligiga ega bo‘lgan butunlik qo‘shma gap sanaladi: Jaloliddin Manguberdi mo`g`ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G`arbda dong taratdisodda gap; Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi ‒ qo`shma gap.
Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimning nechtaligi gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. Masalan: Men o‘quvchiman – sodda gap; Olim bo‘lsang, olam seniki – qo‘shma gap.


Qo‘shma gap qismlari va ularni bog‘lovchi vositalar
Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Qo‘shma gap qismlari quyidagi bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi:
1. Bog‘lovchilar: a) teng bog‘lovchilar (va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo, dam..., dam, na…, na); b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar (chunki, negaki, toki, agar, basharti, mabodo).
2. Bog‘lovchi vazifasidagi vositalar: a) bo‘lsa, esa, deb; b) -u (-yu), -da, -ki yuklamalari; d) nisbiy so‘zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu sababli, shu bois singari ko‘makchili qurilmalar; f) shart mayli qo‘shimchasi (-sa).
3. Ohang.

Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling