Ergasheva diloromning
Download 335.38 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek nutqining oziga xos xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib so‘zlasa, so‘z bilig sanalur
- Norma (me’yor)
- Normativlik
- Fonetik norma
- Talaffuz norma
- Imloviy norma.
- Lug‘aviy norma
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI Filologiya fakul`tеti Tilshunoslik kafedrasi IV kurs “A” guruh talabasi ERGASHEVA DILOROMNING O`ZBEK NUTQINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI MAVZUSIDAGI
Ilmiy rahbar:
Z.QODIROV
Andijon-2015 Mavzu: O`ZBEK NUTQINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
R E J A I. Kirish. O„zbek adabiy tili - o„zbek nutqi madaniyatining asosi II. Asosiy qism.
1. Adabiy til me‟yorlari. 2. Til va nutq va uning me‟yorlari. 3. Nutq turlari 4. Nutqni shakllantiruvchi birliklar
III. Xulosa
Kishining so„zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi. («Nazm ul-javohir», 25-bet). Nutq madaniyati va bu haqdagi tushuncha, ya‟ni so„zlovchilarda yaxshi, o„rinli, ta‟sirchan, umuman maqsadga muvofiq gapirishga intilish tushunchasi o„z mohiyatiga ko„ra ko„hna tarixga ega. Qadimiy davr kishilarida ham kundalik nutqiy an‟analariga rioya qilgan holda gapirishga harakat qilish o„z nutqdoshlaridan boshqacharoq, ya‟ni ta‟sirli va yaxshiroqso„zlashga intilishodati bo„lgani shubhasiz. Bunday nutqiy axloqiy me‟yorlar keyinchalik avloddan- avlodga o„tib, har bir davrda ma‟lum prinsiplar asosida o„zgarib, rivojlanib borganva nutqmadaniyatining umumahloqiy talablari darajasiga ko„tarilgan. Demak, tildan foydalanishga o„z fikrini to„liqroq, aniqroq va hatto ifodali hamda ta‟sirchan qilib ifodalashga intilish tushunchasi qadimiy va eski tasavvurdir. Qadimiy tarixga ega bo„lgan yaxshi gapirishga intilish tasavvurini ikki davrga bo„lish mumkin: a) adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati; b) adabiy til paydo bo„lgandan keyingi davr madaniyati.
Adabiy til paydo bo„lgunga qadar nutq madaniyati ma‟lum, konkret lingvistik talablar bilan aloqador bo„lganmi, yo„qmi biz uchun qorong„udir. Bu maxsus tekshirishni talab qiluvchi masaladir, lekin bu davr nutq madaniyati tushunchasining stixiyali ravishda bo„lsa-da, bir qator axloqiy normalar, nutqiy qoidalar, estetik talablar bilan aloqadorligi shubhasizdir.
Demak, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Jamoat oldida so„zga chiqib, unga biror narsani tushuntirish yoki isbotlab berish zaruriyati qadim-qadim zamonlardan beri odamlarni dilkashlikka, so„zamollikka rag„batlantirib kelgan. Notiqlik san‟atining keng rivoj topishi uchun, avvalo, jamiyatda ma‟lum ijtimoiy sharoitlarning mavjud bo„lmog„i darkor. Shunday sharoitda eng muhimi so„z erkinligidir. Qadimgi Yunonistonda demokratiya tuzumi o„rnatilishi tufayli, xalq majlislarida, kengashlarda, sud yig„inlarida erkin ravishda so„zlash imkoniyati tug„iladi. Xalq majlisiga to„plangan fuqaro oldida va‟zxonlik qilgan davlat arboblarining g„alaba yoki mag„lubiyatlari hammadan burun ularning so„zga qanchalik chechanliklari bilan belgilangan.
Sharqda nutq madaniyatining shakllanishi qadim zamonlarda XX asrning boshlarigacha notiqlik san‟ati voizlik deb yuritilgan. Shunga ko„ra nutq va‟z, notiq esa voiz deb atalgan. O„tmishda ham notiqlik san‟ati vakillari hukmron sinfning manfaatini himoya qilgan.
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri «Qobusnoma» da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibrotomuz gaplar aytilgan bo„lib, ular hozir ma‟lum darajada ahamiyatini yo„qotmagan. «Qobusnoma»da Kaykavus tomonidan 1082-1083 yillarda yaratilgan bo„lib, 44 bobdan iborat. Uning 6-7- boblari so„z odobi haqidadir. 1 Asar muallifining farzandiga qilgan nasixatlari sifatida yozilgan. Kaykovus notiq so„zining ma‟nolarini har tomonlama o„rgangan bo„lishi kerak, deb hisoblaydi. So„zning qadri undan foydalanish, kam so„zlab ko„p ma‟no anglatish, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida X11-X111 asr mutafakirlari Yusuf xos Hojib
1 Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent, 2008 Axmad Yugnakiyning ham ibratli fikr bildirganlar. Yusuf xos Hojib o„zining mashhur asari «Qutadg„u bilig»da so„zlarni to„g„ri tanlash va qo„llash haqida «Bilib so‘zlasa, so‘z bilig sanalur»,-deydi. Noto„g„ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib, yurmagin deb so„zlovchini ogohlantiradi.(«Hibbat-ul haqoyik»,1971 yil nashri,78-bet).
Alisher Navoiy o„z asarlarida notiqlik san‟ati vakillarini alohida tilga olib o„tadi. Shoir umrining oxirida yozgan falsafiy asari bo„lgan «Mahbub-ul qulub» da butun bir 24-bobni «Nasihat ahli va voizlar zikri»ga bag„ishlaydi.
Normativlik (me‟yor) xususiyati adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir. Normativlik adabiy tilning ko„p vazifalilik , umumxulqiylik, umummajburiylik xususiyatlari mana shu belgisiz amalga oshmaydi. Chinakam ma‟noda normativlikka erishgan, adabiy normalari mana shu asosda shakllangan tilgina o„zining umumiylik doirasidagi kommunikativ vazifalarni to„liq amalga oshira oladi. Shu tufayli ham milliy adabiy tilda - uning og„zaki va yozma shaklida – norma (me‟yor) tushunchasi belgilovchi xususiyat hisoblanadi.
ma‟noda tushuniladi: birinchidan, tildagi umum tomonidan qabul qilingan va mustahkamlangan, ikkinchidan, norma
deb grammatikalarda, lug„atlarda, qo„llanmalarda tavsiya qilingan yetakchi yozuvchi va shoirlar asarlaridan keltirilgan nufuzli faktlar bilan isbot qilingan va mustahkamlangan qoida tushuniladi.
shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo„lgan tovushlar, so„zlar, so„z birikmalari, turli qo„shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida
ma‟lum qonun-qoidalarga, aytaylik, kelishilgan, ko„pchilik tomonidan ma‟qullangan, norma deb tan olingan ko„rsatmalarga bo„ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun-qoidalarning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi.
Demak, adabiy til muayyan konkret normativ vositalar, imkoniyatlar, ularni qo„llash bilan bog„liq qonun-qoidalar ko„rsatmalar yig„indisidan iboratdir. O„zbek adabiy til normalari ilmiy asarlarda tubandagicha tasnif etiladi: 1.
Leksik-semantik normalar (so„z qo„llash). 2.
Talaffuz (orfoepik) normalar. 3.
Aksentologik (so„z va formalarda urg„uning to„g„riligi). 4.
Fonetik normalar. 5.
Grammatik (morfologik va sintaktik) normalar. 6.
So„z yasalish normalari. 7.
Imloviy normalar. 8.
Lug„aviy norma. 9.
Yozuv (grafik) normalar. 10. Punktatsion normalar. 11. Uslubiy normalar.
ta undosh tovushning qo„llanishi norma hisoblanadi. Og„zaki nutqda unlilarning variantlari mavjud. Masalan, o„roq so„zi bilan o„rdak so„zini solishtirsak, adabiy tilda bir unli deb qabul qilingan o„ unlisining ikki xil talaffuz qilinishini ajratishimiz mumkin.
bo„lgani kabi, nutqda ham imloviy hamda talaffuz normalari mavjuddir. Talaffuz normalari til birliklarining og„zaki nutq jarayonida adabiy til normasiga muvofiq kelishidir. Masalan, g„isht, go„sht kabi so„zlarni talaffuz qilganimizda oxirgi undosh tushib qoladi.
Imloviy norma. Imloviy norma, ya‟ni yozuv normasi adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy mezondir. Imloviy norma talaffuz normasidan farqli o„laroq stixiyali ravishda shakllanmasdan til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yuzaga keltiriladi va uning amal qilinishi maxsus imlo qoidalari orqali yo„lga qo„yiladi. Ma‟lum norma sifatida tavsiya etilgan til unsurlaridan foydalanish millat vakillari uchun majburiy sanaladi.
qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so„z tanlash imkoniyatlari uning leksik normasini belgilaydi. Umumxalq tilidan o„sib chiqqan adabiy til unda mavjud bo„lgan so„z variantlaridan lug„aviy norma sifatida eng ma‟qulini, hamma uchun tushunarli bo„lgan ko„rinishini tanlab oladi, qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda yashayveradi. O„zbek adabiy tilining lug„aviy normasi imlo lug„atida o„z ifodasini topgan.
Download 335.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling