Glossariy (Glossery) Analogli model
Download 21.99 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fondlar amortizatsiyasi
- Buyruq
- Bozor omillari
- Bashorat- Prognoz
Glossariy (Glossery) Analogli model – bu tadqiq etilayotgan modelning tushunarli va o‘xshash shakldagi ifodasidir. Masalan, geografik xarita, grafik. Analogli modelning boshqa misoli Asosiy fondlar – qiymat (pul) shaklida ifodalangan, xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat vositalarining yig‘indisi bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt qatnashadi va qiymatini tayyor mahsulotga asta -sekin, eskirishiga qarab o‘tkaza boradi. Asosiy fondlar amortizatsiyasi – ularni jismoniy va ma’naviy tomondan eskirishini pul shaklida ifodalashdir. Balans foyda mahsulot sotishdan foyda, boshqa sotishdan foy.da, sotishdan tashqari operatsiyalar daromad va xarajatlari summasidan iborat. Boshqaruv qarorlari keng ma’noda hamma ob’ektiv qonunlar asosida jamiyatning moddiy va ma’naviy talablarini real qondirish imkoniyatlarining kelishilgan shaklidir. Boshqaruv qarorlarini iqtisodga qo‘llasak - bu jamiyat va shaxs talablarini ta’minlash maqsadida aniq ongli dastur asosidagi harakatdir. Buyruq - rahbarning o‘z qo‘l ostidagilardan ayrim ishlab chiqarish masalalarini talab qilishidir. Boshqarish – bu tashkilot maqsadlarini aniqlash va ularga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil qilish, motivlashtirish va nazorat jarayonlari hisoblanadi. Bozor omillari -tashkilot ishi samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning tahlili firma rahbariyatiga korxona strategiyasini aniqlash va bozorda uni tashkil qilish pozitsiyalarini mustahkamlashga undaydi. Bu – demografik sharoitlarning o‘zgarishi, aholi daromadi darajasi va uni taqsimlash, tovar va xizmatlarning hayotiy tarmoqlarda raqobat darajasi, korxonaning bozorda egallagan ulushi, bozor hajmi va hokazolar. Bashorat- Prognoz - bu bashorat qilish jarayoni natijasi bo‘lib, firma va uning tashqi muhitining kelgusidagi mumkin bo‘lgan holati haqidagi fikrdir Boshqaruvchi yoki boshqaruv sub’ekti – bu bir guruh kishilar hamda boshqaruv organlaridan iborat bo‘lib, turli shakllar, usullar va texnikaviy vositalar yordamida boshqariluvchi ob’ektga ta’sir o‘tkazadi. Download 21.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling