Erkayeva shahnoza uralovnaning


Download 0.73 Mb.
bet1/7
Sana16.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1278931
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
geografiya fanini o’qitishda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda innovasion




QASHQADARYO VILOYATI CHIROQCHI TUMANI 3-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI
ERKAYEVA SHAHNOZA URALOVNANING
geografiya fanini o’qitishda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda innovasion
METODIK TAVSIYASI


2022-yil
Geografiya fanini o’qitishda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda INNOVASION METODIK TAVSIYA


“Geografiya xarita bilan boshlanib, xarita bilan tugaydi.” Baranskiy.
Ta’lim tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, shakl, vositaga, ya’ni innovasion metodga bog’liq. O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday innovasion metodni tanlashlari ularning o’z ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’qituvchi o’quvchilarning bilim saviyasi, sinf harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan metod tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun kompyutor bilan ishlash lozimdir, balki darslik mavzusiga oid geografik film, tarqatma material,har xil o’yinlar orqali, rangli suratlar kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq.

1.“USTUNCHALAR” o’yini: yaqin o’tgan mavzularni qayta xotirlash va mustahkamlash, chaqqonlik va tez fikrlay olish qobiliyatlarini tez o’stirish uchun ayni qo’l keluvchi o’yindir. O’quvchilar daftar varog’ini istagingizga qarab 3, 4 yoki 5 ta ustunchaga bo’lishadi. Ustunchalar boshiga mavzu nomi yoziladi. Har bir ustunchaga belgilashingizga qarab 5 tadan yoki yettidadan mavzuga oid atama yozish kerak bo’ladi. Birinchi bo’lib bo’lgan o’quvchini yozuv taxtasiga taklif qilasiz. Ular barchasini to’gri va bexato bajarishgan bo’lsa qo’shimcha baho bilan siylashingiz mumkin.



1-Mavzu “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida nimalar o’rganiladi?

2-Mavzu Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar

3-Mavzu Litosfera va Yer relyefi

1


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling