Hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Download 351.74 Kb.
bet1/8
Sana02.02.2023
Hajmi351.74 Kb.
#1147676
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,


Nafas olish organlar tizimini anatomik tarkibi. Burun, burun bo’shlig’i,

hiqildoq, kekirdak va o’pkani anatomik tuzilishi


Reja:

  1. Nafas olish jarayoni

  2. Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari

  3. O‘pkaning anatomik tuzilishini ayting.

Organizmdagi har bir ho‘jayrada moddalar almashinuvi jarayonida murakkab strukturaga ega bo‘lgan organik moddalar birmuncha oddiy strukturali moddalarga parchalanib turadi, ya’ni oksidlanish jarayoni kechadi. Mazkur jarayon zamirida oksidlanish – parchalanish mahsuloti bo‘lmish energiya ajralib chiqishi hamda karbonat angidrid (CO2) gazi va suv hosil bo‘lishi yotadi. Organizmda kechadigan ushbu murakkab, bir-birini taqozo qilib turuvchi jarayonning muvofiqlashtirib turish uchun uzluksiz ravishda kislorodni qon bilan nafas olish organlaridan to‘qimaga va to‘qimada hosil bo‘lgan karbonat kislotasini to‘qimadan nafas olish organiga o‘tkazib turilishi lozim. Ana shunday muhim “mas’uliyatli”, organizm hayotiyligini ta’minlab turuvchi jarayonni amalga oshirib turish nafas olish organlarining zimmasiga yuklatilgandir. Demak, nafas olish organlari tashqi muhit bilan organizm o‘rtasidagi gazlar almashinuvini ta’minlab turadi.


Nafas olish organlari ham boshqa organlar singari, qon aylanish, ovqat hazm qilish va nerv tizimi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, chunki o‘pkaga kirgan kislorod qon tarkibiga o‘tib, uning shaklli elementlari – eritrotsitlar orqali butun organizm to‘qimalariga tarqaladi va moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, hosil bo‘lgan karbonat angidrid tashqariga chiqib ketadi. Nafas olish tizimining markazi uzunchoq miyada joylashgan.
Nafas olish jarayoni ikki bosqichda kechadi:

  1. Tashqi nafas olish havo bilan qon o‘rtasida gazlar almashinuvi bo‘lib, bu o‘pkalarda ro‘y beradi.

  2. Ichki nafas olish qon bilan to‘qimalar o‘rtasida gazlar almashinuvi bo‘lib, u to‘qimalarda amalga oshadi.

Nafas olish organlariga burun, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va o‘pka kiradi.
Burun – nasus nafas olish tuzilmalarining boshlanish qismi hisoblanib, uning yuqori qismi, yon devorlari, asosiy qismi hamda uchi farqlanadi. Burunning yuqorigi qismi – dorsum nasi burun bo‘shlig‘ining qopqog‘i bo‘lib hisoblanadi. U sekin-asta burunning yon devorlari –
Download 351.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling