Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
GENETIKA



“Nursux Nuri”ATM Mirzayev Husniddin 
 GENETIKA
 
Genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan.
Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. 
Irsiyat---organizmning o'z belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazish xossasidir. 
Irsiyat tufayli tur doirasidagi individlar o'xshash bo'ladi. Belgilarning nasldan-naslga o'tib borishi ko'payish tufayli amalga oshadi. 
Irsiyatning moddiy asosi gendir. Gen nima? Gen — bu irsiy axborotlar birligidir.
Gen--bir molekula oqsil sintezini belgilovchi DNK molekulasining bir fragmenti yoki qismidir.
O'zgaruvchanlik organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarini yuzaga chiqarish xossasidir. O'zgaruvchanlik 
tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi, ammo bir-biri 
bilan uzviy bog'liq xossalardir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o'zgaruvchanlik uni xilma-xillikda yetaklaydi. Bir tur 
individlari o'rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslarini (genlarni) o'zgarishiga bog'liq. O'zgaruvchanlik tashqi muhit 
sharoitlari bilan ham belgilanadi. Hamma organizmlarda belgilarning rivojlanishini ta'minlaydigan genlar xromosomalarning muayyan 
lokusi(joyi)da joylashgan bo'lib, gomologik xromosomalarning o'xshash lokus (joyida) larida joylashgan genlar juftiga allel genlar deb 
ataladi. Genlar ta'sirida bir-birini istisno qiluvchi belgilarga alternativ belgilar deb ataladi. Bir juft alternativ belgilarning rivojlanishini 
ta'minlovchi genlar allel genlardir (masalan, donning sariq yoki yashil, junning hurpaygan yoki silliq bo'lishi). Organizmlarning genlar 
majmuasi genotip deb ataladi. Lekin genotip genlarning mexanik to'plami emas, aksincha, genlar o'zaro ta'sirlashadi va yonidagi 
genlarning ta'sirini kuchaytirishi yoki aksincha susaytirishi mumkin. 
Organizmning barcha belgilar (tashqi va ichki) majmuasi fenotip deb ataladi. 
Organizmning barcha genlari yeg‘indisi genotip deb ataladi 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling