«Himoyaga ruxsat etaman» Markaz direktori Y. Saidov


Download 433.02 Kb.
bet1/5
Sana01.11.2021
Hajmi433.02 Kb.
#169800
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog'ochlarning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI

XORAZM VILOYATI XALQ TA`LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKA-/8ZI

«Himoyaga ruxsat etaman»

Markaz direktori

_________ Y.Saidov

«___»___________2020 yil

Texnologiya fani o`qituvchilari

(Malaka oshirish yo`nalishi nomi)

_______________________Safarov Sanjar Axmedovich________________

(Tinglovchining F.I.Sh.)



Yog`ochlarga ishlov beruvchi parmalar va parmalash moslamalari tuzilishi

hamda ishlatilishini o`rgatish metodikasi

(mavzu nomi)



Mavzusidagi

BITIRUV MALAKA ISHI

Kafedra mudiri:______________Sh.Kenjayev
Ilmiy rahbar:______________S.Kazakova
Tinglovchi:________________S.Safarov

Urganch – 2020 yil

Annotatsiya.

Ushbu bitiruv malaka ishida yog‘ochning shakliy va tuzilishidagi nuqsonlar tuzilishi, yo`g`ochlarga ishlov berish texnologiyasi bo`limini o`qitish qo`llaniladigan ta`lim texnologiyalari bo`yicha ma`lumotlar, texnologiya fanini rivojlantirishdagi muammolar va ularning echimi bo’yicha takliflar, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati keltirilgan.


Mundarija.

Kirish…………………………………………………………………….4

Asosiy qism.

1.Yog‘ochdagi nuqsonlar…………………………………………………6

2.Yog‘och shaklidagi nuqsonlar………………………………………..…8

3.Yog‘och tuzilishidagi nuqsonlar………………………………………..10

4.Yog‘ochdagi begona narsalar va nuqsonlar…………………………….16

Xulosa…………………………………………………………………….19

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..20

Ilovalar…………………………………………………………………....21



Kirish.

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng iqtisodiyotning barcha sohalari kabi ta’lim sohasiga ham katta e’tibor qaratilmokda. Jumladan, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida (1997 yil, 29 avgust) so‘zlagan nutqida O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori barkamol avlod ekanligi, hayotimizni xal etuvchi muhim masalalar katoriga ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga dahldor qonun loyihalar qabul qilinishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining gullab-yashnashi uchun xalq xo‘jaligi, jumladan, qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini yangi texnologiya va texnika asosida rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Buning uchun xomashyolar va ularning manbalaridan oqilona foydalanish zarur. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va sanoatning barcha tarmoqlarida xomashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida yog‘ochning roli kundan-kunga oshib bormokda. Yog‘ochdan asosan tabiiy yoki qayta ishlangan holda foydalaniladi. Shu bilan ayrim turli-tuman buyumlarning asosi yog‘och hisoblanadi. Xalq xo‘jaligida ishlatilish hajmi va turli-tumanligi bilan yog‘och boshqa materiallarga nisbatan ko‘proq ishlatiladi. Yog‘och deganda, biz arralab yiqitilgan va ildiz hamda shox- shabbalardan tozalangan daraxt tanasini tushunamiz. Yog‘ochdan qurilishda rom, eshik, pollar qurishda keng foydalaniladi: undan shuningdek, mebel, idishlar, shpallar, sport inventari ko‘prik va kemalarning elementlari, musiqa asboblari va hokazolar yasaladi. Tabiiy va presslangan yog‘ochdan mashinasozlikda foydalaniladi; u kon sanoatida mahkamlash materiali sifatida ishlatiladi; yog‘och sellyuloza-qog‘oz sanoatida, oziq achitqilari olishda, kord (shina sanoatida), viskoza tolasi (to‘qimachilik sanoatida), furfurol (plastmassa, sintetik tolalar) ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.

Respublikamizda mavjud bo‘lgan tabiiy va sun’iy o‘rmonzorlar yog‘ochninig qimmatbaho xomashyo bazasi hisoblanadi. Shuning bilan birgalikda yog‘ochning bir qismi chetdan, masalan, Rossiyadan keltirilardi.

Yog‘ochning ko‘p ishlatilishiga sabab, uning yuqori fizika-kimyoviy xossalari, yaxshi ishlanuvchanligi, shuningdek, kimyoviy va mexanikaviy ishlov berish yo‘li bilan yog‘ochning ayrim xossalarini samarali o‘zgartirishning usullari mavjudligidir. Yog‘och oson ishlanadi va issiqlik o‘tkazuvchanligi past, etarli darajada mustahkam, zarba hamda tebranish nagruzkalariga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi, quruq sharoitda uzoq vaqt chidaydi. Yog‘och quruq sharoitda uzoq vaqt chidaydi, shu bilan birgalikda yog‘ochning kamchiliklari ham mavjud, u yonadi, chiriydi, hashorat va zamburug‘lar ta’sirida emiriladi. Gikroskopligi sababli shishadi va quriydi egiladi va yoriladi.

Yog‘ochdan buyumlar tayyorlashda yelimlar, lak, bo‘yoqlar, pardozlash plyonkalari, plasmassalar va boshqa materiallardan ham foydalaniladi. Masalan, yelimlangan yog‘och foksirindida tayyorlanadi. Yog‘ochning xossalari hisobiga olingan holda undan qishloq xo‘jaligi va sanoatning turli sohalarida foydalaniladi.

Yer yuzasidagi quruqliklarning deyarli 1/3 qismi o'rmonlar bilan qoplangan. Ularning yarmi shimoliy yarim sharda, qolgan yarmi tropik iqlimli mintaqalarda joylashgan. Hozirgi kunga kelib ormonlardan olinadigan yog'och miqdori yiliga deyarli 5 mlrd m3 ni tashkil etadi. Dunyodagi yog'och zahirasi taxminan 360 mlrd m3 ni tashkil etadi. Yog'och hayotning barcha sohalarida qo'llaniladi. Bunga uning boshqa materiallardan quyidagi afzal tomonlari sabab bo'ladi:

- neft, ko'mir, gaz, rudalarga nisbatan yog'och zahirasi hech qachon tugamaydi va har yili yangilanadi;

- nisbatan yengil va pishiq material;

- issiq-sovuqdan yaxshi himoyalaydi;

- shovqin va titrashlarni, zarbni o'ziga yutadi;

- kesuvchi asboblar bilan oson ishlanadi;

- yaxshi yelimlanadi, metall va boshqa birikmalarni o'zida yaxshi ushlaydi;

- noyob tashqi ko'rinishga ega;

- yaxshi akustik va rezonans hususiyatlarga ega;

- inson tanasi uchun zararsiz va ekologik toza mahsulot;

- oson qayta ishlanadi.

Ushbu xususiyatlari sababli yog'ochdan qurilishda ishlatiladigan detallar va konstruktsiyalar, mebel va duradgorlik buyumlari, musiqa asboblari, idishlar va qutilar, sport anjomlari olinadi va boshqa turli texnika sohalarida ham ishlatiladi.

Biroq yog'ochdan mexanik usulda olingan mahsulotlar ba'zi kamchiliklarga ega:

- xususiyatlarining o'zgaruvchanligi;

- tuzilishining bir xil emasligi, anizotropligi, tabiiy nuqsonlarning mavjudligi;

- namlik ta'sirida shishishi va quriganda kichrayichi, qiyshayishi va yorilishi;

- yonuvchanligi;

- zamburug'lar ta'sirida chirishi.

Yog'ochga kimyoviy va kimyoviy-mexanik ishlov berish orqali kamchiliklarini qisman yo'qotish orqali undan varaq va plita materiallar - qog'oz, karton, yog'och qirindili va tolali plitalar, fanera va boshqa mahsulotlar olinadi. Yog'ochga antipirenlar, antiseptiklar va boshqa qo'shimchalarni shimdirish orqali uning yonuvchanligini kamaytirish, chirishga va hasharotlarga, mexanik yedirilishga chidamli, mustahkam material olish va unga boshqa noyob xususiyatlarni berish mumkin.


Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling